|
Timusdagi t-limfositlarning yetilish jarayoni
|
Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 1,64 Mb. | | #244871 |
Bog'liq Timusdagi T-limfositlarning yetilish jarayoni (antigenga bog’liq bo’lmagan Timusdagi T-limfositlarning yetilish jarayoni (antigenga bog’liq bo’lmagan immunogenez) Reja - Limfosit va uning turlari
- T-limfositlar turlari va harakati
- T-limfositlarining vazifasi
- Limfositlar miqdorining o’zgarishi
Limfositlar - Limfotsitlar umurtqali hayvonlarning immun tizimidagi oq qon hujayralari (leykotsitlar) turidir.[1] Ular ayrisimon bez, limfa tugunlari, taloq va koʻmikda ishlanib chiqadi. Limfotsitlar kichik (4,5—6,5 mkm), oʻrta va yirik diametrli (10—18 mkm) xillarga boʻlinadi. Limfotsitlar amyobasimon harakat-lanish, shuningdek, monotsitlar, makrafaglar, fibroblastlar (fagotsitoz qiladigan yirik hujayralar) va boshqalarga aylanish xususiyatiga ega; u himoya vazifasini bajaradi; antitelolar hosil boʻlishida (plazmatik hujayralarga aylanib) ishtirok etadi, boshqa hujayralarga oziq moddalar yetkazib beradi va h.k. Qonda limfotsitlar sonining kamayishi limfotsitopeniya, koʻpayishi esa limfotsitoz deyiladi.[2]
Inson limfotsitlari elektron mikroskopda ko’rinishi Limfosit turlari - B-limfositlar – suyak iligida ishlanadi va ammo keyingi tafovutlanishi ichak, chuvalchangsimon oʻsimta, tanglay va halqum limfoid toʻqimasida kechadi. Qushlarda bu limfotsitlar fabritsiy xaltasi (bursa)da rivojlangani sababli B nomini olgan.[7] Ular limfotsitlarning 20-30% qismini tashkil qiladi. B limfotsitlarning asosiy funksiyasi antitelolar hosil qilish orqali gumoral immunitet yaratishdir
- -limfositlar suyakda sintezlangandan keyin, timusda qayta ishlanadi va hujayraviy immunitetni hosil qiladi.[7] Ular barcha limfotsitlarning 40-70% qismini tashkil qiladi. T limfotsitlar hujayra immuniteti reaksiyalarini bevosita amalga oshiradi. Ular yot hujayralar, jumladan oʻsma hujayralari, yot transplantat hujayralar va mutant hujayralarni fagositoz orqali yemirilib genetik gomeostazni amalga oshira
T-limfositlarning turlari - T limfotsitlar limfokinlar nomli immunitet mediatorini ishlab chiqaradi va immun xotira vazifasini bajaradi. T limfotsitlar ham bir necha turlarga boʻlinadi: T killerlar – yot hujayralarga (antigenlarga) xujum qilib ularni yemiradi yaʼni hujayra immuniteti reaksiyasini amalga oshiradi. T xelperlar (yordamchilar) hujayra va gumoral immunitetning sodir boʻlishini yengillashtiradi. T supressorlar B limfotsitlarning xaddan ortiq reaksiyalarini blokada qilib, boʻgʻib qoʻyadi. Limfotsitlarning yana bir turi – xotira hujayralarining vazifasi antigenni eslab qolish va ikkinchi marta organizmda paydo boʻlsa, ishonchli mudofaani taʼminlashdan iborat.
- T-limfositlar hujayra vositachiligi immunitetni shakllantiradi. T- limfositlar asosan virusli infeksiyalarga va oʻsma hujayralariga qarshi ta’sir koʻrsatadi. T-limfositlarning ta’sir mexanizmi quyidagi jarayonlar bilan ta’minlanadi:
- Hujayraviy immunitet reaksiyalari va yuqori sezuvchanlik reaksiyalari. Hujayraviy immunitet reaksiyalari T-killerlarning CD3+ va CD8+ vositalari bilan, yuqori sezuvchanlik reaksiyalari esa CD4+ vositasi bilan amalga oshiriladi;[7]
- Immunoregulyatsiya funksiyasi T-limfositlarning CD4+ vositasi bilan va B hujayralar bilan, shuningdek, gemopoetik blast hujayralarga ta’sir koʻrsatish orqali amalga oshiriladi
Limfositlar harakati - Suyak iligida va timusda qayta ishlangan T va B limfositlar periferik qonga chiqariladi. Ularning periferik qondagi miqdori 7:3 nisbatda boʻladi.[6] Periferik qondagi limfositlar bir necha soatdan soʻng periferik limfa tugunlari, limfoid folikulalar, hazm sistemasiga bogʻlangan limfoid toʻqimalar, taloq, nafas va ayirish sistemasiga bogʻliq boʻlgan limfoid folikulalarga oʻtadi va u yerdan yana periferik qonga chiqariladi. Limfoid toʻqimalarda jami limfositlarning 2%i boʻladi.[7] Limfositlar organizm ehtiyojiga koʻra limfoid folikulalarda toʻplanadi va yana qonga chiqarib turiladi. Shu zaylda ular bir necha oy va yillab yashashi mumkin.
Limfositoz Limfosit absolyut miqdorining ortishi (>4000/mm3).
Fiziologik sabablar:
Chaqaloqlarda va yosh bolalarda, limfotsitlar differensial miqdori ortadi (absolyut koʻrsatkichi emas!)
Ayollarda hayz vaqtida
Patologik sabablar:
Sil, gepatitlar va koʻkyoʻtal kabi surunkali infeksiyalarda
suvchechak kabi virusli infeksiyalarda
triotoksikoz kabi autoimmun kasalliklarda
yuqumli mononukleoz va limfatik leykemiya
|
| |