|
«Muhandislik texnologiyalari» kafedrasi 5320300 – «Texnologik mashina va jixozlar»
|
bet | 9/10 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 2,01 Mb. | | #230682 |
Bog'liq baklarni yig‘ish payvandlash10-rasm. Burilma stolning sxemasi.
Tekislovchi yarimavtomatik moslamalar mexanizatsilash-tirilish darajasi yuqoriroqligi bilan farq qiladi.
Masalan, ikki yoqlama egik bo‘lgan yirik panellarni nuqtali payvandlash uchun panel (3) harakatlanuvchi rama (2) dagi yunaltiruvchi (4) ning qismalariga maxkamlab quyiladi, rama uchta o‘q bo‘ylab kolonna (8) bo‘yicha tik, bo‘ylama va ko‘ndalang yo‘nalishlarda harakatlanishi mumkin. Bunda ramaga tegishli elektr yuritmalar (9–14) bilan bog‘langan karetkalar (5) va (15) yordam beradi. Rama burish qurilmasi (7) va yuritma (6) yordamida bo‘ylama o‘q atrofida aylanishi mumkin.
11-rasm. Yirik panellarni nuqtali payvandlash uchun tekislovchi yarim avtomatik moslama.
Payvandlash kallagi (1) ga shchupli datchik – kuzatuvchi tizim o‘rnatilgan bo‘lib, u yuqorida aytilgan yuritmalar vositasida panel yuzasini elektrodlar o‘qiga normal bo‘ylab avtomatik o‘rnatishga imkon beradi. Bundan tashqari, rama detal bilan birga berilgan qadamga avtomatik surilishi ham mumkin. Qurilmani boshqarish qulay bo‘lishi uchun televizion kamera bor, u operatorga ekranda payvandlash joyini ko‘rib turishi imkoni beradi.
Tekshirish uchun savollar
1. Kontaktli payvandlashni boshqarish apparatlarining asosiy vazifasi nimalardan iborat?
2. Kontaktli payvandlash texnologik jarayonlarini hilsoblash texnikasidan foydalanib nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarini vazivasiga ko‘ra qanday turlarga ajratish mumkin?
3. Robotlar liniyasini boshqarish tizimi qanday vazifalarni bajaradi?
4. Kontakt payvandlashda yig`ish moslamalarining turlari.
Xulosa.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu kurs ishi davomida kerak bo’lgan ma’lumatlarni o`qib, izlanib o`zim uchun bilib oldim.
Bu kurs ishi davomida konstruktorlik qismida qo’shtavrli balka haqida ma`lumot to`pladim, uning vazifasi va tuzilishini bayon qildim; konstruksiya metallini va konstruksiyaga qo‘yiladigan mexanik, texnologik talablarni o‘rganib chiqqan holda konstruksiyani payvandlash usulini tanlagach, shu payvandlash usuli bo`yicha payvandlash materiallarini moslarini tanlab oldim; havo sovitgich korpusini payvandlash usullariga ko`ra payvandlash rejimi hisobini bajardim; qo’shtavrli balkani payvandlashda ishlatiladigan mahkamlovchi, yig`uvchi moslamalar va payvandlash uchun zarur jihozlarni va ular haqida ma`lumotlarni keltirib o`tdim, konstruksiyani yig`ish va payvandlash uchun zaruriy texnologik jarayonni ishlab chiqib, havo sovutgich korpusini yig`ishni konstruktorlik qismda bayon qildim. Shuningdek payvand birikma sifatini nazorat qilish uchun mos defektoskopik uskunani tanladim va ular haqida ma`lumotlar to`pladim.
Men bu bajarilgan ishlarimni KHK o‘quv jarayonida va oliy o`quv yurtlarida maxsus fanlarni o`qitishda tatbiq etishni taklif qilaman, chunki bu ma’lumotlar talabalarning mustaqil ilashish bo‘yicha keng ko‘lamli bilimlarga ega bo‘lishida yordam beradi deb hisoblayman.
|
| |