• Kalit so‘zlar
  • Asosiy qism.
  • Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana06.03.2024
    Hajmi0.52 Mb.
    #167956
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar



    SCIENTIFIC PROGRESS
    VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
    ISSN: 2181-1601
    Uzbekistan
     
    www.scientificprogress.uz
     
    Page 106
    TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILAYOTGAN TEXNOLOGIYALAR 
     
    N. B. Ismatova 
    Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi
    ANNOTATSIYA 
    Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’lim-
    tarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarishdan asosiy maqsad 
    yoshlarimizning zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lishiga qaratilgan. O’ta murakkab 
    va tahlikali zamonda mavjud bo’lgan har qanday xatarga, zararli ta’sir va oqimlarga 
    nisbatan ogoh, sezgir va hushyor bo’lib yashashini va jamiyatimiz hayotida munosib 
    o’rin egallashini ta’minlashdan iborat hisoblanadi. 
    Kalit so‘zlar: texnologiya, pedagogik texnologiya, ta’lim, o‘qituvchi, o‘quvchi 
    shaxsi, guruhda ishlash. 
    Kirish: O’quv jarayonida o’zaro hamkorlikka asoslangan do’stona muhitni 
    vujudga keltirish shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan 
    muhim ahamiyatga ega. Kasb-hunar ta’limidagi o’quv-biluv jarayoni o’quvchining 
    huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O’qituvchi 
    bilan o’quvchi orasida o’zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha o’quvchilarning 
    imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o’zaro tenglik 
    muhiti hukmron bo’ladi, o’quv jarayonida o’quvchilarning aksariyat muammolarini 
    echishga ko’maklashadigan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiya 
    maktab, ota-onalar, mahalla va o’quvchilar jamoasi hamkorligida, demokratiya va 
    tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o’quvchilar oddiy ta’lim 
    oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida 
    jipslashgan ishtirokchilari bo’lishlariga erishiladi.
    Asosiy qism. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’qituvchi o’quv-biluv jarayonini 
    tashkil etar ekan, har bir o’quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi oilaviy 
    muhitga, sinfdagi mavqeiga, o’stozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va 
    kayfiyatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lishini unutmasligi lozim. Umumiy o’rta ta’lim 
    muassasasidagi har bir pedagog o’quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning 
    hurmat-ehtiromiga sazovor bo’la olishga erishishi, o’quvchining eng yaqin kishilaridan 
    biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik bo’lishi, muammoli vaziyatlarda to’g’ri 
    yo’l ko’rsata olishi zarurki, shundagina ta’lim-tarbiya oldiga qo’yilgan maqsadga 
    erishiladi.
    O’quvchilar orasidagi o’zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun, avvalo, 
    quyidagilarni amalga oshirish kerak: 
    − o’quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish; 


    SCIENTIFIC PROGRESS
    VOLUME 3 ǀ ISSUE 1 ǀ 2022 
    ISSN: 2181-1601
    Uzbekistan
     

    Download 0.52 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova

    Download 0.52 Mb.
    Pdf ko'rish