• Amaliy jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.
  • Ta’limda raqamli texnologiyalar fanidan amaliy mashg‘ulotlar




    Download 445 Kb.
    bet1/3
    Sana20.10.2023
    Hajmi445 Kb.
    #88951
      1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu kompyuter va mobil qurilmalar OT
    Собиров Неъматжан, Документ Microsoft Word, 1-мавзу ГИР, Danakli mevalarni quritisаправпрвыапвыпаh, АТ-маъруза -кирил-23.11.09, 2-bo\'lim uchun jadval, Презентация1в, kamolidinov HGI1 Sh, Biomassa energiyasidan foydalanish, 1-HGI Ergashev u-n, Veybullava Releya qonunlari, maxmudovM3321, БОРТОВОЙ ЖУРНАЛ, IQT.TAH . ON.Banki

    Ta’limda raqamli texnologiyalar fanidan amaliy mashg‘ulotlar

    Amaliy ishi № 2
    Mavzu: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari.

    Ishning maqsadi: Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlarini o‘rgatish va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish.

    Kutilayotgan natija:Kompyuter va mobil qurilmalar operasion tizimlari haqida nazariy va amaliy ko‘nikmalar hosil qilinadi.

    Amaliy jihozlari: Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar.

    Ish rejasi:


    1. Kompyuter operasion tizimlari.

    2. Mobil qurilmalar operatsion tizimlari



    Nazariy ma’lumotlar:
    Operatsion tizimlar - foydalanuvchi bilan kompyuter orasidagi muloqotni ta’minlaydi;
    – kompyuter qurilmalari orasidagi ma’lumot almashinishini boshqaradi va nazorat qiladi;
    – ma’lumotlarni joylashtirishda kompyuter resurslaridan (xotira, tashqi xotira) unumli foydalanishni ta’minlaydi;
    – boshqa dasturlarni yuklaydi;
    – tarmoq operatsiyalarini bajaradi va h.k.
    Hozirgi kunda ishlatilayotgan operatsion tizimlarga misol tariqasida quyidagilarni koʻrsatish mumkin:
    MS Windows. SMP (Symmetric Multiprocessind) koʻp protsessorli, koʻp masalali, grafik interfeysga ega boʻlgan operatsion tizim. x86, x86-64, IA-64, ARM, Alpha, MIPS, Power PC platformalarda ishlaydi. Plug and Play texnologiya bilan ta’minlangan, klassterizatsiya, masofadan oʻrnatish xizmati (RIS- remote installation service) bilan ta’minlangan.
    Fayl tizimi imkoniyatlari:
    Fayl tizimini tiklash;
    Katta hajmdagi fayllarni ishlatish;
    Fayl himoyasi;
    Fayllarni siqilgan holda saqlash va h.k.
    Vazifasiga koʻra, Windows operatsion tizimining bir qancha xillari mavjud: server uchun, ishchi stantsiyalar uchun, choʻntak kompyuterlari uchun.
    Hozirgi kunda shaxsiy kompyuterlarning koʻpchiligida aynan shu operatsion tizim oʻrnatilgan.
    Solaris. Solaris - Sun Microsystems tomonidan yaratilgan grafik qobigʻli operatsion tizim. Solaris operatsion tizimi avval boshdan yopiq manbali kod bilan chiqarilganiga qaramay, hozirda uning anchagina qismi ochiq manbali kodga ega qilib kompaniya tomonidan ommalashtirilgan. Hozirda IBM, Intel, Hewlett-Packard, Dell va boshqa bir nechta ishlab chiqaruvchi kompaniyalar oʻzining x86 va AMD64 platformali tizimlarida Solaris operatsion tizimini ishlatadi.
    Mac OS X. Mac OS X (Mek OS Ten) — Apple korporatsiyasining POSIXga mos keladigan operatsion tizimi. Mach mikroyadrosi asosida Makintosh (Macintosh) kompyuterlari uchun ishlab chiqariladigan, himoyalangan xotira va koʻp masalali operatsion tizimdir. Mac OS X tarkibida Xcode dastur yozish muhiti boʻlib, Si, C++, Objective-C, Ruby i Java tillarida dastur yaratish imkoniyatini beradi. Xcode yordamida bir nechta platformada (x86, PowerPC) ishlay oladigan dasturlarni (Universal Binary) yaratish mumkin.
    Linux. Linux - GNU loyihasi doirasida ishlab chiqarilgan. Linux yadroli UNIXsimon operatsion tizimlarning umumlashgan nomidir. GNU/Linux operatsion tizimlar oilasi Intel x86, IA-64, AMD64, PowerPC, ARM va boshqa platformalarda ishlaydi.
    Boshqa operatsion tizimlardan farqli ravishda GNU/Linuxning bitta rasmiy standart komplekti mavjud emas. Buning oʻrniga GNU/Linux Linux yadroga GNU dasturlari qoʻshilgan koʻplab distributivlarni yetkazib beradi.
    Bizning mamlakatimizda Mandriva Linux 2007.1 asosida erkin tarqatiladigan Doppix 2008.0 Edu ochiq operatsion tizim distributivi yaratilgan. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qoʻllab quvvatlash" markazi loyihasi asosida tayyorlangan bu operatsion tizim ta’lim muassasalarida ishlatishga moʻljallangan boʻlib, oʻzbek, rus, ingliz tillaridagi interfeysga ega. Dastur distributivini http://www.doppix.uz/ internet manzilidan koʻchirib olish mumkin.
    Hozirgi kunda Windows operatsion tizimlariga talab yuqori. Asosiy sabab unda keng qamrovli grafik interfeysning mavjudligi. Bu esa foydalanuvchilarga uni tez oʻzlashtirish imkonini beradi.

    Download 445 Kb.
      1   2   3




    Download 445 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’limda raqamli texnologiyalar fanidan amaliy mashg‘ulotlar

    Download 445 Kb.