• Kalit soʻzlar
  • Ключевые слова
  • Keywords
  • Texnologiyalardan foydalanish




    Download 363.51 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana23.02.2024
    Hajmi363.51 Kb.
    #161128
      1   2
    Bog'liq
    3620-Текст статьи-9902-1-10-20211201
    daily book, 27-Mustaqil ta\'lim, 12 dars fiziklar, Yo‘l harakati targ\'ibotchisi, kurs ishi jalol, ma ruza 3


    ASTRONOMIYA OʻQITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK 
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 
    Saydayev Obid Bahodir oʻgʻli
    A.Qodiriy nomidagi JDPI, Fizika va uni o’qitish metodikasi kafedrasi 
    o’qituvchisi, Jizzax, O’zbekiston 
    e-mail: obidsaydayev@gmail.com 
     
    Annotatsiya. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish ta’lim sifatini 
    oshirishga 
    zamin 
    yaratadi. 
    Bunda 
    pedagogik 
    jarayonning 
    mazmuni 
    takomillashadi, 
    oʻqitishning 
    innovatsion 
    modellari 
    joriy 
    etiladi, shuningdek, oʻquvchi va oʻqituvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil etiladi.
    Kalit soʻzlar: zamonaviy axborot texnologiyalari, teleskoplar, raqamli kameralar, 
    internet. 
    *** 
    Аннотация. Использование современных информационных технологий повысит 
    качество образования. Это позволит улучшить содержание педагогического процесса, 
    внедрить инновационные модели обучения, а также организовать совместную 
    деятельность студентов и преподавателей. 
    Ключевые слова: современные информационные технологии, телескопы, цифровые 
    фотоаппараты, интернет. 
    *** 
    Annotation. The use of modern information technology will improve the quality of 
    education. This will improve the content of the pedagogical process, introduce innovative 
    teaching models, as well as organize joint activities of students and teachers. 
    Keywords: modern information technologies, telescopes, digital cameras, internet. 
    Bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalari hamda kosmik 
    tadqiqotlarning koʻpgina yutuqlari tufayli astronomiya tez rivojlanayotgan 
    fanlardan biridir. Oxirgi 15-20 yil ichida teleskopsozlikda, nurlanish qabul 
    qilgichlarni yasash sohasida katta yutuqlarga erishildi. Natijada astronomik 
    bilimlar chuqurlashdi va kengaydi. Tekshirishlar davom etmoqda, astronomiyani 
    qancha chuqur oʻrganganimiz sari yangi muammolar paydo boʻlmoqda. Bularning 


    hammasi astronomiya kursini har yili qayta qarab, yangiliklar bilan toʻldirib 
    borishni taqozo etadi. Astronomik ta’lim, axborot texnologiyalariga muhtoj soha 
    boʻlib, buning bir nechta obyektiv va subyektiv jihatlari mavjud, bular: 
    - oʻquvchilar 
    oddiy, 
    kundalik 
    hayotda 
    kuzatmaydigan 
    yoki 
    kuzatsa 
    ham 
    shu 
    darajada 
    sekin 
    va 
    muntazam 
    roʻy 
    beradigan 
    jarayon va hodisalarki, ularga oʻquvchi e’tiborini qaratish va fikrini 
    ushlab turish qiyinligi; 
    - osmon 
    yoritgichlarining 
    yorugʻligini 
    fotoelektrik 
    fotometrlar 
    (elektron 
    optik 
    koʻpaytgichlar) 
    yordamida 
    oʻlchash 
    imkonining 
    yuzaga kelganligi; 
    - kosmik 
    tadqiqotlarning 
    shiddat 
    bilan 
    rivojlanishi 
    hamda 
    bunday tekshiruvlarda raqamli texnikaning qoʻllanilishi; 
    - raqamli 
    kameralarning 
    eng 
    yaxshi 
    sifatlari 
    (axboriylik 
    va 
    yuqori 
    aniqlik)ni 
    oʻzida mujassamlashtirgan boʻlib, samaradorlik va 
    aniqlik (sifati)ni oʻn va hatto yuz martaga oshirishi; 
    - hozirgi 
    zamon 
    astronomik 
    kuzatish-tekshirish 
    ishlari 
    toʻliq 
    axborot texnologiyalari muhitida bajarilishi; 
    - bugungi 
    kunning 
    kosmik 
    teleskoplari 
    toʻplagan 
    ma’lumotlar 
    internet 
    axborot 
    banklarida 
    saqlanishining 
    yoʻlga 
    qoʻyilganligi 
    va nihoyat oddiy ta’lim muassasasi sharoitida shular kabi barcha 
    astronomik kuzatish-tekshirish ishlarini bajarib boʻlmasligidir. 
    Shuning uchun astronomiyani an’anaviy holda oʻqitishdan koʻra 
    axborot texnologiyalari muhitida oʻqitish yaxshi samara beradi. Masalan, yulduzlar 
    osmonining sutkaviy va yillik aylanishini va osmon sferasi toʻgʻrisidagi 
    tushunchalarni olaylik. Sutkaviy aylanishi sayyoralarda namoyish etiladi, bu 
    oʻquvchilarni darsdan tushqari paytda, oʻquv maskanidan chetga olib chiqishni 
    taqozo etadi va bunday ekskursiyalarni butun kurs davomida bir marta, 
    koʻpi bilan ikki marta uyushtirish mumkin. Oʻqitish jarayonida bu yetarli emas. 
    Axborot - kommunikatsiya texnologiyalari, dastavval kosmonavtika va kosmik 
    tadqiqotlarda shakllandi, oʻz tadbigʻini topdi va rivojlandi. Bu tadqiqotlarning 


    aksariyati osmon jismlarini, ularning yaqin atrofidan oʻtayotib rasmga olish 
    (Merkuriy, Mars, Yupiter, Saturn va boshqalar) yoki sirtiga avtomatik apparatlar 
    tushirish jarayonida, ularning atmosferasini (Venera, Mars) va sirtini (Oy) 
    tekshirish bilan bogʻliq. Bunda, olingan natijalar (axborotlar)ni Yerga yuborish va 
    tahlil qilish kabi masalalar, axborot texnologiyalarini astronomiyaga qoʻllashga 
    asos boʻldi. Kosmik tadqiqotlarni rivojlanishi, raqamli texnikani qoʻllashga 
    undadi.
    Dastavval 
    kosmik 
    observatoriyalar 
    uchun 
    ishlab 
    chiqilgan 
    va qoʻllanilgan telemetrik asboblar, raqamli kameralar Yerdagi observatoriyalarda 
    ham keng qoʻllanila boshlandi. Bunday raqamli kameralarga oʻxshash asboblar 
    hozirgi kunga kelib, kundalik hayotda (raqamli fotoapparat, videokamera) ham 
    keng qoʻllanilmoqda. Dastavval, raqamli kameralarni qoʻllashdan oldin, an’ana 
    boʻyicha, astronomik kuzatish-tekshirish ishlari osmon yoritqichlarini surat 
    (fotoplastinka yoki plyonka)ga tushirish va suratlarda yoritqich (yulduz) tasviri 
    fotografik zichligini oʻlchash orqali uning yorugʻligi oʻlchanib, kuzatish, tekshirish 
    jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilar edi. Bunday usul bitta muhim afzallikka 
    ega: uning yordamida yer sirtidan turib osmonning keng yuzasi suratini 
    olish mumkin. Bunday suratda yuzdan ortiq yulduzlarning tasviri olinadi va 
    laboratoriya sharoitida bu yulduzlar yorugʻligini oʻlchash ishlari olib boriladi.
    Keyinchalik, osmon yoritgichlarining yorugʻligini fotoelektrik fotometrlar 
    (elektron optik koʻpaytgichlar) yordamida oʻlchash imkoni yaratildi. Bunday 
    oʻlchashlarning xatosi fotografik usulnikidan 10 marta kichik boʻlsada, ularni har 
    bir yulduzga nisbatan qoʻllash taqozo etiladi. Bitta yulduz yorugʻligini oʻlchash 
    uchun bir necha soat vaqt ketadi va mingdan ortiq yulduzlar yorugʻligini 
    oʻlchashni koʻp yillarga choʻzib yuboradi. 
    Raqamli 
    kameralar 
    yuqorida 
    qayd 
    qilingan 
    ikkala 
    usullaming 
    eng yaxshi sifatlari (axboriylik va yuqori aniqlik)ni oʻzida mujassamlashtirgan 
    boʻlib, samaradorlik va aniqlik (sifatni)ni oʻn va hatto yuz martaga oshiradi. 
    Raqamli kamerada uning fokal tekisligiga, fotoplyonka oʻrnatiladigan joyga, 
    tomonlari bir santimetr boʻlgan toʻtrburchak shisha yuziga 512 x 512 yoki 


    1024 x 1024 ta nur sezuvchi yarim o‘tkazgich fotodiod joylashtirilgan chip 
    oʻrnatilgan boʻladi. Fotodiodlarning oʻlchami bir necha mikronga teng va unga nur 
    tushganda u kondensator singari zaryadlanib qoladi. Maxsus zaryad sanoqchi 
    yordamida bu zaryadlar sanaladi va elektron disklarga yozib olinadi. Bunday 
    elektron disklarda yozilgan raqamli tasvirni kompyuter ma’lum dastur asosida 
    ekranda namoyish etadi. Bugungi kunda sirti koʻrinadigan osmon jismlarining 
    sayyoralar, tumanliklar, galaktikalar) nihoyatda aniq tasvirlari olinmoqda.
    Astronomik kuzatish-tekshirish ishlari nihoyatda yuqori bosqichga koʻtarildi. 
    Bunday tasvirlami kompyuter orqali kuzatish va ulami qogʻozga chiqarish 
    mumkin. 
    Yuz yildan ortiq vaqt davomida qoʻllanib kelingan fotografik tekshirish usuli 
    (fotoplastinkaga rasmga olish va uni keyin oʻlchash) oʻrnini raqamli kameralar va 
    ularga ulangan kompyuterlar egalladi. Osmon jismlari tasviri raqamli kameralar va 
    «signalraqam» almashtirgichlar yordamida kompyuter oʻqishi va qayta ishlay
    oladigan ikki oʻlchamli raqamli massiv sifatida kompyuter xotirasiga, magnit 
    tasma yoki disklarga yozib olish mumkin. Hozirgi zamon astronomik kuzatish-
    tekshirish ishlari toʻliq axborot texnologiyalari muhitida bajariladi. Avtomatik 
    kosmik apparatlarda sinovdan oʻtgan, masofadan turib teleskop (masalan, 
    Xabbl Kosmik Teleskopi)ni boshqarish tizimi Yerdagi teleskoplarda ham 
    qoʻllanilmoqda. Astronom olim teleskop yonida turishiga va uni boshqarishiga 
    zarurat yoʻqoldi. Teleskop va unga oʻrnatilgan oʻlchash asboblarini ulardan 
    masofada (hatto, boshqa shaharda, qit’ada) boʻlgan astronom kompyuter ekranida 
    kuzatib turadi va u “telekommunikatsiya” aloqa vositalari yordamida kuzatishni 
    nazorat qiladi va boshqaradi. Kuzatish-oʻlchash natijalari shu astronom
    kuzatuvchining kompyuteri xotirasiga tushadi. 
    Oxirgi 
    yillarda 
    astronomik 
    kuzatish-oʻlchash 
    ishlariga 
    raqamli 
    kameralar tatbiq etilmoqda. Ular astronomik oʻlchashlami raqamli tizimga 
    oʻtkazishga va ularga hisoblash texnikasini qoʻllashga imkon berdi. Natijada, 
    astronomik kuzatish natijalari magnit disklarda toʻplana boshlandi. Astronomik 
    oʻlchash natijalari saqlanadigan internet banklar hosil boʻldi va ularda toʻplangan 


    ma’lumotlar keng ilmiy jamoatchilik uchun ochiq deb e’lon qilindi. Bunday 
    sharoitda internet nihoyatda katta xizmat koʻrsatmoqda. Kosmik va radio-
    teleskoplar hozirgi zamon astronomiyasiga elektromagnit toʻlqinlar shkalasining 
    barcha qismlarida kuzatish-oʻlchash va tekshirish ishlari bajarish imkoniyatini 
    berdi. Optik diapazondan tashqarida joylashgan bu diapazonlarda bajarilayotgan 
    ushbu qimmatbaho tekshirishlar nafaqat pedagogik ta’lim muassasalari uchun, 
    balki akademik ilmiy tekshirish institutlari uchun ham katta muammoli masaladir. 
    Yuqorida tilga olingan kompyuterda bajariladigan laboratoriya ishlari orasida 
    kvazarlar (yulduzsimon radionurlanish manbalari) ni tekshirishga bagʻishlangan va 
    radiolokatsiya qilish usuli bilan Merkuriyning oʻq atrofida aylanishini 
    oʻlchaydigan ishlar kiritilgan. Bulardan tashqari Quyoshning rentgen va chetki 
    ultrabinafsha nurda olingan rasmlarida Quyosh tojini kuzatish va tekshirish 
    mumkin. 
    Astronomik kuzatishlar turli koʻrinishlarda boʻlib, ularning ayrimlari osmon 
    yoritgichlarining koordinatalarini aniqlash bilan bogʻliq boʻlsa, boshqalari 
    yoritgichlarning yorugʻligini oʻlchashni koʻzda tutadi. Uchinchilari esa yoritqich 
    spektrini olishni va oʻlchashni taqozo etadi. Yana bir turi kosmik stansiya 
    yordamida yoritgich spektrining rentgen, uzoq ultrabinafsha qismida oʻlchashlar 
    bilan bogʻliq. Oddiy ta’lim muassasasi sharoitida bunday ishlarni bajarib 
    boʻlmaydi. Bunday sharoitda internet tizimidan foydalanish, astronomik internet 
    banklardan olingan kerakli kuzatish natijalari astronomiyani oʻqitishda, kuzatish va 
    laboratoriya ishlarini bajarishda katta samara beradi va hozirgi zamon talablariga 
    javob beradigan mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Masalan, Xabbl Kosmik Teleskopi toʻplagan ma’lumotlar Kosmik Teleskop 
    institutida (HST), Quyosh va geliosferik observatoriya (SOHO - Solar and 
    eliospheric Observatory, u Yerdan bir million kilometr uzoqlikda, Quyosh-Yer 
    tizimining birinchi Lagranj nuqtasiga joylashtirilgan) nomli apparat yordamida 
    olinayotgan 
    Quyoshning 
    rentgen, 
    ultrabinafsha 
    nurlardagi 
    tasvirlari, 
    magnitogrammalari va dopplerogrammalari Goddard va Marshall uchish 
    markazlarida toʻplangan, ularni ushbu http://umbrawww.nascom. nasa.gov internet 


    sahifadan olish mumkin. Bu materiallar asosida astronomiya oʻqituvchilari uchun 
    koʻrgazmaviy qurollar va filmlar tayyorlanmoqda. Yuqorida qayd qilingan internet 
    sahifasida yerdan turib va kosmosdan olingan Quyoshning tasvirlari bilan 
    birgalikda, Quyoshning Yerga ta’sirini tekshirishdan olinayotgan koʻplab 
    ma’lumotlar joylashtirilgan. Bu internet sahifa ulkan axborot maydonidir. Bugungi 
    kunda bunday axborot maydonlari koʻpaygan boʻlib, ulardan astronomik bilimlarni 
    berishda keng foydalanilsa, yuqori darajadagi ta’lim samaradorligiga Ta’lim 
    tizimining rivojlanishini hozirgi holatini axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilish 
    mumkin emas. Darhaqiqat, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish 
    ta’lim sifatini oshirishga zamin yaratadi. Bunda pedagogik jarayonning 
    mazmuni 
    takomillashadi, 
    oʻqitishning 
    innovatsion 
    modellari 
    joriy 
    etiladi, shuningdek, oʻquvchi va oʻqituvchilarning hamkorlikdagi faoliyati tashkil 
    etiladi. Har qanday ta’lim muassasida oʻquv jarayonini axborotlashtirishning 
    zaruriy sharti sifatida zamonaviy axborot texnologiyalarini ham boshqaruvda, ham 
    ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish boʻyicha yagona siyosat va strategiyani ishlab 
    chiqish hisoblanadi. 
    Oʻquv jarayonini axborotlashtirish texnologik, pedagogik va tashkiliy ishlar 
    bilan bogʻliq qiyin va koʻp qirrali masalalarni yechishni talab etadi.
    Ta’lim muassasasining axborot ta’lim muhitini yaratish sof texnik 
    masalagina emas. Buning uchun muassasadagi tegishli ilmiy metodik, tashkiliy va 
    pedagogik imkoniyatlarni tizimli yondashuv asosida ishga solish talab etiladi. 
    «Axborot - ta’lim muhiti» tushunchasining koʻplab ta’riflari mavjud. Ularning 
    tahlili mazkur tushunchani aniq bir maqsadga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayonini 
    ta’minlovchi axborot-texnik, oʻquv-metodik tizimlar majmuidir degan xulosaga 
    kelish imkonini beradi. 

    Download 363.51 Kb.
      1   2




    Download 363.51 Kb.
    Pdf ko'rish