Balka va sterjenlarni tutashtirish




Download 2,01 Mb.
bet4/10
Sana14.05.2024
Hajmi2,01 Mb.
#230682
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
baklarni yig‘ish payvandlash

Balka va sterjenlarni tutashtirish
Konstruksiyalarni o‘rnatishda, montaj qilishda ko‘p hollarda ularni tutashtirishga to‘g‘ri keladi. 1.4-rasmda qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish turlari ko‘rsatilgan. Montaj ishlarini bajarishda asosan qo‘shma tutashtirish turidan foydalaniladi va uni dastaki yoyli yoki himoya gaz muhitida yarimavtomat usulda payvandlanadi (1.4,a-rasm). Ikki tomonga surilgan tutashtirish turi texnologik tutashtirishda foydalaniladi.

1.4-rasm. Qo‘shtavrli balkalarni tutashtirish.

Poyas va stenka payvand choklarini bajarish ketma-ketligini tayinlashda quyidagilarni hisobga olish kerak. Ikki balkani bir-biriga tutashtirishda birinchi navbatda poyaslarni uchma-uch choklari bajarilsa, stenkalarni uchma-uch choklarini bajarish qattiq mahkamlanish sharoitida amalga oshirishga to‘g‘ri keladi, bu esa payvand choklarda darzlar hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar birinchi navbatda stenka choklari uchma-uch payvandlansa, keyin payvandlanadigan poyas choklarida katta miqdorda cho‘zilgan qoldiq kuchlanishlar hosil bo‘ladi, bu esa balka egilishga ishlaganda toliqish mustahkamligini pasaytiradi. Payvandlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida L uzunlikdagi poyasni stenka bilan choklari payvandlanmay qoldirilib, avval stenka uchma-uch choklari bajarilgandan so‘ng tugatib qo‘yiladi. Oxirgi navbatda payvandlangan chokni ko‘ndalang cho‘kishi L uzunlikdagi elementga ta’sir etib, qoldiq kuchlanishlar qiymati qattiq mahkamlanishga qaraganda kam bo‘ladi. Ammo birinchi navbatda payvandlanadigan elementlarda erkin L qismni paydo bo‘lishi bu elementlarda siqilish kuchlanishi ta’sirida turg‘unlikni yo‘qolishiga olib keladi. Ko‘rsatib o‘tilganlarni hisobga olib har bir holatda payvandlash texnologiyasi har xil bo‘lishi mumkin. 1.4,c-rasmda ko‘rsatilgan tutashtirish turi texnologiya bo‘yicha dastaki payvandlash ko‘zda tutilmaganda qo‘llaniladi. Rasmda 1-6 raqamlar bilan choklarni bajarish tartibi ko‘rsatilgan. Profil elementlarni to‘liq eritib uchma-uch birikma bilan yoyli payvandlash payvandchidan yuqori malaka va nazoratni talab etadi. Statik yuklanishda ishlaydigan konstruksiyalarni tayyorlashda balkalarni tutashtirish uchun burchak choklar yordamida ustqo‘ymalardan foydalaniladi. Bunday birikmalar texnologik jihatdan oson bo‘lishi bilan birga, ortiqcha metall sarfini keltirib chiqaradi. Vibrasion yuklanishlarda ishlaydigan konstruksiyalarda esa bunday birikmalarni qo‘llash to‘g‘ri kelmaydi.





Download 2,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 2,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Balka va sterjenlarni tutashtirish

Download 2,01 Mb.