|
Toshkent moliya instituti andijon fakulteti
|
bet | 1/7 | Sana | 31.10.2023 | Hajmi | 113.61 Kb. | | #91405 | Turi | Referat |
Bog'liq byudjet Axborot xavfsizligi, 9497, 4-Testlar (1), Fizika 10-sinf, Elektr quvvati va energiyani oʻlchash, Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova[1], botanika, CamScanner 2023-12-10 16.39, Axborot xavfsizligi yo‘nalishi, Doc1, Ma ruza№6, Muhandislik geodеziyasi Maruza matni, Kadastr xizmatidagi geodezik ishlar, ТОШКЕНТ ШАХРИ
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI
“Soliqlar va soliqqa tortish” yo’nalishi
2 bosqich ASSST-20-72 talabasi
Ahmadjonov Nuriddinning
“Byudjet tizimi” fanidan tayyorlagan mustqil ish
REFERATI
Bajardi: N.Ahmadjonov
Tekshirdi: A.To’ychiyev
Oltinko’l – 2023-y.
Byudjet tizimining qonunchilik asoslari
Reja
Kirish
Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi byudjet kodeksining mazmuni va ahmiyati.
Soliq kodeksi,uning davlat byudjetini shakllantirishdagi o’rni.
Mahalliy byudjetlarni boshqarishdagi mahalliy organlarni huquq va majburiyati.
Xulosa
Adabiyotlar
KIRISH
Mustaqil O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi hamda tashqi iqtisodiy munosabatlarning mamlakat iqtisodiyotiga ta‘siri davlat moliyasini boshqarishning mazmuni va sifatiga butunlay yangicha talablarni qo’ymoqda. O’z navbatida, davlat iqtisodiy tizimining holatini belgilab berishda davlat moliyasi muhim o’rin egallaydi. Dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga qo’ygan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining bir qator mamlakatlar iqtisodiyotiga salbiy ta‘siri byudjet-soliq siyosatining imkoniyatlariga kompleks baho berish, barcha turdagi resurslardan samarali foydalanish va o’rta muddatli kelajakda ularning samaradorligiga erishish maqsadida davlat byudjetining imkoniyatlaridan to’g’ri foydalanish, uning iqtisodiyot taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan, oshkoralik, barqarorlik va unumdorlik tamoyillariga asoslangan, xalqaro amaliyotning eng sara andozalariga mos keladigan ishonchli usullarini ishlab chiqish va ulardan maqsadli foydalanish vazifalarini hal qilishni talab etadi.
Davlatning qator ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini o’z vaqtida va to’liq bajarish ma‘lum moliyaviy asosni talab etadi, ushbu asosning markaziy bo’g’inini davlat byudjeti tashkil etadi. Bu borada byudjet islohotlari doirasida amalga oshirilayotgan qator chora-tadbirlar, xususan, byudjet qonunchiligini takomillashtirish doirasida yangi tahrirdagi Soliq Kodeksining va mutlaqo yangi Byudjet Kodeksining qabul qilinishi, davlat byudjeti gazna ijrosi mexanizmlarining bosqichma-bosqich byudjet amaliyotiga tatbiq etilishi, davlat xaridi tizimining tashkil etilishi va byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanishni ta‘minlaydigan samarali mexanizmlarining ishlab chiqilishi, byudjetni o’rta muddatli rejalashtirish va byudjet mablag‗larini maqsadli sarflashda natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish elementlarining joriy qilinayotganligi kabilar 8 davlat byudjetining mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida muhim o’rin egallab turganligidan dalolat beradi. Shu sababli davlat moliyasi nazariyasi va amaliyoti to’g’risidagi ilmiy tadqiqotlar bugungi kunda har qachongidan ham ko’proq dolzarblik kasb etmoqda va ilmiy doiralarda qizg’in munozaralarning mavzusiga aylanib bormoqda.
|
| |