• 5-rasm.
  • Kontakt payvandlashda yig‘ish va payvandlash moslamalari




    Download 2,01 Mb.
    bet8/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #230682
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    baklarni yig‘ish payvandlash

    Kontakt payvandlashda yig‘ish va payvandlash moslamalari
    Yig‘ish moslamalari, ya’ni andazalar, konduktorlar, stapellar, yig‘ish stendlari detallarni chizmaga muvofiq to‘g‘ri o‘rnatish uchun mo‘ljallangan. Ko‘chma moslamlarda yig‘iladigan kichik detallarni bir necha joyidan payvandlab qo‘yish ko‘chmas (statsionar) payvandlash mashinalarida amalga oshiriladi. Yirikroq va og‘irroq detallar ko‘chmas moslamalarda yig‘ilib, ko‘chma moslamalar (ombirlar, to‘pponchalar) yordamida bir necha joyidan payvandlab qo‘yiladi. Ba’zan yig‘ish moslamalarida detallar payvandlanadi, by holda moslamalar yig‘ish-payvandlash moslamalari hisoblanadi.
    Murakkab shaklli detallar (vagonlar qopqoqlarining uzellari, uchish apparatlarining panellari va bo‘linmalari) maxsus stapellar yoki yig‘ish stendlarida yig‘iladi. Bu moslamalar baza plitasi (odatda gorizontal) bo‘lgan qurilmalardan iborat bo‘lib, mahkamlash qismlari – fiksatorlar, qisqichlar va h. bilan jixozlangan. Yig‘ish stendlari qayta sozlanadigan universal (mayda turkumlab ishlab chiqarishda) yoki maxsus (turkumlab yoki ko‘plab ishlab chiqarishda) bo‘lishi mumkin.

    4-rasm. Konuslari yig‘ish va konuslarni flanetsga bir necha joyidan payvandlab qo‘yish uchun konduktor:
    1, 8 – payvandlash mashnasining konsollari; 2, 7 – elektrodlar; 3 – yuqorigi halqa; 4 - flanets; 5 - konus; 6 - disk.

    Yig‘ish stapellarida detallar turli tekisliklarda o‘rnatiladi va maxkamlab qo‘yiladi (9-5-rasm). Tekis yoki biroz egilgan panellarni yig‘ish stapeli og‘ir rama (1), andaza (2) dan va sharnirlar (5) da maxkamlangan lojementlardan iborat. Detallar – profillari (4) bo‘lgan qoplama (3) lojementlarga rubilniklar (6) yordamida qisib quyiladi. Rubilniklar rezinali qistirmalar bilan qoplangan bo‘lib, profillarning soniga va joylashuviga mos teshiklari bop


    .
    5-rasm. Panellarni yig‘ish uchun stapel.



    6. - rasm. Nuqtali payvandlash uchun turtib (ko`tarib) turuvchi moslama:
    1 – roliklarda ko‘ndalang yo‘nalishda harakatlanuvchi rama; 2, 4 – roliklar; 3 – harakatlanuvchi karetka; 5 – moslama stoli; 6 – pnevmo-diafragmali kameralar (ular tok impulsi orasida to‘xtam bo‘lgan vaqtda paneli pastki ko‘taradi, bu esa detallarning elektrod yuzasiga ishqalanib barvaqt yemiririshining oldini oladi).
    Tutib (qo‘tarib) turuvchi va silljituvchi moslamalar uzelni elektrodlarga va boshka tok keltiruvchi kismlar (roliklar, plitalar va b.) ga nisbatan muayyan holatda o‘rnatish hamda payvandlash jarayonida buyumni siljitish uchun mo‘ljallangan.

    7-rasm. Yirik gardishlarni payvandlash uchun moslama:
    1 – mashina; 2 – detal; 3 – yig‘ish vaqtida gardishlarni maxkamlab qo‘yish uchun halqalar; 4 – tayanch roliklar; 5 – detalning polga nisbatan holatini rostlash uchun ko‘targichlari arava.

    8-rasm. Chokli payvandlash uchun ko‘tarib turuvchi moslama:
    1 – richag; 2 – rama; 3 – payvandlash jarayonida mashina roliklar vositasida siljitiluvchi payvandlanadigan detal; 4 – tik yo‘nalishda harakatlana oluvchi tayanch roliklar; 5 – ko‘tarish mexanizmi; 6 – mashina.

    9-rasm. Shtamplangan ikki bo‘lakdan yig‘iluvchi baklarni chokli payvandlash uchun moslama:
    1 – ikki sharirli moslama; 2 – konsolning tirgovuchi.
    Bir nuqtali va relyefli payvandlash ishlari payvandlanayotgan detallarni payvandlash mashinasining elektrodlariga nisbatan siljituvchi turli mexanik qurilmalardan foydalanib mexanizatsiyalashtiriladi.
    Mexanizmda buyum o‘qiladigan stol (1) ni uzlukli harakatlan-tirish uchun chervyakli reduktor (3) orqali elektr dvigateli aylantiradigan krivoship (4) xizmat qiladi (9.10-rasm). Krivoshipning barmog‘i (5) malta mexanizmining o‘yiqlariga kiradi va stolni ana shu xochdagi o‘yiqlar soni hamda krivoshipdagi barmoqlari soniga bog‘liq holda muayyan burchakka buradi.


    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kontakt payvandlashda yig‘ish va payvandlash moslamalari

    Download 2,01 Mb.