• - o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
  • - o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi; - shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
  • - o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
  • Texnologiyalardan foydalanish




    Download 82.06 Kb.
    bet1/6
    Sana11.04.2024
    Hajmi82.06 Kb.
    #193275
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    DARSLARDA O
    14 мактаб Маълумотнома ХТБ, Документ Microsoft Word, Inson resurslari axborot tizimi internet, Bog\'ibek, 1-mavzu. Ma’lumotlar bazasini loyihalash va administratorlash-fayllar.org, 01 Документ Microsoft Word, “Statistika” IQT, referat fizika ma\'ruza. Axmedov Javoxir, Zamonaviy fizika, карздорлар, Eshpolotov O MT 4, Таржимаи Хол, Muallif, 5110700-Informatika-oqitish-metodikasi (1), 2.ALGEBRAIK IFODALAR

    DARSLARDA O’YIN VA MUAMMOLI TA’LIM
    TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
    REJA
    1. Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad va vazifalari
    2. Didaktik o’yinli mashg’ulotlarning o’ziga xos xususiyatlari
    3. Muammoli ta'lim tеxnologiyasining o`ziga xos xususiyatlari
    4. Matematika darslarida muammoli ta’lim.

    1.Ta’limda o’yinli mashg’ulotlardan foydalanish maqsad va vazifalari


    Ta’lim jarayonida o’yinli texnologiyalar didaktik o’yinli dars shaklida qo’llaniladi. Ushbu darslarda o’quvchlarning bilim olish jarayoni o’yin faoliyati orqali uyg’unlashtiriladi. Shu sababli o’quvchlarning ta’lim olish faoliyati o’yin faoliyati bilan uyg’unlashgan darslar didaktik o’yinli darslar deb ataladi.
    Inson hayotida o’yin faoliyati orqali quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:
    - o’yin faoliyati orqali shaxsning o’qishga, mehnatga bo’lgan qiziqishi ortadi;
    - o’yin davomida shaxsning muloqotga kirishishi ya’ni, kommunikativ – muloqot madaniyatini egallashi uchun yordam beriladi;
    - shaxsning o’z iqtidori, qiziqishi, bilimi va o’zligini namoyon etishiga imkon yaratiladi;
    - hayotda va o’yin jarayonida yuz beradigan turli qiyinchiliklarni yengish va mo’ljalni to’g’ri olish ko’nikmalarining tarkib topishiga yordam beradi;
    - o’yin jarayonida ijtimoiy normalarga mos xulq-atvorni egallash, kamchiliklarga barham berish imkoniyati yaratiladi;
    - shaxsning ijobiy fazilatlarini shakllantirishga zamin tayyorlaydi;
    - insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan qadriyatlar tizimi, ayniqsa, ijtimoiy, ma’naviy-madaniy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishga e’tibor qaratiladi;
    - o’yin ishtirokchilarida jamoaviy muloqot madaniyatini rivojlantirish ko’zda tutiladi.
    Didaktik o’yinli mashg’ulotlarni o’quvchlarning bilim olish va o’yin faoliyatining uyg’unligiga qarab: syujetli-rolli o’yinlar, ijodiy o’yinlar, ishbilarmonlar o’yini, konferentsiyalar, o’yin-mashqlarga ajratish mumkin.
    O’qituvchi-pedagog avval o’quvchlarni individual (yakka tartibdagi), so’ngra guruhli o’yinlarga tayyorlashi va uni o’tkazishi, o’yin muvaffaqiyatli chiqqandan so’ng esa, ularni ommaviy o’yinlarga tayyorlashi lozim. CHunki o’quvchlar didaktik o’yinli mashg’ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishlari, bundan tashqari, guruh jamoasi o’rtasida hamkorlik, o’zaro yordam vujudga kelishi lozim.

    Download 82.06 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 82.06 Kb.