Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni tayyorlash




Download 2,01 Mb.
bet5/10
Sana14.05.2024
Hajmi2,01 Mb.
#230682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
baklarni yig‘ish payvandlash

Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni tayyorlash

Kran osti balkasi qattiqlik qovurg‘asiga ega qo‘shtavrli balka ko‘rinishida tayyorlanadi (1.5-rasm). Ularni ishlash sharoitiga bog‘liq ravishda payvand birikmalarini bajarish texnologiyasi tanlanadi. Payvandlangan qo‘shtavr balkalar bo‘ylama eguvchi moment bilan yuklanganda stenkadagi kesik yoki poyas choklaridagi chalapayvand kabi nuqsonlar normal va urinma kuchlanishlarga parallel joylashganligi sababli katta xavf tug‘dirmaydi (1.5,a,b-rasm.).



1.5-rasm. Qo‘shtavrli balkalarda qattiqlik qovurg‘alari ko‘rinishi. a-vertikal va gorizontal qattiqlik qovurg‘alari, b-vertikal qovurg‘alarni yuqori poyasga tutashtirish, c-vertikal qovurg‘alarni pastki poyasga biriktirish


Lekin qo‘shtavrli balka kesimi qo‘shimcha davriy ravishda kran g‘ildiraklaridan P kuch ta’sirida yuklanib, relsdan yuqori poyasga va poyas choklari orqali stenkaga ta’sir etadi (1.5,c-rasm). Balka o‘qiga nisbatan rels o‘qi simmetrikligi noto‘g‘ri bo‘lganda poyas va stenka choklariga ta’sir etuvchi ko‘ndalang yo‘nalishdagi qo‘shimcha moment hosil bo‘ladi. Bu holatda poyas chokidagi chalapayvand yoki stenkadagi kesiklar kuch oqimiga ko‘ndalang joylashib, toliqish darzlari hosil bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Shu sababli qo‘shtavrli balkalarda yuqori poyasni stenka bilan biriktirishda stenkani to‘liq eritib, poyas choklarini “qayiqcha” holatida payvandlash kerak bo‘ladi.



1.6-rasm. Qo‘shtavrli balka poyasini stenka bilan biriktirishda qo‘yiladigan talablar
1.6-rasm. Qo‘shtavr balka

Uzunligi 12 m va balandligi 1100-1600 mm, qattiqlik qovurg‘alari bo‘lgan qo‘shtavrli balka namunaviy konstruksiyasi 1.6-rasmda tasvirlangan. Bunday balkalarda poyas choklari bajarilgandan so‘ng, qattiqlik qovurg‘alari o‘rnatilib payvandlanadi. Ikki kran osti balkasi kolonna tayanchlarida tutashtiriladi va ular boltlar yordamida biriktiriladi (1.7- rasm)



1.7-rasm. Kran osti balkasini kolonnaga o‘rnatish
Kolonnalar yaxlit va ferma konstruksiyasiga ega bo‘lishi mumkin. Sex kolonnalari kran osti balkasi tayanchlari orqali ko‘prikli kran va tomdan yuklanishlarni qabul qiladi. Bu tayanchlarda normal kuch va eguvchi momentni qiymati katta bo‘lganligi sababli kolonna kesimi o‘zgaruvchan qilib tayyorlanadi. Kolonna pastki qismidagi tayanch plitasi orqali yuklanishlarni beton fundamentga uzatadi.

1.8-rasm. O‘zgaruvchan (b,c) va doimiy (a) qirqimga ega kolonnaga misol: а, b-sidirg‘a; c-panjarali


Kolonnalarni joylariga o‘rnatishda quyidagi talablar qo‘yiladi: kolonna o‘qi bashmak plitasi tekisligiga perpendikular bo‘lishi; montaj teshiklar ferma tayanch stoliklariga nisbatan to‘g‘ri joylashishi. Balka va balkali elementlarni yirik seriyali sharoitda tayyorlashda yig‘ish-payvandlash ishlari uzluksiz konveyerlarda bajariladi. Misol sifatida yuk avtomashinasi platformasi balkasini yig‘ish-payvandlash yarimavtomat liniyasini ko‘rsatish mumkin.



Download 2,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Balkali zagotovkalardan konstruktiv elementlarni tayyorlash

Download 2,01 Mb.