|
Tasdiqlayman” Furqat tumani mmtbga qarashli 13-umumta’lim maktabi direktori
|
bet | 1/3 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 26,3 Kb. | | #248592 |
Bog'liq Yig\'ilish bayoni
“TASDIQLAYMAN”
Furqat tumani MMTBga qarashli
13-umumta’lim maktabi direktori
I.Qoraboyev
“____”______________ 2024-yil. Furqat tumani.
Yig‘ilishda qatnashdi: Furqat tuman FVB P va NB katta inspektori katta leytenant Z.M.Ziyobiddinov, FVB P va NB boshlig’i mayor T.Turdiyev hamda 13-umumta’lim maktabidan “_____” nafar o‘qituvchi va o‘quvchilar ishtirok etdi.
KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 1-may kunidagi № 20/1-404-son topshirig‘i, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining 2024-yil 1-maydagi 154-sonli farmoyishi, Farg‘ona viloyati fuqaro muxofazasi boshlig‘ining 2024-yil 2-may kunidagi 6-sonli buyrug‘i hamda Furqat tumani fuqaro muxofazasi boshlig‘ining 2024-yil 2-may kunidagi 6-sonli buyrug‘ilari mazmun mohiyati to‘g‘risida.
2. O‘zbekiston Respublikasi VM ning “Yong‘inlar profilaktikasi samardorligini oshirish va yong‘in xavfsizligi soxasida davlat nazaoratini takominlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-avgusdagi 332-son qaroriga muvofiq “Yong‘indan ogoxlik” umumilliy kompanyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbir rejasi to‘g‘risida.
3. Sodir boʻlishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yongʻin xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlar, gaz chaqnashlar, is gazidan zaharlanish, tabiiy va suyultirilgan gazlardan noto‘g‘ri foydalanishda sodir bo‘layotgan hodisalar, uni kelitirib chiqaruvchi omillar va ehtiyot choralari to‘g‘risida.
Yig‘ilishni yig‘ilish raisi I.Qoraboyev ochib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlariga so‘z navbatini berdi. Tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari navbat bilan so‘zga chiqishib kun tartibiga qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tushunchalar berishdi. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Abdulla Aripov tomonlaridan dasturga kiritilgan Toshkent shahar, Yunusobod tumanidagi 259-son umumta’lim maktabi joyiga chiqqan holda o‘rganilganda muassasa hamda mas’ul soha rahbarlari tomonidan o‘quv binolarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasidagi o‘ta muhim tadbirlar o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi, shuningdek bu ishlarga lozim darajada e’tibor qaratilmaganligi ayon bo‘lganligini, mazkur o’quv muassasasida yo’laklar, zinapoyalar oldidagi maydonlar to’sib qo’yilganligi hamda barcha evakuatsiya eshiklari mixlab (berkitib) tashlanganligi, maktab binosining tasdiqlangan konstruktiv, hajmiy-loyihaviy va muhandislik-texnik yechimlariga o’zboshimchalik bilan o’zgartirishlar kiritilganligi, amaldagi qurilish va yong’in xavfsizligi talablariga rioya qilinmasdan o’quv xonalarida joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilganligi, shuningdek o’quv xonalaridagi elektr kabellari elektr uskunalarini o’rnatish qoidalariga zid ravishda montaj qilinganligi yetkazilib, uning qattiq e’tirozlariga sabab bo’lgan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikadagi umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda sog‘liqni saqlash muassasalarida favqulodda vaziyatlarining oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2024-yil 1-maydagi 20/1-404-son telefonogrammasi tegishli vazirlik hamda idoralarga topshiriqlar belgilab berilganligi to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga misollar tariqasida tushunchalar berildi. Jumladan:
|
| |