To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi




Download 2,01 Mb.
bet3/10
Sana14.05.2024
Hajmi2,01 Mb.
#230682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
baklarni yig‘ish payvandlash

To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi
To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash qo‘shtavrli balkalarni tayyorlashga qaraganda murakkab bo‘lib, shuning bilan birga buralish va egilishga yuqori darajada qarshilik ko‘rsatishi sababli ko‘prikli kranlar konstruksiyalarida keng qo‘llanilmoqda. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalar polka va stenkasi katta uzunlikka ega bo‘lganda ular bir necha bo‘lakdan tashkil topib, uchma-uch birikma bilan payvandlanadi. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkani tayyorlashda stellaj ustiga yuqori poyas joylashtiriladi, unga diafragmalar o‘rnatilib payvandlanadi.
1.2-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash: a-balka kesimi, b-yon devorlarni o‘rnatish, c-ichki choklarni payvandlash. Bunday ketma-ketlikka rioya qilinganda stenkani o‘rnatish uchun asos hosil qilinib, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab o‘rnatilishi va simmetrikligi ta’minlanadi. Diafragmalar o‘rnatilgandan so‘ng stenkalar qo‘yilib payvandlanadi (1.2,b-rasm). Yig‘ilgan konstruksiya yon tomoniga buriladi va ichki tomondan diafragmalar stenkaga payvandlanadi. Keyingi navbatda pastki poyas o‘rnatilib payvandlanadi. Yig‘ish ishlari tugatilgandan so‘ng poyasni stenkaga payvand choklari bajarilib, elektrodni qiya holatda ushlab payvandlanadi.
1.3-rasm. To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni mexanizasiyalashgan liniyalarda tayyorlash rejasi tuzilishi:
1,2,3,5-stendlar, 4-portal o‘ziyurar qurilma, 6-tayyor qismlarni yig‘ish joyi,
7-rentgen usulida nazorat qilish joyi, 8-balka elementlarini payvandlash joyi,
9-rolgang.10-elektromagnit qisqichlarga ega portal kran, 11-ombor,
12- CO2 muxitida payvandlash portal qurilmasi, 13-balka poyasini yig‘ish uchun o‘ziyurar portal, 14-aravacha, 15-payvandlash avtomati

Katta o‘lchamdagi ko‘prikli kran balkalarini tayyorlashda listli elementlarni tayyorlash va umumiy yig‘ish-payvandlash ishlari mexanizatsiyalashgan liniyalarda flus ostida avtomatik payvandlash bilan olib boriladi. Hamma tayyorlov ishlari liniyadan tashqarida bajarilib, omborga (11) tayyor zagotovkalar olib kelinadi.



Download 2,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



To‘g‘ri to‘rtburchak kesimli balkalarni tayyorlash texnologiyasi

Download 2,01 Mb.