|
Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
|
bet | 1/10 | Sana | 26.04.2024 | Hajmi | 37.69 Kb. | | #207802 |
Bog'liq Termiz davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat fakulteti 4-mavzu, literatura kulikova a, 222211, public key print, Zarina, 100 ta notogri fellari, Sanash, sanashning turli tizimlari., KOMP MODEL , 13577 1 2F81A7B6B169AA8E641BB89FCAD1245D95D18C90 (1), 30986 Mak peda jar kunduzgi 3-kurs ishchi, 2.06-Informatika-1-kurs-uzb, ofertaMikrozaym1yil, MEN MUHAMMADIYEVA DILDORA 2001 01 11 DA TUG, 2.Ochiq dars ishlanma Bozorova G, 1 maruza mi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA
MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI
KAFEDRASI
TOSHBAYEV XASAN YAQUBOVICH
Jismoniy tarbiya va sport nazariyasi va metodologiyasi
fanidan
«Oliy ta’limda jismoniy tarbiya» mavzusidagi
KURS ISHI
70112201 Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari nazariyasi metodikasi
Bajardi : 70112201-Jismoniy tarbiya va sport
mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi ta'lim
yo'nalishi 2-kurs magistri
Toshbayev Xasan Yaqubovich
Ilmiy rahbari: proff. J.Toshpo’latov
Termiz -2022 y
MUNDARIJA
TOSHBAYEV XASAN YAQUBOVICH 1
KURS ISHI 1
Kirish 3
1.1 Jismoniy tarbiya darsining vazifalari va unga qo‘yilgan talablar 5
1.2Jismoniy tarbiya darsning mazmuni 7
1.3Jismoniy tarbiya darsining tuzilishi. 12
2.1 Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyati. 15
2.2. Jismoniy madaniyat fani o‘quv ishlarini rejalashtirishga tayyorgarlik va ularga qo‘yiladgan texnologik talablar 20
2.3 Jismoniy madaniyat fanidan o‘quv jarayonining “yillik reja-jadvali”ni tuzish texnologiyasi 24
ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТ ФАНИДАН 5-СИНФЛАР УЧУЙ ЙИЛЛИК-РЕЖА ЖАДВАЛИ 26
FOYDALANILGA ADABIYOTLAR 30
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezident
Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 3-noyabrdagi PQ-414-son Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida qaroriga ko’ra jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirish va boshqaruv tizimini raqamlashtirish, pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish hamda ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilash, ilg‘or xorijiy sport-ta’ lim texnologiyalarining transferini amalga oshirish orqali yuqori natijalarga erishish muhim masala sifatida belgilab olindi.
Jismoniy tarbiya mashg'ulotlarini O’zbekiston Respublikasi “Talim to’g'risida”gi qonuni (2020 yangi tahrir) hamda “O’zbekistonda Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g'risida”gi qonun (2015)lari mazmun-mohiyatidan kelib chiqib zamon talablari darajasida tashkil qilish va o’tkazish bugungi kunning muhim vazifasidir.
Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o‘quv-tarbiyaviy ishlarning sifatiga bog‘liq. Bungahar bir dars zamiridagi qator vazifalarnihal etish bilan erishiladi.
Jismoniy tarbiya darslari ta’lim berish (o‘qitish), tarbiyalash va sog‘lomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayoni-ning umumiy vazifalaridan kelib chiqib, har bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «mustahkamlash», «Takomillashtirish»dek mazmunga ega bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yish va unihal qilishni nazarda tutadi.1 2
Kurs ishining dolzarbligi. Ta’lim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, o‘rganilgan mashqlarni mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga hamda o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Ta’lim vazifalarini izchil ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun o‘quv materiallarini izchil va mustahkam o‘rganishga olib keladi.
|
| |