• 3 - rasm. Kontaktli payvandlash mashinalarining EXM dan foydalanib boshqarish tihimining tuzilish sxemasi.
  • Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarida EHM ning qo‘llanilishi




    Download 2,01 Mb.
    bet7/10
    Sana14.05.2024
    Hajmi2,01 Mb.
    #230682
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    baklarni yig‘ish payvandlash

    Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarida EHM ning qo‘llanilishi

    Kontaktli payvandlash texnologik jarayonlarini hisoblash texnikasidan foydalanib nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarini kuyidagi tizimlarga ajratish mumkin:


    1) payvandlash sifatini nazorat qilish va bitta mashinani boshqarish tizimlari;
    2) mashinalar guruhini boshqarish tizimlari;
    3) bo‘linma, liniya, sex va korxonaning payvandlash texnologik jarayonlarini avtomatik boshqarish tizimlari.
    Payvand birikmalarning ishonchliligini oshirish uchun kontaktli payvandlash jarayonlarini aktiv nazorat qilishdan va turli matematik modellardan foydalanib olib borish maqsadga muvofiqdir.
    Payvandlash jarayonlari parametlari datchiklari va EHM ni ishlab chiqmasdan hamda mashinaga o‘rnatmasdan turib payvandlash jarayonlarining statistik modellarini nazorat qilish va boshqarish uslublarini ishlab chiqish hamda ulardan apparatlarda amalda foylalanish mumkin bo‘lmas edi.



    3 - rasm. Kontaktli payvandlash mashinalarining EXM dan foydalanib
    boshqarish tihimining tuzilish sxemasi.

    EHM ning asosini dastur bo‘yicha amalga oshiriluvchi axborotni ishlash qurilmasi – protsessor tashkil etadi. Dastur klaviaturada teriladi. KQ qurilmasi ma’lumotlar EHM ga kiritilishini va ularning ijrochi qurilmalarga hamda indikatsiya kurilmasi IQ ga chiqarilishini ta’minlaydi.


    S1 va S2 alamashlab ulagichlar uzilgan holatdaligida KQ qurilmasi yordamida payvandlash jarayonining kerakli siklogrammasi terilib, EHM da amalga oshiriladi: KMl (kuchaytirgich) – EPK (funksional apparatlar) – PU (pnevmoyuritma); FR (faza rostlagich) – KM2 (kuchaytirgich) – K (funksional apparatlar) – PTr (payvandlash transformatori). PSR yoki RVI rostlagichlaridan foydalanib, payvandlash jarayonini boshqarishning uzilgan (ochik) tizimlaridan farqli o‘laroq, EHM yordamida boshqarishning uzilgan (ochiq) tizimida payvandlash jarayonida rejim parametrlari turlicha o‘zgartiriladigan jarayon siklogrammasini tez almashtirish imkoniyati bor. Ammo jarayonni boshqarishning hamma uzilgan tizimlarida payvandlash rejimi parametrlarini (masalan, nuqtali payvandlashda quyma uzak diametri d ni) ilgari tanlangan o‘zgartirishga payvandlash vaqtida tuzatishlar kiritilmaydi va jarayonning oxirida chokning olingan sifati haqida axborot bo‘lmaydi.
    Payvandlash sifatini nazorat qilish va jarayonni boshqarishning tutash (yopiq) tizimida (S1 va S2 almashlab ulagichlari tutashgan bo‘ladi) payvandlash mashinasi PM ga o‘rnatilgan datchiklar D (masalan, payvandlash toki Ipay datchigi, elektrodlardagi kuchlanish UEE ning pasayishi datchigi, detallarni siqish kuchi Fpay va joriy vaqt t datchiklari) dan kelgan signallar O‘Q qurilmalarida raqamli kodlarga aylantirilgandan keyin KQ qurilmasiga keladi, bu yerda ularni protsessor dastur ko‘rsatmalariga muvofiq qayta ishlaydi. Dasturda ilgari o‘rnatilgan (ipay, UEE, Fpay, Ipay) ning chok o‘lchamlari (chunonchi, diametri d) bilan funksional bog‘liqligi aks ettirilgan. Axborot protsessor vositasida aniq vaqt masshtabida ishlangandan so‘ng KQ qurilmasida ijrochi qurilmalar (KM1 va FR) ga chiqish buyruqlari (ipay,Fpay) shakllantirilladi hamda indikatsiya qurilmasi IQ ga signallar beriladi, bu yerda faqat payvandlash rejimlari emas, balki chokning hisoblab chiqarilgan o‘lchamlari (masalan, diametri d) ham yoziladi.
    Bundan tashkari masalan, diametr d ning joriy qiymatiga mutanosib bo‘lgan chiqish signali taqqoslash qurilmasi TQ da ustavka bilan berilgan nominal diametr dn ning qiymati bilan taqqoslanadi va bu qiymatlar tenglashgan paytda TQ qurilmasining chiqish joyida signal shakllanib, payvandlash tokini uzuvchi qurilma UQ ga keladi. Bu qurilma faza rostlagich FR ning chiqish joyida impulslarni shuntlaydi, natijada payvandlash toki to‘xtayli. Mazkur tizimda ham payvandlash jarayonining barcha operatsiyalari dasturda yozilgan ketma-ketlikda amalga oshadi.
    Boshqarish tizimi payvandlash tokini, elektrodlardagi kuchlanishning pasayishini va jarayonning boshqa parametrlarini o‘lchaydi hamda nazorat qiladi, o‘lchashda nazoratini taxlil qilish natijalari asosida payvandlash tokini yoki payvandlash vaqtini o‘zgartirishga doir boshqaruvchi ta’sirla ishlab chiqiladi.
    Agar tizim sifatli birikmalar olish uchun rejimga zarur tuzatishlar kirita oladigan holatda bo‘lmasa, payvandlash to‘xtayli va indikator ishlab ketadi. Sifatsiz birikma hosil bo‘lishini, shu jumladan elektrodlarni charxlash zaruriyatini keltirib chiqargan sabablar bartaraf etilganidan keyingina payvandlash davom ettirilishi mumkin. Bunday tizim yordamida payvandlash jarayonini boshqarish payvandlash aniqroq chiqishini, brak kam bo‘lishini ta’minlaydi, payvandchining mahoratiga kam bog‘liq bo‘ladi, sifatni tekshirish vaqtni qisqartiradi va bu bilan mexnat unumdorligini oshiradi.
    Bitta mashinani boshqarish tizimlari bilan bir qatorda yiriga-payvandlash liniyasiga o‘rnatilib, yagona tashish konveyeri vositasida o‘zaro bog‘langan, bir vaqtda ishlovchi mashinalar guruhini boshqarish tizimlarini ishlab chiqishga ham katta e’tibor qaratilmokda.
    Keyingi yillarda ko‘plab ishlab chiqarishda turli tuzilishdagi robotlar keng qo‘llanilmoqda, ular payvandlash operatsiyalarini hamda detallarni tashish ishlarini bajaradi. Robotlar liniyasini boshqarish tizimi quidagi vazifalar bajarilishini ta’minlaydi: ish organishi (payvandlash omburi) talab etiladigan traektoriya bo‘yicha harakatlanishini boshqarishni muvoviklashtirish; robot manipulyatorining harakatlanish tezligini boshqarish; har bir robot uchun payvandlash rejimlarini boshqarish; konveyerni boshqarish; robotlarni o‘qitish; ta’minlovchi tarmoqlarning asosiy parametrlarini nazorat qilish; elektr energiyasi sarfini kamaytirish; payvandlash sifatini nazorat qilish; liniyaning yig‘ish-payvandlash uskunalari holatiga tashxis qo‘yish; ishdan chiqqan robotlarni zaxiradagilari bilan almashtirish.
    Mexnatning zamonaviy tashkil etilishi payvandlash jarayonini ham, oldingi va keyingi texnologik operatsiyalar majmuini ham boshqarish tizimlariga yangi-yangi talablarni qo‘ymokda. Istalgan paytda uskunalarning ahvoli xaqida axborot olish, bekor turib qolishlarni hisobga olib borish hamda taxlil qilish, mexnat unumdorligini oshirish imkoniyatlarini, elektr energiyasi, materiallarni tejash imkoniyatlarini aniqlash va boshqa zaruriyatlar paydo bo‘lmoqda. Ma’lumotlarni sistematik tarzda to‘plash, ularni birlamchi ishlash va butun payvandlash bo‘linmalari, sexlari, korxonalarini istalgan vaqtda statistik taxlil qilish zarur bo‘layotir. Hozirgi vaqtda payvandlash texnologik jarayonini boshqarish tizimlarining funksional sxemalari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular payvandlash jarayonlarini bitta mashina, liniya, bo‘linma, sex, hamda korxona darajasida boshqarishni ta’minlashga qaratilgan.
    Payvandlash operatsiyasi (birikma hosil kilish) deyarli to‘liq avtomatlashtirilgan, qushimcha operatsiyalarning mexanizatsiya-lashtirilish darajasi esa qator hollarda 10% dan oshmaydi, bunda payvand konstruksiyalar tayyorlashga sarflanadigan vaqting katta qismi (70–80 % gacha) yordamchi operatsiyalarga to‘g‘ri keladi.
    Mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish buyum ishlab chiqarish dasturi bilan belgilanadi. Tajriba tarikasida va mayda turkumlab ishlab chiqarishda uncha murakkab bo‘lmagan yig‘ish moslamalari, mexanizatsiyalashtirilmagan har xil tutib (ko‘tarib) turuvchi qurilmalardan foydalaniladi. Ko‘plab ishlab chiqarish uchun esa maxsus mashinalar, mexanizatsiyalashtirilgan moslamalar, mashina-avtomatlar va sanoat robotlaridan foydalanish xosdir. Payvandlash mashinalari, mexanizatsiya-lashtirish va avtomatlashtirish vositalari texnologik jarayonning borishiga qarab joylashtiriladi hamda ulardan mexanizatsiya-lashtirilgan potok liniyalar yoki avtomatik liniyalar tashkil qilinadi.
    Kontaktli payvandlashning o‘ziga xos xususiyatlari mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini konstruksiyalashning quyidagi o‘ziga xos tomonlarini belgilab beradi:
    1. Mashinaning payvandlash konturiga kiritiladigan qurilma va moslamalar detallarini magnitlanmaydigan materiallar - aluminiy qotishmalari, magnitlanmaydigan po‘latlar va shu kabilardan tayyorlash tavsiya etiladi.
    2. Mashinaning tok keltiruvchi qismlari tok shuntlanmasligi hamda detalning yuzasi shikastlanmasligi (kuymasligi) uchun moslamadan ajratib (izolyatsiyalab) qo‘yilmogi lozim.
    3. Nuqtali va chokli payvandlashga mo‘ljallangan uzellar elektrodlarniing yeyilishini va konsollarning egilib qolishini qoplash uchun dempfirlanishi, masalan, erkin tayanchlarga o‘rnatilishi kerak shunda uzelni pastki elektrodda, uning uzunligidan qat’i nazar (ish yuzasi yeyilganidan), joylashtirishga imkon tug‘iladi.
    4. Moslamalrning turi (ko‘chma yoqi ko‘chmas) buyumlarning o‘lchamlari va og‘irligiga qarab aniqlanadi.
    5. Moslamalar payvandlash joyiga bemalol yaqinlashishni qiyinlashtirmasligi darkor.
    6. Uchma-uch payvandlash moslamalari yetarli darajada bikr (qattiq) bo‘lib, cho‘ktirish vaqtida detallarning bardoshliligini ta’minlamog‘i zarur.

    Download 2,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarida EHM ning qo‘llanilishi

    Download 2,01 Mb.