• Ishning nazariy asoslari.
  • Tajriba ishi mavzu: quritish jarayonida texnika xavfsizligiga rioya




    Download 363,06 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana22.01.2024
    Hajmi363,06 Kb.
    #143379
    Bog'liq
    17 tajriba ishi



    17-TAJRIBA ISHI 
    MAVZU: QURITISH JARAYONIDA TEXNIKA XAVFSIZLIGIGA RIOYA 
    QILISH. 
    Mashg’ulotning 
    maqsadi. 
    Quritilgan 
    meva-sabzavotlami 
    qadoqlashda 
    qo‘llanilayotgan zamonaviy mashina va jixozlar, qadoqlash mashinalari, ularning 
    quritish, bug’lash, muzlatish kameralarida texnika xavfsizligiga rioya qilish. 
    Ishning nazariy asoslari. Quritish jarayonida texnika xavfsizligiga xususan 
    qurilmalarni ishlash vaqtida texnologlar, xodimlar va ishchilarga maxsus kiyimlar 
    (qo’lqop, xalat va boshqa) lar bilan ximoyalanishda kamera ichida qo’l va bosh qismni 
    yaqinlashtirmaslik va lentaga nam qo’l bilan ushlamaslik tavsiya etiladi. 
    Quritish texnologiyasi o‘z ichiga blanshirovkalash, askorbin va limon kislota bilan 
    ishlov berish, bug’lash va muzlatish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Shu sababli 
    sanitariya shartlari va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. 
    Quritish qurilmalarida ishlatishda baxtsiz xodisalarning oldini olish uchun barcha 
    shart-sharoitlar yaratilgan bo‘lishi kerak. 
    Quritish kamerasi va bug’lash, parlash qozonlari yong‘in xavsizligi talablari asosida 
    o‘rnatilgan bo‘lishi shart. 
    Texnika xavfsizligi quyidagilardan iborat: quritish kamerasiga va bug’ qozonlarga 
    maxsulotlarni shunday miqdorda joylashtirish kerakki, qozonga solingan mevalar 
    idishlarni tushirilganda toshib ketmasligi kerak. 
    Aloxida polietilen yoki maxsus idishlarga askorbin kislota va limon kislotani 
    kerakli miqdorda aralashtirilib, qaynashga bir oz vaqt qolganida kichik oqimda qozonga 
    quyiladi. 
    Maxsus ritmalar bilan limon kislotalar bilan ishlaydiganlar maxsus kiyim (xalat), 
    maxsus oyoq kiyim, respiratorlar, ximoya ko‘zoynagi va qo‘lqop bilan taminlangan 
    bo‘lishi kerak. Shaxsiy gigienaga qat’iy rioya qilish talab etiladi. Ish joyida ovqatlanish 
    mumkin emas va spirtli ichimliklar istemol qilish va chekish qatiyan taqiqlanadi.
    Ish jarayoni ya’kunlanganda yoki ovqatlanishdan oldin maxsus kiyimlarni yechib, 
    qo‘l va yuzlarni yuvib, og‘izni chayqash talab etiladi.
     
    Nazorat savollari. 
    1. Quritish vaqtida qanday xavfsizlik qoidalariga amal qilishi kerak? 
    2. Quritish jarayonida qanday maxsus kiyimlar bilan ximoyalanish kerak? 
    3. Quritish va muzlatish kameralari qanday talablar asosida o’rnatiladi? 
    5. Kaustik soda, limon kislota bilan ishlaganda qanday qodalarga amal qilish kerak?
    6. Askorbin kislota inson organizmiga qanday zararli salbiy oqibatlarga olib keladi?
    7. Resperator qanday xavfsizlikni oldini olish uchun ishlatiladi? 

    Download 363,06 Kb.




    Download 363,06 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba ishi mavzu: quritish jarayonida texnika xavfsizligiga rioya

    Download 363,06 Kb.
    Pdf ko'rish