• «PLASTMASSALARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI» fanidan
  • KIRISH
  • LABORATORIYA ISHI
  • Toshkent kimyo-texnologiya




    Download 0.54 Mb.
    bet1/5
    Sana25.05.2023
    Hajmi0.54 Mb.
    #64657
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    plastmassalarni qayta ishlash texnologiyasi
    расм керамика, 6433775, 1832483, 11, Texnalogiya fanidan modul

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


    TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI

    YOqilg'i ishlab chiqarish va organik birikmalar texnologiyasi fakulteti


    YUqori molekulali birikmalar va plastmassalar texnologiyasi kafedrasi


    «PLASTMASSALARNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI» fanidan


    amaliy mashg'ulotlar bajarish uchun


    USLUBIY QO‘LLANMA


    Toshkent — 20 y

    Uslubiy qo’llanma «Yuqori molekulali birikmalar va plastmassalar
    texnologiyasi» kafedrasining 20 yil “_ dagi sonli majlisida
    ko’rib chiqilib,fakultet Ilmiy-uslubiy Kengashida ko’rib chiqish uchun tavsiya etilgan.
    Uslubiy qo’llanma “YOICHOBT” fakulteti Ilmiy-uslubiy Kengashining 20 yil” dagi _- sonly majlisida va Institut Uslubiy Kengashida 20 yil” dagi _- sonly majlisida tasdiqlangan.
    Tuzuvchilar: "YUqori molekulali birikmalar va plastmassalar
    kimyoviy texnologiyasi" kafedrasi t.f.d.,prof. Abdurashidov T.R., t.f.n., dots. Nizamov T.A.,

    Taqrizchi: TDTU qoshidagi “Fan va taraqqiyot ilmiy-tadqiqot markazi" t.f.n. dots. Salimsakov Y.A.


    KIRISH


    Polimerlar va ular asosidagi plastmassalardan olinadigan buyumlar turmushda va texnikada tobora ko‘proq foydalanilmoqda. Olingan buyumlarni ekspluatatsion xossalari plastmassa tarkibiga bog'liq bo‘lib, qayta ishlash jarayonida xar xil strukturalar xosil qilish tufayli uni kerakli tomonga o‘zgartirish mumkin.
    Ushbu uslubiy qo‘llanma magistr talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, magistrlarga plastmassalardan buyum ishlab chiqarishda kerakli bo‘lgan xossalarni yaratish xulosalarini berish uchun tavsiya etilmoqda.
    1. LABORATORIYA ISHI




    POLIMER MATERIALLARNI GRANULALASH.

    Bu ishdan maqsad: amaliyotda polimer materiallarini qanday tayyorlash va ular tarkibiga nimalar kirishini va ularni rolini aniqlash.


    Uskuna: laboratoriya ekstruderi va vertikal quyish mashinasi.
    Material: zichligi turlicha bo‘lgan polietilen (past zichlikli, yukori zich likli), to‘ldiruvchilar vollastanit, karbonat kalsiy va boshqalar.
    Polimer materialni granulalash laboratoriya ekstruderida olib boriladi. Granulalash xarorati olingan polietilen markasiga bog'liq bo‘lib uni maxsus ma’lumotnomadan olinadi.Granulalash jarayonida polimerga qo‘shiladigan to‘ldiruvchi va boshqalarni isitish orqali (polimerni oquvchan xolatga o‘tkazish) gomogen vazni xosil qilish, ya’ni qo‘shimchalarni bir tekisda taqsimlanishiga erishish maqsadga muvofiq. Olingan granuladan vertikal quyish mashinasi yordamida kurakcha va brusok olinib uning fizik–mexanik xossalari aniqlanadi. To‘ldiruvchini ulushini xar xil bo‘lishini oldindan belgilab olinadi.



    Polimer

    Kompozitsiya tarkibi
    Vollastanit ,%

    Kompozitsiya tarkibi
    Kalsiy karbonat,%

    Past zichlikli polietilen

    -

    -

    Past zichlikli polietilen

    10

    10

    Past zichlikli polietilen

    20

    20

    Past zichlikli polietilen

    30

    30

    YUqori zichlikli polietilen

    -

    -

    YUqori zichlikli polietilen

    10

    10

    YUqori zichlikli polietilen

    20

    20

    YUqori zichlikli polietilen

    30

    30

    Vazifa: polimer materialni fizik- mexanik va issiqlik fizik xossalarini aniqlash:
    1) issiqlikka chidamlikni Vika usuli bo‘yicha aniqlash, 2) cho‘zilishga sinash, 3) siqilishga sinash va boshqa ko‘rsatkichlarini aniqlash.
    ADABIYOTLAR:

    1. «Pererabotka plastmass» Spravochnoe posobie L. “Ximiya” 1985; 8 -40 str.

    2. Y.M. Maxsudov «Polimer materiallarni sinashga oid praktikum» T.

    «O‘qituvchi» 1984 yil 43 - 78 va 79 - 99 betlar.

    1. Download 0.54 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.54 Mb.