• Real vaqt tizimlari fanidan MUSTAQIL ISHI Mavzu; Real vaqt tizimlarini modellashtirish va tekshirish Tekshirdi; Mirsaidov B.M
  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




    Download 19,01 Kb.
    Sana25.05.2024
    Hajmi19,01 Kb.
    #253647
    Bog'liq
    Farid Jurayev 1
    Asadbek Sulaymonqulov kurs ishi, Konstitutsiya 15ta, Jurayev Farid2


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    SAMARQAND FILIALI

    Kompyuter injiniringi fakulteti KIS101-19 - guruh talabasining
    Real vaqt tizimlari fanidan
    MUSTAQIL ISHI


    Mavzu; Real vaqt tizimlarini modellashtirish va tekshirish
    Tekshirdi; Mirsaidov B.M


    Bajardi; Jurayev Farid


    Mavzu; Real vaqt tizimlarini modellashtirish va tekshirish


    Reja;

    1 Real modellashtirish.


    2 Kombinatsiyalangan modellashtirish.
    3 Imitatsion modellashtirish.
    4 Analitik modelni tadqiqot usullari.
    5 Matematik modellashtirish.
    6 Tilli modellashtirish.

    1. Real modellashtirishda yoki real obyektda butunlayin, yoki uning qismida turli xarakteristikalarni tadqiq qilish imkonidan foydalaniladi. Bunday tadqiqotlar nafaqat normal rejimlarda ishlayotgan obyektlarda o‘tkazilishi mumkin, balki tadqiqotchini qiziqtirayotgan xarakteristikalami baholash uchun maxsus rejimlarni tashkillashtirishda (o‘zgaruvchilar va parametrlaming boshqa qiymatlarida, vaqtning boshqa masshtabida va h.k.) ham amalga oshirilishi mumkin. Real modellashtirish eng monand bo‘lgan modellashtirish hisoblanadi, lekin real obyektlaming xossalarini hisobga olganda uning imkoniyatlari chegaralangan bo‘Iib qoladi. Masalan, korxonaning ABT (Avtomatik boshqarish tizimlari) ni real modellashtirish uchun, birinchidan, shunday ABTni yaratish, ikkinchidan esa, boshqariladigan obyektda tajribalar o‘tkazish, ya’ni butun korxonada tajribalar o‘tkazish talab qilinadi, lekin ko‘p hollarda buning imkoni yo‘q. Real modellashtirishning turli xilliligini ko‘rib chiqamiz. Modellashtirishda kibemetik modellashtirish o‘ziga xos o‘ringa ega. Kibernetik modellashtirishda modellarda kechayotgan fizik jarayonlaming obyektda bo‘lib o‘tayotgan jarayonlarga bevosita o‘xshashligi bo‘lmaydi. Bu holda qandaydir funksiyani aks ettirishga intilinadi va real obyekt «qora quti» sifatida qaraladi, unda qator kirishlar va chiqishlar bo‘lib, ular orasidagi ba’zi bir aloqalar modellashtirishtiriladi. Kibemetik modellardan foydalanganda ko'pincha tashqi muhitning ta’sirlaridagi obyektning xulq taraflari tahlil qilinadi. Shunday qilib, kibimetik modellar asosida boshqarishning ba’zi bir axborot jarayonlarini aks ettirish yotadi, bu- real obyektning xulqini baholashga imkon beradi. Bu holda imitatsion modelni qurish uchun real obyektning tadqiq qilinayotgan funksiyasini ajratish kerak, bu funksiyani kirishlar va chiqishlar orasidagi ayrim aloqa operatorlari ko‘rinishida, mutlaq boshqa matematik bogTanishlar bazasida hamda tabiiy, jarayonning boshqa holatlarda fizikaviy amalga oshiriladi.

    2. Kombinatsiyalangan modellashtirish (tahliliy-imitatsion) tizimlarning tahlili va sintezida tahliliy va imitatsion modellashtirishning lazilatlarini birlashtirishga imkon beradi. Kombinatsiyalangan modellarni qurishda obyektning ishlash jarayonini tashkil etuvchi nimjarayon uchun dastlabki dekompozitsiya o‘tkaziladi va ular uchun imkon bo‘lganda tahliliy modellar ishlatiladi, qolgan nimjarayonlar uchun esa imitatsion modellar quriladi. Bunday kombinat- 'uyalangan yondashuvda faqat tahliliy va imitatsion modellashlirishdaii alohida foydalanish imkoni bo‘lmaganda tizimlaming silalli yangi sinflarini qamrab olishga imkon beradi

    3. Imitatsion modellashtirishda S tizimning vaqt bo‘yicha ishlash jarayonini amalga oshiruvchi modelning algoritmi qayta ishlab chiqiladi va shu bilan birga elementar hodisalar imitatsiyalanadi. Ularning vaqt bo'yicha yuz berishi hamda mantiqiy strukturalarini saqlagan holda tizim xarakteristikalarini baholash imkonini beruvchi, vaqtning ma'lum momentlaridagi jarayonning holati haqidagi boshlang‘ich maMumotlami olish imkonini beradi. Tahliliy modellashtirishga nisbatan imitatsion modellashtirishning asosiy afzalligi murakkabroq masalalami yechish imkoni hisoblanadi. Imitatsion modellar diskret va uzluksiz elemenlarning mavjudligi, tizim elementlarining egri chiziqli xarakteristikalari, ko‘plab tasodifiy ta'sirlar va boshqa tahliliy tadqiqotlarda qiyinchiliklarni tez-tez paydo qiladigan omillarni hisobga olish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda imitatsion modellar - katta tizimlami tadqiq qilishda eng samarali bo‘lib, ba'zida tizimning xulqi haqida, ayniqsa, uni loyihalash bosqichida axborot olishni yagona amaliy ommabop usuli hisoblanadi. S tizimni ishlash jarayonini imtatsion modelda qayta ishlab chiqarish natijasida olingan natijalar, tasodifiy qiymatlar va funksiyalarning amalga oshirishlari boTganda, jarayon xarakteristikalarini olish uchun uni ko‘p karra qayta ishlab chiqish talab qilinadi. Keyin axborot statistik qayta ishlanadi va imitatsion modelning mashinali amalga oshirish usuli sifatida statistik modellashtirish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Avval statistik sinovlar usuli ishlab chiqiladi va u o‘zi tasodifiy qiymatlar va funksiyalarni modellash uchun qoTlaniladigan sonli usulni ifodalaydi hamda ulaming ehtimollik xarakteristikalari tahliliy masalalar yechimiari bilan mos tushadi (bunday protsedura Monte - Karlo usuli deb ataladi). Shundan keyin bu usuldan tasodifiy ta'sirlarga duchor boTgan tizimlarning ishlash jarayonlari xarakteristikalarini tadqiq qilish maqsadida mashinali imitatsiya uchun foydalana boshlashdi, ya’ni statistik modellashtirish usuli paydo bo‘ldi. Shunday qilib, statistik modellashtirish usulini keyingi bosqichlarda imitatsion modelning mashinali amalga oshirish usuli deb, statistik sinovlar usuli (Monte - Karlo) ni esa tahliliy masalani yechishning sonli usuli deb ataymiz. Imitatsion modellashtirish usuli tizim strukturasining variantlarini, tizimni boshqarish turli algoritmlar samarasini, tizimning turli parametrlarini o‘zgarishining ta’sirini baholash masalalarini inobatga olib, S katta tizimlar tahlili masalalarini yechishga imkon beradi. Samaradorlikni baholashning ba’zi mezonlari bo‘yicha optimal boigan maium chegaralanishlarda berilgan xarakteristikalari bilan tizimni yaratish talab qilinganda imitatsion modellashtirish katta tizimlarning strukturaviy, algoritmik va parametrik sintezi asosida qo‘yilishi mumkin. Imitatsion modellar asosida tizimlaming mashinali sintezi masalalarini yechishda, qayd qilingan tizimning tahlili uchun modellashtirish algoritmlarini ishlab chiqishdan tashqari, tizimning optimal variantini qidirish algoritmini ham ishlab chiqish kerak. Mashinali modellashtirish uslubiyatini asosiy mazmuni berilgan modellashtirish algoritmlari bilan tizimlarning tahlili va sintezi masalalariga mos keluvchi ikkita asosiy bo‘limga ajratamiz: statika va dinamika.

    4. Analitik model quyidagi usullar bilan tadqiq qilinishi mumkin: a) analitik, bu usul izlanayotgan xarakteristikalar uchun umumiy ko‘rinishda aniq bog‘liqliklami olish kerak bo‘lganda qo‘llaniladi; b) sonli, bu usul umumiy ko‘rinishda tenglamalarni yechishni bilmasdan, aniq bosh!ang‘ich maMumotlarda sonli natijalami olish kerak bo‘lganda qo'llaniladi; d) sifatli, bu usul aniq ko‘rinishda yechimni olmasdan, yechimning ba'zi xossalarini topish mumkin (masalan, yechimning turg‘unligini baholash) bo‘lganda qo‘llaniladi. Agar S sistemaning izlanayotgan xarakteristikalari boshlang‘ich sharoitlari, parametrlari va o'zgaruvchanlarini bog‘layotgan aniq ifodalar ma’lum bo‘lsa, tizimning ishlash jarayonini eng to‘liq tadqiqotini o‘tkazish mumkin. Lekin bunday bog'liqliklarni olish faqatgina oddiy tizimlar uchun muvaffaqiyatli bo‘ladi. Tizimlar murakkablashganda ularni analitik usul bilan tadqiqlash katta qiyinchiliklarga olib keladi va ba'zida bu qiyinchiliklarni yengib boTmaydi. Shuning uchun, analitik usuldan foydalanishni istaganda tizimning loaqal umumiy xususiyatlarini o‘rganish uchun biriamchi model ancha soddalashtiriladi. Sonli usul analitik usulga nisbatan tizimlarning kengroq sinfini tadqiq qilishga imkon beradi, lekin bunda, olingan yechimlar xususiy xarakterga ega boTib, SHK (shaxsiy kompyuter) dan foydalanganda sonli usul g‘oyat samaralidir. Ba’zi bir hollarda tizim tadqiqotchisini matematik modelning sifatli usuli tahlilidan foydalanib olingan xulosalar qanoatlantirishi mumkin. Bunday sifatli usullar, masalan, boshqarish tizimlarning turli variantlarini samarasini baholash uchun avtomatik boshqarish nazariyasida keng qoTlaniladi. Hozirgi vaqtda katta tizimlaming ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilishda mashinali amalga oshirish usullari keng tarqalgan. EHM da matematik modelni amalga oshirish uchun unga muvofiq modellashtirish algoritmni qurish kerak.

    5. Matematik modellashtirish deganda - berilgan real obyektning ba’zi bir matematik obyektga muvofiqligini belgilash jarayoni 'tushuniladi. Bu matematik obyekt matematik model deb ataladi va bu modelni tadqiq qilish o‘rganilayotgan real obyekt xarakteristikalarini olish imkonini beradi. Matematik modelning turi nafaqat rea! obyekt tabiatiga bog‘liq, balki obyektni tadqiq masalalariga va talab qilinadigan ishonchlilik hamda masalani yechish aniqligiga bog‘liq. Har qanday matematik model, boshqalarga o‘xshab, haqiqatga yaqinlashishning ba’zi darajasi bilan real obyektni tavsiflaydi. Sistemalar ishlash jarayoni xarakteristikalarini tadqiq qilish uchun matematik modellashtirishni analitik, imitatsion va kombinatsionlarga bo‘lish mumkin. Analitik modellashtirish uchun shu narsa xarakterliki, tizim elementlarini ishlash jarayonlari qandaydir fiinksional munosabatlar (algebraik, integro - differensial, chekli - ayirmali va sh.o\) yoki mantiqiy shartlar ko'rinishida yoziladi.

    6. Tilli modellashtirish asosida qandaydir tezaurus (bir tilning mukammal lug‘ati) yotadi. U kiruvchi tushunchalar ta‘plamidan tashkil topadi, uning ustiga bu to‘plam fiksatsiyalangan bo'lishi kerak. Shuni qayd etish kerakki, tezaurus va oddiy lug‘at orasida prinsipial farqlar bor. Tezaurus - lug‘at, bir xil bo‘lmaganlikdan tozalangan, ya’ni unda har bir so‘zga yagona tushuncha muvofiq bo‘lishi kerak, garchi oddiy lug‘atda bir so‘zga bir nechta tushunchalar muvofiq boflishi mumkin. Belgili modellashtirish rea! obyektni o‘rnini bosadigan va uning munosabatlarini asosiy xossalarini ma’lum alomatlar va belgilarning tizimi yordamida ifoda etadigan mantiqiy obyektni yaratishning sun’iy jarayonidir. Ixtiyoriy S tizimlaming faoliyat ko‘rsatish jarayoni xarakteristikasini tadqiq qilish uchun ushbu jarayonni formallashtirish kerak, ya’ni uning matematik modelini tuzish kerak.

    Download 19,01 Kb.




    Download 19,01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

    Download 19,01 Kb.