O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QO‘QON FILIALI
Muhandislik fakulteti
«Muhandislik texnologiyalari»
kafedrasi
5320300 – «Texnologik mashina va jixozlar» yo`nalishi buyicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun
«Bosim ostida payvandlash »fanidan
KURS LOYIHA ISHI
Bajardi:«Texnologik mashina va jihozlar» yo’nalishi Guruh 18-22 guruh talabasi
Bajardi:
Qabul qildi:
MUNDARIJA
Kirish…………………………………………………………………………….
I Bob Qo’shtravli balkalarni yig’ish va payvandlash haqida ma`lumot………….
1.1 Payvandlash materiallarini tanlash : 16Г2АФ………………………………..
1.2 Payvandlash usulini tanlash……………………………………………………
II Bob Kontakt payvandlashda boshqarish apparatlarining vazifasi…………………………………………………………………………………………………………………
1.3 Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarida EXM ning qo‘llanilishi ………………………………………………
1.4 Kontakt payvandlashda yig‘ish va payvandlash moslamalari ………………………………………………………………………………………
Xulosa……………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………
Kirish
Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Payvandlashning 60 dan ortiq usuli bor.Metallarni Payvandlash qadimdan maʼlum.1882 yilgacha bosim ostida payvandlashning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib P. (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch P. (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt P. usulini ixtiro qildi, akad. Ye. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
Yoyli-dastakli payvandlash - voyli payvandlashda yoy yonishi, elektrod uzatilishi va siljitishi qolda hajariiadi. Yoyli-dastakli payvandlashda yoy yonishi, payvandlash davrida uni ushlab turish, payvandlanayotgan yuza bo‘yicha siijitishni payvandchi qoida bajaradi. Normal yoy uzunligi elektrod diametridan 0,5-1, lga oshmaydi. Elektrod diametri 3-6 mm ni tashkil etadi. Payvandlash ishlarining asosiy hajmi 90- 350 A va 18-30 V kuchlanishda bajariladi. Yoyli-dastakli payvandlash postining jihozlanishi Bajariladigan ishlarning turiga, buyiimning o‘lchamlariga va ishlab chiqarish turiga qarab, payvandchining ish o ‘rni turlicha tashkil etilishi mumkin. Bu ish o ‘rinlari katta oMchamli buyumlarni, inshootlarni montaj qiiish (o‘rnatish) yoki tayyorlash uchun muqim payvandlash kabinasidan yoki vaqtinchalik payvandlash postidan iborat bo‘lishi mumkin. Agar payvandlanadigan buyum katta bo‘lmasa va katta seriyalarda tayyorlansa, u holda ish o‘rni muqim payvandlash kabinalarida tashkil etiladi, bu kabinalarning o‘lchamlari bitta payvandchi uchun kamida 2,0x2,5 m, balandligi kamida 2,0 m bo‘ladi. Kabina havoning tabiiy harakati hisobiga yaxshi sharnollatib turilishi kerak.IJning uchun devorlari polgacha 200-250 mm yetmasligi lozim.Eshik o‘rniga halqalarda brezent parda osib qo‘yiladi.Kabinaning devorlari o‘tga chidamli materialdan, ko‘pincha metaldan yasaladi. Ichkari tomondan devorlarga o‘tga chidamli qoplama yoki ochiq rangli bo‘yoq surtiiadi. Bu ranglar yaltiramaydi va xira sirt hosil qiladi. Havoni umumiy va mahalliy usulda shamollatish majburiy. Kabinada payvandlash yoyini ta’minlash manbayi, unga ta’minlash elektr tarmog‘ini ulash uchun biriktirgichajratgich yoki magnitli yurgizib yuborgich o'matiladi. Agar payvandlash o ‘zgartkichdan foydalaniladigan bo‘lsa, uni kabinadan tashqarida, ovoz o'tkazmaydigan xonada o’rnatiladi. Payvandlash postlariga o'zgaruvchan tok maxsus transformator-lardan, o‘zgarmas tok esa o‘zgartirgich va to‘g‘rilagichIardan beriladi Bu holda tok 220 yoki 380 V kuchianishli tarmoqdan o‘zgartirgichga ke!adi. Kabinada chilangarlik asboblari(bolg'acha, zubilo, qisqich va shu kabilar) qo'yiigan tokchali dasigoh, elektrodiar uchun zich yopiladigan quti ovrnatiladi, chunki ba’zan elektrodiar o‘rami olinganidan keyin ikki soatdan ko‘proq ishiatilmaydi. Elektrodlarni qizdirish uchun quritish shkafi yoki quritish o'chog4! zarur bo'ladi, o‘chogni payvandchilar-ning ish hajmiga va payvandlash sharoitiga qarab bir necha post uchun bitta o‘rnatish mumkin. Agar payvandchi yig'ish-payvandlash moslamasidan yoki pnevmoyuritmali asbobdan foydalanadigan bo'lsa, kabinaga siqilgan havo o‘tkaziladi. Kabinada payvandchi uchun metali stol va balandligi bo‘yicha rostlanadigan o‘rirtdiqli stul turishi kerak.
Payvandlashning bosim ostida va eritib payvandlash usullari bor. Bosim ostida payvandlash da metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy payvandlash usullari ham bor.Eritib payvandlashda biror issiqlik manbai taʼsirida buyumning payvandlanadigan joylari va payvand chiviq (agar u ishlatilsa) suyuqlanish holatiga keltiriladi. Bu usulning kimyoviy, elektrkimyovii va elektr yoy usullari bor. Kimyoviy usul gaz va termit xillarga boʻlinadi. Payvandlash vaqtida sodir boʻladigan oksidlanish reaksiyasi chok metallarning tarkibiy elementlarini kuydiradi, natijada metallning kimyoviy tarkibi oʻzgaradi va payvand birikmaning mexanik xossalari pasayadi.
|