Texnologik jarayonni avtomatlashtirish




Download 0,58 Mb.
bet1/3
Sana16.06.2024
Hajmi0,58 Mb.
#264072
  1   2   3
Bog'liq
barqarorlasahtirish


TEXNOLOGIK JARAYONNI AVTOMATLASHTIRISH
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish texnika taraqqiyotining asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib, u ishlab chiqarish samaradorligini muttasil oshirish mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarish, xarajatlarni kamaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda xavfsizlik texnikasini ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish mamlakatimizdagi sanoat korxonalarida mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqarishni jadallashtirish, moddiy texnika bazasini yaratish hamda texnikani taraqqiy ettirishda asosiy yo’nalish hisoblanadi.
Avtomatlashtirish vositalarini ishlab chiqarishda qo’llash mehnat unumdorligini oshirib, ishlab chiqariladigan masulot sifatini, mehnat sharoitini yaxshilaydi. Shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning yuqori samaradorligini ta’minlaydi. Zamonaviy texnika hamda o’lchash, rostlash va boshqarish elementlari bilan jihozlangan texnologik tizimlarni ishlatish yuqori saviyali muhandislar zimmasiga yuklanadi. Ta’lim sistemasini tubdan o’zgartirishni ko’zda tutgan ―milliy dastur‖ga ko’ra mualliflar oldiga o’quvchi-talabalar uchun fanlarning turli sohalari bo’yicha zamon talabiga javob beradigan darslik va o’quv qo’llanmalari yaratish vazifalari qo’yilgan. Har qanday texnologik jarayonda ma’lum bir yoki bir nechta kattaliklar ishtirok etib, ular jarayonning borishida hamda mahsulot sifatini o’zgarishida asosiy o’rin egallaydi. Bu kattaliklarni esa nazorat o’lchov asboblari yordamida nazorat qilinadi, rostlagichlar yordamida rostlanadi va ijrochi mexanizmlar yordamida boshqariladi. Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemaining (ART) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Avtomatik boshqarish – texnologik operatsiyalarni belgilangan ketma-ketlikda avtomatik ravishda bajarilishini va boshqaruv obyektiga nisbatan bo‘ladigan ta’sirlarning muayyan muttasilligini ishlab chiqishdan iborat.
Avtomatik nazorat – texnologik jarayonlarda tezkor ma’lumotlarni avtomatik ravishda qabul qilish va uni qayta ishlash uchun kerakli bo‘lgan sharoitlarni ta’minlaydi.
Avtomatik rostlash – texnologik jarayonlarning tegishli parametrlarini avtomatik rostlovchi asboblar yordamida talab qilingan sathda saqlanishini nazarda tutadi. Bu holda odam faqat avtomatik rostlash sistemaining (ART) to‘g‘ri ishlashini nazorat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi asosan uch bosqichdan iborat bo‘ladi:
Birinchi bosqich- bunda asboblarni mashina va apparatlar yaqiniga joylashtirish deyarli qiyinchiliklar tug‘dirgan. Avtomatlashtirishning bu davrida shkalasi yaxshi ko‘rinadigan yirik o‘lchamli asboblar ishlatiladi. Bunda bir korpusga o‘lchash asbobi, rostlagich va topshiriq beruvchi qurilma joylashtiriladi.
Ikkinchi bosqich– ayrim jarayonlarning kompleks avtomatlashtirilishidir. Bunda rostlash alohida shchitga o‘rnatilgan asboblar bo‘yicha olib boriladi. Yirik o‘lchamli asboblardan foydalanish bu shchitning bir necha metrga cho‘zilib ketishiga olib keladi va shchitni nazorat qilish qiyinlashadi, avtomatlashtirishning bu davrida shchitdagi asboblarning hajmini kichiklashtirish zarurati paydo bo‘ladi. Bu masalani hal qilish uchun kichik o‘lchamli ikkilamchi asboblar ishlatiladi.
Uchinchi bosqich (to‘liq avtomatlashtirish bosqichi) – agregat va sexlarni yalpisiga avtomatlashtirish bilan xarakterlanadi. Bu davrning xarakterli xususiyati shundaki, boshqarish yagona nazorat punktiga markazlashtiriladi. Shu bilan birga, mitti ikkilamchi asboblarni ishlatish ehtiyoji paydo bo‘ladi. Doimiy nazoratni talab qilinadigan o‘lchash va rostlash asboblari (yirik o‘lchamli) shchitdan tashqariga o‘rnatiladi.



Download 0,58 Mb.
  1   2   3




Download 0,58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Texnologik jarayonni avtomatlashtirish

Download 0,58 Mb.