• Texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyalari
  • Texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyalari




    Download 87.85 Kb.
    Sana02.03.2024
    Hajmi87.85 Kb.
    #165593
    Bog'liq
    JO’RAYEV TURG’UN
    Foydalanilgan adabiyotlar, 1-Shaxsiy topshiriq 2023 Freeze (4), 7-mavzu Bosh egrilik, 3-amaliy ish, Qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat marketingi fanidan yakuniy nazorat test (Fazliyev S), 1. «Folklor» atamasining lug aviy ma nosini anglatgan javobni to, Axborot xavfsizligi

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI MOLIYA VA MOLIYAVIY TEXNOLGOIYA YO’NALISHI 1 – BOSQICH 5-22 GURUH TALABASI JO’RAYEV TURG’UNBEKNING IQTISODIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQILI SHI BAJARDI: JO’RAYEV TURG’UN QABUL QILDI: NAMOZOV G’

    Texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyalari


    Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlarning ko`p qismi XX asrga to`g`ri kelsada, ulardan eng noyoblari komp`yuter va Internet ekanligiga sir emas. CHunki, insoniyat bilimi, tafakkuri natijasi o`laroq yaratilgan komp`yuter, «Hisoblash qurilmasi» beqiyos imkoniyatlari bilan kishini hayratlantiradi.Endilikda komp`yuter nafaqat hisoblash qurilmasi, balki u televizor, video, telefon, masofada o`qitish vositasi, elektron pochta, elektron kutubxona, virtual aloqa bog`lash vositasi va hokazolarni o`z ichiga oladi. Bu esa butun olam ahlini uzoq manzilini yaqin qilish, muloqot, savdo, sayohat, madaniyat, fan-texnika yangiliklari bilan ma`lumot almashishni yo`lga qo`yadi. Ingliz yoki rus tilini bilganlar uchun Internet orqali katta firmalarga, korporatsiya, kutubxona, muzeylarga kirib borish hech gap bo`lmay qoldi.
    Kino olami, sport to`g`risida turli axborot vositalari yoritayotgan xabarlarni kunda o`qib borish mumkin. Xuddi mamlakatlar o`rtasidagi chegaralar yo`qday.CHindan ham komp`yuterning paydo bo`lishi, hisoblash texnikasi tarixida katta rivojlanish bosqichi bo`ldi.Uning tarixiga nazar tashlasak, amalda tatbiq qilingan birinchi analitik-hisoblash mashinasi G. Xollerit tomonidan yaratilgan bo`lib, 1890 yili Amerikadagi aholi sonini ruyxatga olishda foydalanilgan.G. Xollerit (1860-1929) Buffalo shahrida nemis emigrantlari oilasida tug`ildi.
    Kolumbiya universitetini bitirib aholini ro`yxatga olish korxonasiga ishga kiradi. SHu korxonada yuqori mansabdor, bo`lg`usi qaynotasining tabulyatsiya ishini perfokarta yordamida bajarish qulay, degan maslahati bilan o`n yillar davomida shunday tizimni yaratish ustida ishladi. Natijada statistik tabulyator analitikmashinasini yaratadi. Unda, axborotni kiritish uchun perfokartalar ishlatilib, qolgan qurilmalar oddiy perforator (perfokartaga simvollarni joylash uchun ishlatiladigan qurilma), murakkab perforator, saralash mashinasi va tabulyatordan iborat edi. Keyinchalik, u 1996yilda bu mashinalarni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha firma ochadi.
    So`ngra, turdosh bir nechta firmalar bilan birlashib, Computer Tabulating Recording Co kompaniyasini tashkil etadi, biroq mazkur kompaniyani u 1911yilda sotib yuboradi. Keyinchalik, 1924 yil 14 fevralidan kompaniya nomini International Business Machines Corp. Korporatsiyasiga (qisqacha IBM deb yuritiladi) o`zgartiriladi. SHu bois ba`zi adabiyotlarda G. Xollerit IBM korporatsiyasini asoschisi sifatida tilga olinadi. XX asrning 30-yillarida hozirgi zamon komp`yuterlarining ilk loyihalari yaratilgan edi. Amerikalik bolgar millatiga mansub olim D. Atanasov (1903yil 3 oktyabrida tug`ilgan) birinchi elektron hisoblash mashinasining muallifi hisoblanadi. Atanasov 1937yilda, so`ngra 1939 yilda zamonaviy hisoblash mashinasi kontseptsiyasining tugallangan variantini e`lon qildi.
    IBM PC komp`yuteri 80-yillarda paydo bo`lishi bilan mashxur bo`lib, IBM PC firmasi, boshqa firmalardan farqli o`laroq o`z komp`yuterining konstruktsiyasi, loyihalarini patent himoyasiga olmadi, mantiqqa teskari ish yuritib komp`yuter bo`laklarini alohida sozlash, yig`ish usullarini maxfiy saqlamay hammaga oshkor etdi. Mazkur ma`lumotlar barcha istagan, so`raganlarga berildi.Ochiq arxitektura printsipi deb ataluvchi bu yo`l IBM firmasiga faqat foyda keltirdi. CHunki dunyodagi yuzlab, minglab firmalar IBM PC turidagi komp`yuter qurilmalarini yaratish uchun raqobat qila boshladi va bu musobaqa natijasi iste`molchilarga foydali bo`ldi, qismlar,qurilmalar qiymatlar arzonlashdi. Boshqa firmalar yangi komp`yuterlar yaratish loyihasi uchun ilmiy izlanish, ishlariga mablag` ajratmay, IBM PCga mos turdagi komp`yuterlar ishlab chiqara bordi, hattoki ba`zilari yangi texnik yangiliklarni tezroq kiritdi.
    Dunyoda yiliga o`n milliondan ortiq IBM PC turidagi komp`yuter ishlab chiqariladi, ular umumiy komp`yuter bozorining 90%dan ko`prog`ini tashkil etadi.
    IBM PC komp`yuterlari va uning qurilmalarini ishlab chiqarish bilan minglab firmalar - yuzlab gigant korporatsiyalar, shu jumladan, Intel, Toshiba, Fujitsu, Siemens, Dell, Hitachi, Hewlett-Packard, Philips, Samsung va boshqalar mashg`ul.
    Ular o`rtasida raqobat juda kuchli, shu sababli mahsulot sifati yaxshilanyapti, tannarxi esa arzonlashyapti. Misol uchun, operativ xotira mikrosxemalari qiymati 1995yildan boshlab 5martadan ko`p arzonlashdi.
    Mikroprotsessor va tizimli plata ishlab chiqaruvchi Intel firmasining obro` va salmog`i yuqori bo`lsada, uning ham etarli raqobotdoshlari: AMD, Gyrix, IBM va boshqalar yo`q emas. Biroq ba`zi ma`lumotlarga qaraganda Inlel firmasi dunyo bozorining 80% dan ortiq mikroprotsessorlarini ishlab chiqarar ekan.
    To`g`ri, IBM PC komp`yuterining qurilma va qismlarini ishlab chiqaruvchi firmalarning aksariyati Janubiy SHarqiy Osiyo mintaqasida davlatlari: Tayvan, Malaziyya, Singapur, Janubiy Koreya, Xitoyda joylashgan, chunki bu davlatlarda ishchi kuchi arzon.
    Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, Rossiyada ham yiliga 700mingdan ortiq komp`yuterlar yig`ilmoqda ekan. Biroq komp`yuter yig`ishda yuqori aniq texnologiyalar AQSH, YAponiya va Evropada bor xolos. SHu sababli komp`yuter ishlab chiqaruvchilar quyidagi kategoriyalarga bo`linadi:
    • Dunyoga mashhur, o`ta sifatli komp`yuterlar (brahd-name turi) ishlab chiqaruvchi firmalar: Compag, IBM, Hewlett-Packard, Micron, Dell;

    • komp`yuterlari brand-name nomini olishga intilgan transnatsional kompaniyalar;

    Download 87.85 Kb.




    Download 87.85 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnik vositalarning rivojlanish tendentsiyalari

    Download 87.85 Kb.