Texnologiyalari




Download 28.34 Kb.
bet1/3
Sana22.12.2019
Hajmi28.34 Kb.
#4613
  1   2   3

9-dars. AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Sana: 7- sinf

Darsning maqsadi

Ta`limiy : Axborot texnalogiyalari haqida tushuncha berish



Tarbiyaviy: Bilimga tasnalik ruhida tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi : Axborot texnalogiyalari haqidagi malakasini rivojlntirish

Davlat ta`limi standartlarga asosan ta`lim mazmunining majburiy minimumi .

lokal (mahalliy) tarmoqlar, ishchi stansiyalar , mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlar, modem

Dars tipi Yangi bilim beruvchi



(Yangi bilim beruvchi , bilimlarni mustahkamlash , bilimlarni sinash , umumlash –

tiruvchi takrorlash , bilim ko`nikma va malakalarini rivojlantirish aralash .)

Dars turi Hamkorlik



Sayohat , ertak , musobaqa , izlanib o`rganish birgalikda o`qitish , sahnalashtirish ,

hamkorlik , ponarama , viktorina , disput , muloqot , mustaqil ijodiy faoliyat ,

zakovat , sinov , parlament , mantiqiy fikrlash , tanlov , kim ochdi ( auksion ) dars.
Dars metodlari: Chuqurlashtirilgan maruza

Foydalanilgan adabiyotlar : 7- sinf darslik

Dars jihozi : Kurgazma,tarqatma kartochkalar, darslik.

Darsning plani.

Tashkiliy qism .

O`tgan mavzuni so`rash .

Yangi mavzuni o`rganish .

Darsni mustahkamlash (mashqlar bajarish)

Uyga vazifa

Darsning borishi

Chaqiriq: O`tilgan mavzu bo`yicha aqliy hujum.

Ahamiyatni anglash:



"Texnotogiya."so'ziyunoncha (grekcha) "techne" - san'at, mohirUk, hunar va "logos"-fan so'zlaridan tashktt topgan bolib, texnologiya aniq maqsadga erishish uchun zaruruiy vositalar, usul va sharoiOardanfoydalangan holda muayyan amaUaming ketma-ket bajarilishiniko'zda tutadl

Axborot texnologiyalari



Ixtiyoriy jarayonni to'liq o'rganishda, u to'g'risida to'plangan ma'lumotlar hajmi, ma'lumotlarning o'zaro bog'liqligi darajasi shunchalik murakkab bo'ladiki, ularni biror vosita yordamisiz to'liq qayta ishlash amalda mumkin emas.

Fan va texnikaning rivojlanishi axborotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatish kabi jarayonlarni samarali amalga oshirish mumkinligini ko'rsatdi. Bunda asosiy o'rinni texnik vositalar — kompyuter va boshqa turdagi vositalar egallaydi.

Ular yordamida ishni tashkil etish orqali axborotlar alniashinuvini tezlatishdan tashqari kerakli axborotni izlash, qayta ishlash va undan foydalanishni osonlashtirish hamda axborotning avval ko'rsatib o'tilgan barcha xususiyatlarini saqlashga erishiladi.
Insoniyat tomonidan axborotlarni iizlash, to'plash, saqlash, qayta ishlash va undan foydalanish usullari va vositalari axborot texnologiyasi deb yuritiladi.

Axborot texnologiyasi ikki: ichki va tashqi omillardan iboratdir. Ichki omillarga usul va metodlar, tashqi omillarga vositalar kiradi.

Bundan kelib chiqadiki, axborot texnologiyasi o'z ichiga quyidagilarni oladi: qalam, rttchka, daftar, qog'oz, mel, doska, proyektor, ekran, kodoskop, sinf, stol, stul, o'quvchi, o'qituvchi, farrosh, direktor, kitob, kompyuter, suhbat jarayoni, dars o'tish jarayoni, test o'tkazish jarayoni, savol-javob o'tkazish jarayoni, dars o'tish usul va metodikasi, plakat yoki boshqa didaktik materiallar, va hokazo. Demak, axborot texnologiyalari sanoatda, savdo-sotiqda, boshqaruvda, bank, talim va sogliqni saqlash sistemasida, meditsina va fanda, transport va aloqada, qishloq xo'jaligi va ijtimoiy xizmat tizimida, turmushda qo'llanilar ekan.

Axborot texnologiyasining asosiy texnik vositalari sifatida kompyuterdan tashqari aloqa vositalari — telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo'llaniladi.

Axborot texnologiyasining ba'zi texnik vositalari



Axborot texnologiyalari hisoblash texnikasidan tashqari aloqa texnikasi, televideniye va radioni ham o'z ichiga oladi. Umuman, informatika va axborot texnologiyalari bir-birini to'ldiruvchi qismlar sifatida qaraladi.

Kompyuter tarmoqlari



Kompyuterlarning inson hayotidagi ahamiyati kun sayin ortib bormoqda. Hozirgi kunda axborotlarni yig'ish, qayta ishlash va tarqatish bilan bog'liq bo'lgan sohalarda

kompyuterlarsiz ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Lekin kompyuterning xotirasi qanchalik katta bo'lmasin ish faoliyatingizda ishlatishingiz mumkin bo'lgan barcha axborotni unga sig'dirib bo'lmaydi. Biror axborot zarur bo'lib qolgan vaqtda uni boshqa kompyuterdan ko'chirib olish uchun tashqi axborot tashuvchi vositalardan (disketalar, CD-disklar va boshqalar) foydalanish kerak bo'ladi. Ammo bu ko'p vaqt va qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Bu kabi muammolar o'zaro axborot almashish maqsadida kompyuterlarni birlashtirish zaruratini keltirib chiqardi. Avval maxsus kabel yordamida ikkita kompyuterni o'zaro birlashtirishga muvaffaq bo'lindi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan bir nechta kompyuterni birlashtirish imkonini beruvchi texnik qurilma va dasturiy ta'minot ishlab chiqildi. Shu tarzda kompyuter tarmoqlari vujudga kf Idi.

Bunday tarmoqlar qo'shimcha qurilmalar talab qilsada (tarmoq platasi, maxsus kabel), kompyuterlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. Tarmoqdagi ixtiyoriy kompyuter boshqa kompyuterning diskiga, printeriga va boshqa tashqi qurilmalariga murojaat qilishi mumkin bo'Hdi. Bunday tarmoqlar bitta xonada yoki bir binoning ichida tashkil qilinib, lokal (mahalliy) tarmoqlar deb nomlanadi.

Lokal tarmoqda kom­pyuterlardan biri asosiy kompyuter etib tanlana-di. U fayllar server! yoki, oddiy qilib, server deb nomlanadi. Qolgan kompyuterlar esa ishchi stansiyalar deb nomlanib, server bilan hamda o'zaro tarmoq platalari va maxsus kabellar yordamida ulanadilar.

Kompyuterlararo axborot almashinuvini rivojlantirish borasidagi tadqiqotlar shu bilan to'xtab qolmadi. Axborot texnologiyalarining jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, endi bitta xonada yoki bir binoda joylashgan kompyuterlari emas, balki uzoq masofada, xatto boshqa-boshqa mamlakatlarda joylashgan kompyuterlarni o'zaro bog'lash imkoniyatini beruvchi mintaqaviy va global (xalqaro) tarmoqlarni vujudga keltirdi.

Mintaqaviy tarmoqlar bir mamlakat hududidagi foyda-lanuvchilarni birlashtiradi. Bunday tarmoqqa ulangan kompyuterlar orasidagi masofa bir necha yuz kilometrni tashkil etishi mumkin. Global tarmoqlar dunyoning turli mamlakatlaridagi foydalanuvchilarning o'zaro axborot almashishini ta'minlaydi.

Mintaqaviy va global tarmoqlarda kompyuterlarni alohida aloqa kabellari orqali ulash qimmatga tushadi. Shu sababli ularni modem yordamida telefon tarmoqlari orqali ulash yo'lga qo'yildi. Kompyuterda ma'lumotlar raqamli signallar ko'rinishida saqlanadi, telefon tarmog'i orqali esa analog signallari o'tadi. Kompyuterdan chiqayotgan signallar modem yordamida raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkaziladi va telefon tarmog'i orqali yuboriladi. Tarmoqning ikkinchi uchidagi kompyuterga ulangan modem analog signallarni raqamli signalga o'tkazadi va kompyuterga uzatadi.

Signalni raqamli ko'rinishdan analog ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma modulyator, analog ko'rinishdan raqamli ko'rinishga o'tkazuvchi qurilma demodulyator deb ataladi.



Download 28.34 Kb.
  1   2   3




Download 28.34 Kb.