• TAJRIBA MASHG‘ULOTI Mavzu:Ishlab joyidagi havoning nisbiy namligini aniqlash (psixrometr)
  • TAJRIBA MASHG‘ULOTI Mavzu: Sanoat korxonalarining tashlamalar tarkibidagi gazlarni aniqlash (Gazanalizator
  • Gazanalizator
  • TAJRIBA MASHG‘ULOTI Mavzu:Tutunli-zararli va zaharli moddalarning kontsentratsiyasini aniqlash (Gazanalizator
  • TAJRIBA MASHG‘ULOTI Mavzu: Atmosferaga tarqalayotgan chang miqdorini aniqlash Pilometr
  • TAJRIBA MASHG‘ULOTI Mavzu: Muhitni radiaktivlik ifloslanganlik darajasini hisoblash
  • Tajriba mashg‘uloti mavzu: Sanoat korxonalaridagi mikroiqlim, harorat,nisbiy namlik, atmosfera bosimi, havo harakati tezligini o‘lchash




    Download 2,19 Mb.
    Sana07.09.2024
    Hajmi2,19 Mb.
    #270549
    Bog'liq
    ekologiya tajriba jihozlari


    TAJRIBA MASHG‘ULOTI
    Mavzu: Sanoat korxonalaridagi mikroiqlim, harorat,nisbiy namlik, atmosfera bosimi, havo harakati tezligini o‘lchash
    (Ko‘pfunksiyali anemometr GM8910)


    Ish joyidagi mikroiqlim ko‘rsatkichlarini Ko’pfunksiyali anemometr GM8910Hturkumidagi zamonaviy o‘lchov asbobi yordamida aniqlanadi.


    O‘lchash usullari:

    1. Haroratni o‘lchash – ish turiga qarab, o‘tirib ishlaydigan ish turlari (aqliy mehnatda ham) pol sathidan հ=1200 mm balandlikda o‘lchanadi.

    2. Tik turib ishlaydigan ish turlari (aqliy mehnatda ham) pol sathidan հ=1700÷2000 mm balandlikda o‘lchanadi.

    O‘lchov asbobini ishga tayyorlash: tajriba ishini o‘tkazishni boshlashdan 5-10 min oldin yoqib qo‘yiladi.


    TAJRIBA MASHG‘ULOTI
    Mavzu:Ishlab joyidagi havoning nisbiy namligini aniqlash
    (psixrometr)

    Havoning nisbiy namligini psixrometr yordamida aniqlanadi. Hozirgi zamonaviy psixrometrlar elektron turida bo‘lib, aniqlik darajasi 0,1 % gacha bo‘ladi.


    Havoning nisbiy namligini o‘lchash uchun ish joyidagi 3 ta joy tanlanadi. Bularni o‘lchash natijalari o‘rtacha arifmetik miqdori shu ish joyidagi nisbiy namlik uchun asosiy ko‘rsatkich bo‘ladi.
    Tajriba ishining natijalari olinganidan keyin tabiiy holdagi havoning nisbiy namligi, ya’ni tashqaridagi havoning nisbiy namligini o‘lchanadi va bunga ish joyidagi nisbiy namlik ko‘rsatkichi solishtiriladi.
    Solishtirish nisbiy namlik ish joyidagi natijasiga ko‘ra:
    Katta chiqsa, asosiy namlik sababchisi aniqlanadi va uni me’yorlash usuli to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
    Agar nisbiy namlik tashqaridagiga nisbatan kichik bo‘lsa, konditsionirlash usuli to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
    O‘lchov asbobini ishga tayyorlash: Tajriba boshlanishidan 5 minut oldin yoqiladi.


    Gazanalizator'>TAJRIBA MASHG‘ULOTI
    Mavzu: Sanoat korxonalarining tashlamalar tarkibidagi gazlarni aniqlash


    (Gazanalizator SKY2000-M4)
    Ishchilar salomatligini saqlash maqsadida ish joylarida yuzaga keladigan turli xil zararli va zaharli moddalar miqdori tekshirib turiladi.
    Havo tarkibidagi chang, bug‘, gaz kabi zararli omillarning inson organizmiga salbiy ta’sir etishini bilgan holda u erdagi ularning miqdori hozirgi kunda Gazanalizator SKY2000-M4 – elektron gazanalizatorlar yordamida aniqlash qulay hisoblanadi.
    Aniqlash uchun ishlab chiqarish korxonalaridagi ish joylarida 3 marta tajriba o‘tkaziladi. Bularning o‘rtacha miqdori arifmetik usulda topiladi.
    Ishning oxirida tekshirilgan zararli omil turi bo‘yicha RECHMga solishtiriladi.
    Gazanalizatorni tajriba o‘tkazishdan 10 min oldin yoqib qo‘yiladi.


    TAJRIBA MASHG‘ULOTI
    Mavzu:Tutunli-zararli va zaharli moddalarning kontsentratsiyasini aniqlash
    (Gazanalizator KANE 975)
    Ushbu gazanalizator ishlatishga qulayligi va aniqlik darajasi oldingidan farq qilmasligi, qolaversa, havoni ifloslovchi tutun ko‘rinishidagi zararli omillar konsentratsiya me’yoridan katta farq qiladigan sharoitli ish joylaridagi gazlarni aniqlash imkoni borligi uchun shundan foydalaniladi.
    Ishga tayyorlash: Gazanalizator KANE 975 ishlab chiqarishdagi havoga chiqayotgan zaharli moddalani aniqlashda ma'lumotlarni simsiz uzatish imkoniyatiga egaligi uchun tajribani boshlashdan 10 minut oldin yoqiladi va Vi-Fi ishga tushiriladi.
    TAJRIBA MASHG‘ULOTI
    Mavzu:
    Atmosferaga tarqalayotgan chang miqdorini aniqlash

    Pilometr
    Moddaning havoda muallaq suzib yurishi mumkin bo‘lgan mayda zarralari bo‘lmish chang tabiiy yoki ishlab chiqarish chiqindilari tarzida mavjud bo‘lishi ish joyidagi changlarni aniqlab turishni taqozo etadi.
    Ish joyidagi yuzaga kelgan changlarni aniqlash uchun elektron Pilometr SJFC-200 ishlatiladi. Buning uchun ish joyida ishlovchi ishchining nafas olish organizmi – burun sathidagi joyning chang konsentratsiyasini aniqlash talab etiladi. Buning asosiy sababi changlar birinchi o‘rinda nafas olish organlarini kasallantiradi. Tajriba ishini boshlashdan 10 minut oldin o‘lchov asbobini yoqiladi va jamida 6 marta ishlatilganidan keyin 30 minut sovitiladi.


    TAJRIBA MASHG‘ULOTI
    Mavzu: Muhitni radiaktivlik ifloslanganlik darajasini hisoblash
    DOZIMETR-RADIOMETR –
    Ishlab chiqarishlarda radioaktivlik xossasiga ega bo‘lgan, ya’ni, alfa va beta nurlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan sohalarda albatta, bu nurlarni tekshirib turish, bunda uning miqdori to‘g‘risida ma’lumotlar bazasini yaratish talab etiladi.
    Tajriba ishini bajarishda alfa va veta nurlarning inson organizmiga salbiy ta’sir etishi to‘g‘rsida oldindan tushunchaga ega bo‘lish talab etiladi. Aynan radioaktiv nurlarni tekshirish jarayonida himoya vositalari bo‘lishi shartligi, himoya vositalarining turlari to‘g‘ri tanlanishi muhim o‘rinda turadi. Gamma nurlar radiomerlar yordamida aniqlanadi. Tajriba ishini o‘tkazish shartlarini tushuntirishda yuqorida keltirilganlar barchasi to‘la aytib o‘tiladi.
    Download 2,19 Mb.




    Download 2,19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba mashg‘uloti mavzu: Sanoat korxonalaridagi mikroiqlim, harorat,nisbiy namlik, atmosfera bosimi, havo harakati tezligini o‘lchash

    Download 2,19 Mb.