• Fakultet Ilmiy Kengashi raisi: A. Absanov Kelishildi: O’quv - uslubiy boshqarma bo shl ig’i B.Aliqulov KIRISH
  • Fanning maqsad va vazifalari
  • Fan boyicha talabalarning bilimiga, konikma va malakasiga qoyiladigan talabiar
  • Fakultet o’quv – uslubiy k




    Download 200.5 Kb.
    bet2/14
    Sana19.01.2021
    Hajmi200.5 Kb.
    #13051
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Fakultet o’quv – uslubiy kengashi raisi: X. O. Shakarov
    Fanning ishchi o’quv dasturi fizika fakulteti Ilmiy Kengashida muxokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2019 yil __ avgustdagi №1-sonli bayonnoma).

    Fakultet Ilmiy Kengashi raisi: A. Absanov

    Kelishildi: O’quv - uslubiy boshqarma boshlig’i B.Aliqulov

    KIRISH

    Amorf materiallar so'nggi yillarda texnikaning turli sohalarida qo'llanilmoqda. Amorf materiallaming fizik xususiyatlari uning tarkibiga kiruvchi metalloidlarning konsentratsiyasiga kuchli bog'liqdir. Masalan, metalloidlarning konsentratsiyasi oshishi ularning kristallanish temperaturasini temperaturaning yuqori qiymatlari tomonga siljitadi, ya'ni ularning stabilligini oshiradi. Bundan tashqari meatlloidlarning konsentratsiyasining oshishi ferromagnit amorf qotishmalarning magnit xususiyatlarini va Kyuri temperaturasini kamaytiradi. Awaldan berilgan fizik xususiyatlariga ega boigan amorf qotishmalarni hosil qilish uchun ularning olinish texnologiyasi, amorf metall hosil bo'lishiga ta'sir ettuvchi faktorlar va nihoyat ularning qo'llanilish sohalari hamda fizik xususiyatlarini bilish muhimdir. SHuning uchun ushbu kursning magistrantlarga o'qitilishi maqsadga muvofiqdir.

    Fanning maqsad va vazifalari

    «Amorf metallar fizikasi» kursining maqsadi va vazifasi amorf mmateriallarni suyuq qotishmalarni toblash orqali hosil qilish; suyuq metallardagi kristall markazlarni hosil bo'lishi, ularning kritik radiusi, kristallanishda sarf bo'ladigan ish; suyuqliklarning holat diagrammasi; Amorf materiallaming fizik xossalari va ularni o'lchash usullari, metall suyuqliklarning fizik xossalarini o'rganishdan iborat.

    Fan bo'yicha talabalarning bilimiga, ko'nikma va malakasiga qo'yiladigan talabiar

    «Amorf metallar fizikasi» kursini o'rganish orqali magistr:

    -amorf materiallaming olinishi, atom tuzilishi, strukturasi va ularning asosiy xossalari, Amorf va kristal holat tabiati, Amorf materiallar va suyuq metallarning elektr, magnit, termoelektrik, va x.k. xossalari o'rtasidagi aloqadorlik haqida tasawurga ega bo 'lishi;,

    - amorf materiallar va suyuq metallarning elektr va magnit xossalarini magnit maydoni va temperatura ta'sirida o'zgarishidan amaliyotda qo'llanilishini bilishi va ulardan foydalana olishi;

    • amorf materiallar va suyuq metallarning fizik xossalarini aniqlash usullari, tadqiqot natijalarini muhokama qilish va xulosalar chiqarish bo'yicha ко'nikmalarga ega bo 'lishi kerak.



    Download 200.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 200.5 Kb.