• 2-topshiriq. Notiqlik san’atini egallashda nafas mashqi turlari
  • 3-topshiriq. Keys texnologiyasi asosida TA’LIM JARAYONIDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
  • Ta’lim va tarbiya texnologiyalari fanidan 1-topshiriq. Ta’lim jarayonini tashkil etishda shaxs sifatlari tuzilishi




    Download 14.28 Kb.
    Sana02.04.2024
    Hajmi14.28 Kb.
    #185603
    Bog'liq
    1 topshiriqTMB
    klaster chizma, Scan 24 окт. 23 11·43·02, 14-ma’ruza qurilish qorishmalarni ishlab chiqarish uchun asbob -fayllar.org, 732-21 guruh talabasi Islomjon Muhammadjonovning Mikroprossesor va assembler tili fanidan 1-3 Amaliy mashguloti compressed, 6-Mavzu Falsafa va tabiiy ilmiy fanlarda borliqning mohiyatiga oid konsepsiyalar, Mustaqil ish-1, 1. Ma\'ruza, report-1, 6-amaliy, ekologiya, 1-Maruza (4), АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙ, Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi, 922919, 1685441947426117daraja (1)

    Ta’lim va tarbiya texnologiyalari fanidan
    1-topshiriq. Ta’lim jarayonini tashkil etishda shaxs sifatlari tuzilishi

    Temperament

    Ta`lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishda shaxsning (4 tipi: xolerik, melanxolik, sangvenik va flegmatik) irsiyat bilan bog`liq bo`lgan sifatlar e`tiborga olinadi.

    Psixik jarayonlar

    Sezgi, xotira, hayol, diqqat, tafakkur, iroda, idrok kabi sifatlar kiradi.

    Shaxs tajribasi

    Bilim, malaka va ko`nikmalarni o`z ichiga oladi.

    Shaxs yo`nalganligi

    Shaxsning qiziqishlari, ehtiyojlari, ijtimoiy hayotga bo`lgan munosabatlari belgilanadi


    2-topshiriq. Notiqlik san’atini egallashda nafas mashqi turlari
    1. Kontrol mashq. Bu nafasning diafragmal-aralash usulda to'g'ri olinishini nazorat qilish maqsadida o'tkaziladigan mashqdir. Uni o'tkazishda tik va erkin turib, ikki qo'l bilan ikki (oxirgi) qovurg'ani bosib, ohista, chuqur nafas olinadi va yana asta-sekin nafas chiqariladi.Bunda ko'krak qafasi va yelka ko'tarilmaydi. Chuqur nafas yetimcha qovurg'a ustiga qo'yilgan qo'lni ikki yonga ko'taradi. Mashq yaxshi o'zlashtirilgunga qadar muntazam davom ettiriladi.
    2. Qorinni tortish mashqi. Bu mashq chuqur nafas olib, o'pka havo bilan to'ldirilgach, nafasni chiqarmay, "ushlab" turgan holda, qorinni yuqoriga tortish mashqidir. Mashq qorinni tortib turish ko'nikmasi hosil bo'lgunga qadar davom ettiriladi.
    3. Sanash mashqi. Bu diafragmal usulda nafas olib, erkin turgan holda, erkin ovoz bilan birdan beshgacha (1, 2, 3, 4, 5 deb) sanash mashqidir. Birdan beshgacha sanalgach, nafas olinadi va mashq yana davom ettiriladi. Keyin sanoq 10 gacha, 15, 20, 25 largacha oshirib boriladi. Mashq davomida ovoz va gavda erkinligi saqlanadi.
    4. Musajja’ mashqi. Bu mashq doston va ertaklardan olingan ravon, sodda va tasviriy xarakterdagi saj' tekstlari asosida o'tkaziladigan mashqdir. Bunda matn erkin talaffuz etilgan holda, ikki-uch o'rinda nafas olib, keyin cho'ziq nafas olinadi. 5. She'r o'qish mashqi. Bu mashqda g'oyaviy-badiiy jihatdan yuksak bo'lgan uzun misrali she'rning oldin bir misrasi bir nafasda, keyin ikki misrasi bir nafasda va hokazo tarzda o'qiladi
    3-topshiriq. Keys texnologiyasi asosida TA’LIM JARAYONIDA O‘YINLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    O`yinli texnologiyalar - ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirishning barcha ko`rinishlari: bilim, ko`nikma, malaka hamda hissiy-baholovchi faoliyat jarayonini hosil qilishga yo`naltirilgan shartli o`quv vaziyatlarni ifodalovchi shaxsga yo`naltirilgan ta`lim (pedagogik texnologiya) turlaridan biri hisoblanadi. Muammoli vaziyatlarni yaratish va ularni hal qilishga doir o’quv topshiriqlarini ishlab chiqishda “Keys-stadi” texnologiyasi bugungi kunda keng qo’llanilmoqda. Ushbu texnologiya bugungi kunda etakchi xorijiy mamlakatlar ta’limi amaliyotida keng ommalashgan o’quv texnologiyasi sanaladi. Texnologiya talabalarni har qanday mazmunga ega vaziyatni o’rganish va tahlil qilishga o’rgatadi. Uning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Keys–stadi muammoga nisbatan yechim talab qiladigan texnologiyadir. Keys-stadi yozishda birinchi esda tutish lozim bo‘lgan narsa bu unining muammoga ega bo‘lishidir. Keys-stadi texnologiyasini qo‘llashda yetarlicha ma’lumotlar keltirilish o‘rinlidir, bu uni o‘rganuvchilar uchun juda muhimdir. Ma’lumotlarning ko‘pligi vaziyatni hal qilishda muhim ahamiyatga ega. Qiziqarli keys-stadi yozish detektiv hikoya yozishga o‘xshab ketadi, bu orqali talabalarni vaziyatga qiziqtirib, fikrlashga undash mumkin.
    Download 14.28 Kb.




    Download 14.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim va tarbiya texnologiyalari fanidan 1-topshiriq. Ta’lim jarayonini tashkil etishda shaxs sifatlari tuzilishi

    Download 14.28 Kb.