Kontakt payvandlashda boshqarish apparatlarining vazifasi
Kontaktli payvandlashda boshkarish apparatlarining asosiy vazifasi berilgan dasturni mashinaning tegishli yuritmalarini boshqaruvchi apparatlarning funksional uzellariga boshqaruvchi signallarni analog yoki diskret shaklda uzatish yo‘li bilan muayan vaqt ichida amalga oshirishdan iborat.
Dasturga, payvandlash siklorammalaridan tashqari, yordamchi operatsiyalar (detallarni surish, shtamplash, joylashtirish, elektrollarni tozalash va x.) qismlari kiritilishi mumkin. Ular bitta yoki bir necha mashinani kompleks mexanizatsiyalashtirishni, payvandlash jarayonining eng muhim parametrlarini passiv va aktiv nazorat qilishni, payvandlash jaryoni hamda payvandlash uskunalarining sifat holatini tahlil qilish va tashxis qo‘yishni ta’minlaydi.
Boshqarish apparatlarining yukorida aytilgan vazifalariga muvofiq, qattiq dastur asosida ishlaydigan kontaktli payvandlash uskunalarini boshqarishning tuzilish sxemasida ushbu bloklarni ajratib ko‘rsatish mumkin: payvandlash rejimi sikli va parametrlarini boshkarish bloki (1). U mashina M ning yuritmalariga ta’sir qilib payvandlash sikli operatsiyalarining hammasi yoki bir qisminining berilgan izchilligi hamda davmliligini, payvandlash rejimining asosiy mexanik va elektr parametrlarini qattiq dasturga binoan boshqarish hamda rostlashni ta’minlaydi; payvandlash uzeli tayyorlash texnologik jarayonining yordamchi va birlashtirilgan operatsiyalarini mexaniazatsiya-lashtirish hamda avtomatlashtirish vositalari (MAV) yuritmalarini boshqarish bloki (2); mashinaga o‘rnatilgan datchiklardan kelayotgan payvandlash jarayoni haqidagi axborotni nazorat qilish bloki (3); uskunalarning ahvoli, payvandlash sifati va miqdoriga tashxis qo‘yish bloki (4) datchiklardan kelayotgan axborotni ishlaydi va uni ishlangan holatda payvandlash bo‘limi ishini taxlil qilish hamda boshqarish umumiy tizimiga chiqarib beradi.
1-rasm. Kontaktli payvandlash uskunalarini boshqarish apparatlarinig tuzilish sxemasi.
Boshqarish apparatlarini tanlash va tuzishda (qurishda) kontaktli payvandlash rejimining muayyan o‘ziga xos xususiyati, xususan, uning takrorlanish barqarorligiga qo‘yiladigan qattiq talablar, payvandlash toki impulslarining elektr tarmog‘i chastotasi bilan sinxronlashuvi, dasturning barcha operatsiyalari odamning ishtirokisiz bajarilishi zarurligi inobatga olinadi.
Bu o‘ziga xos xususiyatlar boshqarish apparatlari qismlaridan tezkorlikni, yuqori darajada sezuvchanlikni, aniq va ishonchli ishlashni talab qiladi, bunga esa eng yangi qismlar bazasi bo‘lgan apparatlardan foydalanish orqali erishiladi. Payvandlash sikli vaqtini boshqarish uchun РKС, KKС, РВИ turidagi kontaktli dasturlagichlar (rostlagichlar) dan foydalaniladi. Bularda tranzistorli mikrosxemalar, dasturlashning diskret qismlari qo‘llaniladi.
Tok KT-1, KT-03, KT-04, KT-07, KT-11, KT-12 turidagi tiristorli kontaktorlar vositasida ulanadi va uziladi. Ularda boshqarish impulsi kuchlanishi 15-30 V bo‘lib, mos ravishda 250, 850, 1400, 480 va 1750 A li nominal tokka mo‘ljalangan (UM=20% hamda uzluksiz ishlash vaqti 0,5 s).
EHM dan foydalaniladigan boshqarish apparatlari yanada kattaroq imkoniyatlarga (aniqliq tezkorlik va operativlik) ega. Bunday apparatlar payvandlash siklini yordamchi yig‘ish-tashish nazorat hamda axborot operatsiyalarini boshqarishning murakkab algoritmlarini amalga oshirishga, payvandlash rejimi parametrlarini aniklashning xisobiy uslublaridan foydalanishga, dasturlarni qayta tuzish, yangilash jarayonlarini tezlashtirishga hamda EHM xotirasida saqlanayotgan eng maqbul dasturni tanlab olish uchun payvandlash joyining xossalarini avtomatik anglashga imkon bepadi.
Bir sikl vaqti ichida payvandlash rejimi parametrlarini o‘zgartirishning tanlangan dasturi, sikl operatsiyalarining davomliligi hamda izchilligi va shu kabilar vaqtni dasturlash bloki VD almashlab ulagichlar, klaviatura yoki EXM tomonidan beriladi.
2-rasm. Kontaktli payvandlash mashinalarini boshqarish tizimlarining tuzilish sxemasi.
S1 almashlab ulagichi tutashgandan keyin (S2 almashlab ulagichi uzilgan bo‘ladi) VD bloki bergan payvandlash jarayonining qattiq dasturini payvandlash mashinasining elektr, pnevmatik yoki gidravlik tizimlari: payvandlash transformatori PTr, detallarni siqish kuchi yuritmasi DYU, roliklarni aylantirish yuritmasi AYU (chokli mashinalarda) yoki plitani sijlitish yuritmasi SYU (uchma-uch payvandlash mashinalarida) ta’minlaydi. Bu yuritmalar funksional apparatlar deb ataluvchi elektr, pnevmatik yoki gidravlik apparatlar F1-F4 orqali ishga tushadi. Hamma hollarda ham F1 sifatida kontaktor K dan foydalaniladi. F2-F4 apparatlari DYU, AG, SYU yuritmasi tizimiga bog‘liq. Ushbu apparatlarni ulash uchun boshqauvchi signallar tegishli bloklar: tokni boshqarish bloki TBB, detallarni siqish kuchini boshqarish bloki DSB, roliklarning aylanishini vm boshqarish bloki ABB yoki harakatlanuvchi plitaning siljishini (Sc). HPSBB tomonidan ishlab chiqariladi.
Payvandlash rejimi va jarayoni parametrlarini barqarorlashtirish yoki o‘zgartirish uchun tutash avtomatik rostlash tizimlari ART (ikkala almashlab ulagich S1 va S2 ulangan bo‘ladi) qo‘llaniladi. Zamonaviy rostlagichlar elektron uzellardan tashkil topadi. ART ishlashi uchun mashinaga datchiklar D o‘rnatiladi, ulardan kelayotgan Ucho‘k signallari axborotni ishlash bloki AIB da o‘zgartirilgan so‘ng taqqoslash sxemasi TS da ustavkalar blokining signallari UD bilan taqqoslanadi va agar nomuvofiklik ±Δ U bo‘lsa jarayonga payvandlash rejimi parametrlarining yoki payvandlash sifatining berilgan darajalariga erishilgunga qadar tegishli bloklarga ta’sir kursatish yuli bilan avtomatik tarzda tuzatishlar kiritiladi. Payvandlash rejim parametrlarini yoki payvandlash sifatining boshqa umumlashtiruvchi pararmetrlarini o‘lchash natijalari indikatsiya bloki IB da yozilishi yoki aks ettirilshii mumkin.
Kontaktli payvandlash mashinalarining dastlabki ulanishi va uzilishini hamda energiya ta’minoti (elektr energiyasi, bosim ostidagi, siqilgan havo yoki suyuqlik, sovituvchi suyuqlik) berilishini ulovchi qurilmalar amalga oshidi. Mashinalar ishni nazorat qilish signallari tizimlari, blokirovkalovchi va himoya qurilmalari bilan ham ta’minlangan bo‘lib, ular mashinalar ishida berilgan izchillikka rioya qilinmagan hollarda mashina uzellari buzilishi yoki payvandlanayotgan detallar kuyib ketishining oldini oladi. Masalan, detallarni qisib qo‘ymasdan turib payvandlash transformatorining ishga tushish va transformator ulanmasdan turib (uchma-uch payvandlash mashinalarida) plitani siljitish yuritmasi ishlab ketish extimolining oldi olinadi va h.k
Zamonaviy kontaktli payvandlash mashinalarining boshqarish apparatlari bir xillashtirilgan alohida funksional uzellardan tuzilgan blok konstruksiyalar ko‘rinishida ishlanadi, bu esa apparatlarga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashni osonlashtiradi.
|