• MUNDARIJA
  • Tatu samarqand filiali




    Download 487.85 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/22
    Sana18.04.2023
    Hajmi487.85 Kb.
    #52181
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
    Bog'liq
    Tatu samarqand filiali
    1681325660 (2), 15 mavzu, 5 TTAT fanidan mustaqil ta’lim mavzulari, Global jarayonlar dialektikasi mavzusida tahliliy ma-fayllar.org, Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari, ularning tasnifi. Z-fayllar.org


    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA 
    KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    TATU Samarqand filiali
    “Kompyuter injiniringi” fakulteti 
    Toirov Sh.A., Raximov R.T., Karimov M.M
    “ALGORITMGA KIRISH” 
    fanidan laboratoriya ishlarini bajarish bo’yicha 
    USLUBIY KO’RSATMA
    Samarqand 2015 


    Uslubiy ko’rsatma “Algoritmga kirish” fanidan ta’lim oluvchi talabalarga
    mo’ljallangan bo’lib, mazkur fandan laboratoriya ishlarini bajarish uslubiy
    topshiriqlar o’rin olgan. Uslubiy ko’rsatma talabalarning “Algoritmga kirish”
    fanidan nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlariga yordam beradi. 
    Laboratoriya ishlariga mo’ljallangan barcha mavzular misollar, algoritmlar va 
    ularning C++ dasturlash muhitidagi kodlari bilan keng yoritib berilgan. Har bir 
    laboratoriya ishida ishdan maqsad, qisqacha nazariy qism, topshiriqlar va
    topshiriqlarni bajarishga namunalar keltirilgan. Uslubiy ko’rsatma 6 ta 
    laboratoriya ishini bajarishga mo’ljallangan va birinchi laboratoriya ishi 10 soat, 
    ikkinchi laboratoriya ishi 8 soat va uchinchi laboratoriya ishi 6 soatga, to’rtinchi, 
    beshinchi va oltinchi ishlar 4 soatga, jami 36 soatga mo’ljallanib tuzilgan. 
    Tuzuvchilar: katta o’qituvchi Toirov Sh, ass. Karimov M. ass. Raximov R 
    Taqrizchilar:dots. Maxmudov Z.M. Abdullaeyev A.A. 
    Uslubiy ko’rsatma Axborot texnologiyalari kafedrasining ______ yil 
    _____________da o’tkazilgan majlisida ko’rilgan va tasdiqlangan. 
    Kompyuter injiniring fakulteti ilmiy-uslubiy kengashi ruxsati bilan chop etildi.
    TATU Samarqand filiali, 2015 yil


    MUNDARIJA
      
    KIRISH……………………………………………………........................................
    TASHKILIY-USLUBIY KO’RSATMALAR………................................................ 
    1-laboratoriya ishi. ALGORITMGA KIRISH. ASOSIY TUSHUNCHA VA 
    TA’RIFLAR ………………………………………………………………………... 
    2-laboratoriya ishi. QIDIRUV ALGORITMLARI……………………..…………. 
    3-laboratoriya ishi. SARALASH ALGORITMLARI…………………….. …........ 
    4-laboratoriya ishi. ALGORITMLARNI TAHLIL QILISH….….…..…………….. 
    5-laboratoriya ishi. TYURING MASHINASI TUSGUNCHASI..…………………. 
    6-laboratoriya ishi.TABIIY MARKOV ALGORITMLARI………......................... 
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………........


    TASHKILIY-USLUBIY KO‘RSATMALAR
    1. Har bir tajriba ishini bajarishdan oldin, tayyorlanishi lozim bo’lgan tajriba ishiga oid 
    mavzular bo’yicha maslahatlar (konsultatsiya) o’tkaziladi.
    2. Har bir tajriba ishi hajmi, uni tayyorlash va bajarish tartibi shunday tuzilganki,
    barcha talabalar berilgan topshiriqlarni tayyorlashlari va hisobotlarni o’z vaqtida 
    topshirishlari imkoni e’tiborga olingan.
    3. Talabalar navbatdagi tajriba ishini bajarishga oldindan tayyorlanib boradilar.
    4. Talabalar 1000 V gacha bo’lgan tajriba qurilmalarida ishlash uchun texnika 
    xavfsizligini o’rganishlari majbur.
    5. Talaba tajriba ishiga tayyorgarlik ko’rish davrida mazkur ko’rsatma va tavsiya 
    etilayotgan adabiyotlardan foydalangan holda kerakli nazariy materiallarni o’rganishlari,
    zaruriy hisoblashlarni amalga oshirishlari va nazorat savollariga javob berishlari shart.
    6. Tayyor bo’lmagan talabalarga tajriba ishlarini bajarishiga ruxsat berilmaydi.
    7. Mashg’ulot mobaynida hisobot topshirmagan talabalar, keyinchalik o’qituvchi 
    belgilagan vaqtda topshiradilar.
    8. Tajriba ishlarini o’z vaqtida topshirmagan talabalar keyinchalik o’qituvchi bilan 
    vaqtni kelishgan holda topshiradilar.
    9. Har bir tajriba ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda tayyorlanadi. Har bir talaba 
    shaxsiy tarzda hisobot topshiradi. Hisobotni elektron hujjat ko’rinishda topshirishga ruxsat 
    etiladi. Hisobotni tayyorlashda tajriba ishini bajarish tartibiga binoan quyidagi ma’lumotlar 
    bo’lishi kerak:
    1. Mavzu
    2. Ishdan maqsad
    3. Masalaning qo’yilishi
    4. Topshiriqqa oid qisqacha nazariy ma’lumot
    5. Masalani yechish algoritmi
    6. Dastur kodi
    7. Natijaning ekran ko’rinishi
    10. Talabalar bilimlari tajriba mashg’uloti va hisobot topshirish mobaynida o’qituvchi 
    tomonidan tekshiriladi.
    11. Hisobot topshirish davrida talaba nazorat savollari orqali aniqlanuvchi hajm
    asosida nazariy bilimlarini hamda bajarilayotgan ishning fizik mohiyati
    tushunchasini ko’rsatishi lozim. 


    1-laboratoriya ishi

    Download 487.85 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




    Download 487.85 Kb.
    Pdf ko'rish