• Konferensiya oʻtkazilish vaqti
  • ROʻYXATDAN OʻTISH VA KONFERENSIYA MATERIALLARINI TAQDIM ETISH
  • KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QОʼYILADIGAN TALABLAR
  • Tendensiyalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya




    Download 314.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana28.02.2024
    Hajmi314.08 Kb.
    #163664
    Bog'liq
    Axborot xati
    Ergashev , 7 sinflar-uchun-oylik-testlar, 7-1, 7-1matematika, 7-algebra, paygambarlar tarixi 1 ziyouz com, Arxivlangan fayl, Emotsional holatlar Qurbonova Iroda(PSIXOLOGIYA), Transport masalasi, 2, Mustaqil ish115, oneID, Loyhalashtirish, Taqdimot (4), Loyhalashtirish kitob


     
    NATIJAGA YOʻNALTIRILGAN 
    UZLUKSIZ TAʼLIMNI JORIY ETISH 
    TENDENSIYALARI 
     
    XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 
     
    2024-yil 25-mart 
     



    Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish 
    tendensiyalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy 
    konferensiya 
     
    KONFERENSIYA HAQIDA 
     
    “Natijaga yoʻnaltirilgan uzluksiz taʼlimni joriy etish tendensiyalari” 
    mavzusidagi konferensiya maqsadlari: 
    taʼlimning zamonaviy tendensiyalari va ularning taʼlim sifatiga taʼsiri, taʼlim 
    samaradorligini taʼminlash boʻyicha ilgʻor tajribalarni tahlil qilish; 
    tegishli taʼlim bosqichi yakunida taʼlim oluvchilarda shakllanishi lozim 
    boʻlgan kompetensiyalarning davlat, jamiyat va mehnat bozorining talablarini 
    inobatga olish boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish; 
    taʼlim oluvchilarda tadbirkorlik, XXI asr koʻnikmalari va shaxsiy fazilatlarni 
    (soft skills) shakllantirish, inklyuzivlik, gender tengligi masalalarini oʻrganish; 
    taʼlim sifatini oshirishda taʼlim muassasalari duch keladigan muammo va 
    toʻsiqlarni oʻrganish, oʻqitish va baholashning samarali usul va vositalarini koʻrib 
    chiqish; 
    natijaga yoʻnaltirilgan taʼlimni joriy etishda raqamli texnologiyalarning 
    oʻrni va ulardan foydalanish imkoniyatlarini muhokama qilish; 
    natijaga yoʻnaltirilgan taʼlimni joriy etish istiqbollari va yoʻnalishlarini belgilash 
    maqsadida konferensiya orqali tajriba va bilim almashish maydonini yaratish. 
    Konferensiya oʻtkazilish vaqti: 2024-yil 25-mart kuni. 
    Arizalar va maqolalar qabulining soʻngi kuni: 2024-yil 10-mart.
    Konferensiya tili: oʻzbek, rus, ingliz. 
     
    KONFERENSIYA TASHKILOTCHILARI
     
    ➢ OʼZBEKISTON RESPUBLIKASI TAʼLIMNI RIVOJLANTIRISH 
    RESPUBLIKA ILMIY-METODIK MARKAZI.
     
     
     


    KONFERENSIYA SHOʻBALARI YOʻNALISHLARI: 
     
    1. Taʼlim mazmunini takomillashtirish tendensiyalari: tajriba, 
    amaliyot va chaqiriqlar. 
    2. Pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va metodik taʼminlashning 
    ustuvor yoʻnalishlari. 
    3. Natijaga yoʻnaltirilgan taʼlim muhiti, vositalari va didaktik 
    taʼminoti. 
    4. Oʻquv natijalarini baholash va taʼlim sifatini monitoring 
    qilishning dolzarb masalalari. 
    5. Taʼlimda 
    raqamlashtirish: 
    muammolar, 
    imkoniyatlar, 
    afzalliklar.
    6. Inklyuziv taʼlimni tashkil etish muammolari va yechimlari.
    ROʻYXATDAN OʻTISH VA KONFERENSIYA 
    MATERIALLARINI TAQDIM ETISH 
     
    Ishtirok etish uchun maqolalar 2024-yil 10-martga qadar 
    https://t.me/markaz_2024_bot 
    +998903459387 telefon raqami yoki 
    (@obidjonbaxodirovich, @alimardon8111) telegram profillari orqali 
    qabul qilinadi.
    Konferensiyaga yuborilgan maqolalar ishchi guruhi tomonidan 
    koʻrib chiqiladi, talablarga javob bermaydigan maqolalar nashr 
    etilmaydi. 
    Konferensiyaga taʼlim sohasidagi professor-oʻqituvchilar, 
    metodistlar, amaliyotchi oʻqituvchilar, doktorantlar, mustaqil 
    izlanuvchilar, magistrantlar, talabalar va taʼlim tizimidagi barcha 
    muassasalar xodimlari hamda sohadagi amaliyotchilar maqolalar 
    yuborishlari mumkin. 
    Konferensiya materiallari elektron toʻplam koʻrinishida 2024-yil
    15-may kuni 
    www.trm.uz 
    sayti va 
    https://t.me/trm_uz
    nomli rasmiy 
    telegram kanalida eʼlon qilinadi va maqolasi toʻplamga kiritilgan 
    mualliflarning har biriga elektron sertifikatlar beriladi. 


    KONFERENSIYA MATERIALLARIGA QОʼYILADIGAN
    TALABLAR 
     
    Maqolalar konferensiya mavzusiga oid, ilmiy va tugallangan fikrlarga 
    asoslanib, taklif va tavsiyalar bilan quyidagi mazmunga rioya qilingan 
    holda taqdim etilishi lozim: 
    1. Mulohaza (Maqola mavzusidan kelib chiqib, fikr-mulohaza 
    yuritilishi lozim); 
    2. Takliflar (aniq va loʻnda koʻrsatilishi lozim); 
    3. Xulosa. 
    - Maqolalar matnlari A4 hajmda, yuqoridan va pastdan 2 sm, 
    chapdan 3 sm, oʻngdan 1,5 sm hoshiyaga ega boʻlishi kerak; 
    - Maqola matni Word matn muharririda, Times New Roman 
    shrifti, 14 oʻlchamida, 1,5 intervalda boʻlishi va kamida 4 bet boʻlishi 
    lozim; 
    - Maqolalarning sarlavha qismining birinchi qatorida uning nomi, 
    ikkinchi qatorda muallifning ismi va familiyasi, elektron pochtasi, ilmiy 
    daraja va unvoni, uchinchi qatorida muallifning ish joyi koʻrsatiladi; 
    - Maqolalarning sarlavha qismidan keyin bir qator tashlab 
    annotatsiya va kalit soʻzlar keltiriladi; 
    - Maqolaning matni kiritiladi; 
    - Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati keltiriladi. 
    Izoh: 
    Konferensiya 
    toʻplamiga 
    topshiriladigan 
    maqolalardagi 
    maʼlumotlarning haqqoniyligiga muallif javobgar 

    Download 314.08 Kb.




    Download 314.08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tendensiyalari xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

    Download 314.08 Kb.
    Pdf ko'rish