1
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
JAHON SIYOSATI, TARIXI VA FALSAFASI FAKULTETI
I bosqich Jahon siyosati yo`nalishi
Ingliz-Turk guruhi
REFERAT
MAVZU: JAHON TRANSPORTI GEOGRAFIYASI
Bajardi:
Mirzaaliyev Anvarjon
Qabul qildi:Rizayeva Kamola
3
1. Kirish
Transport jahon moddiy ishlab chiqarish tarmoqlarining
uchinchi muhim
tarmog`idir. U sanoat va qishloq xo`jaligi tarmoqlaridan
farqli ravishda biron-bir
xil
mahsulot ishlab chiqarmasa-da, ishlab chiqarishning
rivojlanishida juda katta
o`rin tutadi.
Tez rivojlanib borayotgan jahon transporti murakkab va o`ziga xos tarmoqlar
tizimini tashkil qiladi. Ular quruqlik (temiryo`l, avtomobil va quvur), suv (dengiz
va daryo) hamda havo transporti tarmoqlariga bo`linadi.
Transport mehnatni geografik taqsimotining asosi bo„lib hisoblanadi.
Tashishlarning hajmi va tuzilmasi iqtisodiyotni darajasi va tuzilmasini, transport
tizimining geografiyasi esa - ishlab chiqarish kuchlarini joylashuvini aks ettiradi.
Transport mavjud bo„lmagan
taqdirda, tovarlarni ishlab
chiqarish va ularning
iste‟moli o„rtasidagi hududiy uzilishni bartaraf etishni imkoni bo„lmas edi.
NTR transportning alohida turlari o„rtasidagi “mehnat taqsimoti”ga ta‟sir
ko„rsatdi: agarda yo„lovchilar aylanmasida avtomobil
trasnporti yetakchilik
qilsa, jahon yuk aylanmasida esa - dengiz transporti ustundir.