|
Talaba: Raxmatov Navro’zbek
|
bet | 1/5 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 6,31 Mb. | | #255648 |
Bog'liq laboratoriya ishi 3
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
3-amaliy ish
Talaba:Raxmatov Navro’zbek
Tekshirdi:Yuldashov Rahmon
Toshkent 2023
Korxona ichki ish faoliyatini tashkil etish tizimini va xodimlarni boshqarish tizimini yaratish
Korxona mijozlar bilan ishlash va boshqarish tizimini yaratish
Korxonaning back-office va front-office o’zaro aloqasini tashkil etish, logistik jarayonlarni avtomatlashtirish
Yakuniy loyiha
ERP so'z qisqartmasi inglizcha Enterprise Resource Planning System so'zlarining bosh harfidan olingan bo'lib, "korxona resurslarini rejalashtirish tizimi" degan ma'noni bildiradi. Deylik bir korxona qandaydir mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarishda korxona ichidagi bir qancha bo'limlar, sexlar va boshqa korxonani tashkil etivchi qismlarini ishtirokini talab qiladi. Ya'ni korxona bo'limlarining funksiyalari va boshqa imkoniyatlarini qandaydir kompyuter tizimida shakllantirish zarurati tug'iladi. Aynan shu tizim orqali korxonadagi haqiqiy vaziyatni kuzatish va boshqarish mumkin. Masalan, omborxonada qandaydir hom-ashyoda kam miqdorda qolgan, va agar yana huddi shunday hom-ashyo keltirilmasa, korxona ma'lum muddatdan so'ng ishlashdan, mahsulot ishlab chiqarishdan to'xtab qoladi. Bu esa korxona uchun juda katta moddiy ziyon keltirib chiqarishi mumkin. Aynan shunday holatlarda ERP tizimlar yordamga keladi. Ushbu tizimga korxonaning har bitta bo'limi ulanadi va bu tizim yordamida korxona bo'limlari o'rtasida doimiy ma'lumot almashinuvi jarayoni sodir bo'ladi.
Yuqoridagi holatda ERP tizim yordamida muommo qanday hal qilinadi?
Ushbu holatda korxonaning hom-ashyolarni yetkazib berish bilan shug'ullanuvchi bo'limi omborda hom-ashyodan qancha qolganligini aniqlaydi. Keyin u korxonadagi mahsulot ishlab chiqarish bo'limi yordamida(ularni mahsulot ishlab chiqarish tezligini bilgan holda), omborda qolgan hom-ashyo qancha muddatga yetishini hisoblashadi va ishlab chiqarish bo'limi ma'lum vaqt to'xtovsiz ishlashi uchun(yoki korxonaga tushgan buyurtmalarni bajarish uchun) yana qancha hom-ashyo kerak bo'lishi hisoblab chiqishadi. So'ng ular hom-ashyo yetkazib beruvchi boshqa korxonalar bilan bog'lanib kerakli hom-ashyolarni buyurtma berishadi.
|
| |