• Qabul qildi:___________________ TOSHKENT 2023 Mavzu: Xalqaro biznesda kadrlar siyosati REJA
  • Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarida rahbarlarni tayinlash strategiyasi va xodimlarni chet elda ishlashga tayyorlash
  • Toshkent moliya instituti menejment fakulteti




    Download 125.93 Kb.
    bet1/4
    Sana21.05.2023
    Hajmi125.93 Kb.
    #62745
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Xalqaro biznesda kadrlar siyosati
    Baxtiyor.uz-Dekabr-fan-oyligi-rejasi-2, TIF-7-Temir yo\'l izi va texnik xizmat ko\'rsatish , 1-sinf Matematika Burchak va uning turlari mavzuda ochiq dars ishlanmasi

    OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

    MENEJMENT FAKULTETI
    CM-81GURUH TALABASINING

    Mustaqil ishi
    MENEJMENT FANIDAN TAYYORLAGAN


    Mavzu: Xalqaro biznesda kadrlar siyosati
    Bajardi: Nematov Nuriddin
    Qabul qildi:___________________
    TOSHKENT 2023
    Mavzu: Xalqaro biznesda kadrlar siyosati
    REJA:

      1. Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari

      2. Qabul qiluvchi mamlakatda mahalliy xodimlarni xalqaro kompaniya menejment uslubiga o’qitish usullari

      3. Xalqaro kompaniyalarning xorijiy filiallarida rahbarlarni tayinlash strategiyasi va xodimlarni chet elda ishlashga tayyorlash



    1. Xalqaro jamoani boshqarish xususiyatlari

    Xalqaro menejer odatda bosh kompaniya joylashgan mamlakatda o’z darajasidagi rahbardan ko’ra kengroq doiradagi majburiyatlarni bajaradi. Eng avvalo u qabul qiluvchi mamlakat sharoitlarida faoliyat ko’rsatishga moslashishi hamda o’z korporatsiyasi aktivlarini yo’qotish imkoniyatini bartaraf qilish uchun, shuningdek qabul qiluvchi mamlakat hukumati yoki raqobatchilar xatti-harakatlari sababli bozordagi o’z ulushining qisqarishiga qarshi choralar ko’rishi kerak.
    Bundan tashqari, u yuqori martabali hukumat a’zolari bilan muloqotlar olib boradi va demak, siyosatchilar va diplomatlarga zarur bo’lgan qobiliyatlarga ega bo’lishi kerak.
    U o’z xorijiy faoliyati va xususan qaror qabul qilish jarayonida ikkita asosiy savolga: 1) Kim bilan ish olib borayapman? 2) O’z xorijiy sherigimdan nima kutishim mumkin? degan savollarga javob topish uchun chet ellik sheriklar to’g’risida to’la axborotga ega bo’lishi zarur. Bunda sheriklar bilan to’g’ridan-to’g’ri vositachilarsiz ishbilarmonlik munosabatlari o’rnatishga harakat qilishi lozim. Shu bilan birga sheriklar, raqobatchilar va istemolchilarni ularning millatidan qat’iy nazar jiddiy o’rganish va ular bilan muloqot qilishda ularning balki boshqa madaniyat an’analarida tarbiya topganligini nazarda tutishi kerak bo’ladi.
    Xalqaro menejer vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishni ta’minlovchi qobiliyatlarga quyidagilar kiradi:

    • xorijiy davlat sharoitlariga tez moslasha olish;

    • xalqaro tafovutlarni e’tiborga olib fikrlay olish va ish manfaati yo’lida ularni yengish;

    • yaratuvchan tashabbus;

    • oldindan ko’zlangan reja bo’yicha harakat qilish;

    • chet ellik sheriklar bilan muloqotda egiluvchanlik va kompaniya manfaatlarini himoya qilishda qat’iyat;

    • sof vijdonlilik;
    • qabul qilinuvchi qarorlarning to’g’riligi;



    • kutilmagan vaziyatlarga hozirlik;

    • berilgan imkoniyatlardan eng yaxshi variantini tanlash imkoniyati;

    • tadbirkorlik;

    • hamkorlikka intilish;

    • uzoq muddatli loyihalarni amalga oshirishni istamaslikning yo’qligi;

    • maqsadga intiluvchanlik;

    • muloqotga oson kirishish;

    • chet tilini bilish;

    • jamoada ishlash va ishontira olish;

    • chet elliklarning urf-odatlari va madaniyatiga sabrli bo’lish;

    • ruhiyat mustahkamligi;

    • yaxshi umumiy salomatlik;

    • oilada yaxshi munosabatlar;

    • fikrni tez jamlay olish va harakatlarga tayyor bo’lish;

    • ierarxik tuzilma, ya’ni har bir bo’ysunuvchi bitta rahbarga ega tuzilma o’rniga keluvchi matritsali boshqaruv tizimi sharoitlarida ishlay olish;

    • chet elda ishlash istagi.

    Global menejerga xalqaro iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirish ikkita asosiy omillar: 1) tashqi iqtisodiy aloqalarning ob’ektiv zaruriyati; 2) turli mamlakatlardan sheriklar uchun bu aloqalarning o’zaro manfaatdorligi va iqtisodiy samarasi bilan aniqlanishini bilish muhim.
    Bunda barcha vaziyatlarda sheriklar o’rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik prinsipiga asoslanishi kerak.
    Chet elda jamoa boshqarishda menejer uchun korxona faoliyatiga mahalliy xodimlarning malakasi va uzoq muddatli strategiyani hisobga olgan holda firmaning eng ratsional tuzilmasini faoliyat yuritish tizimi, mehnat uslubi, shtat jadvalini tatbiq qilish navbatini aniqlab olish muhim.
    Global menejer qabul qiluvchi mamlakatlarda inson resurslarini boshqarishda quyidagi farqlarga duch keladi:
    1) Mehnat bozorlaridagi sifat tafovuti – rivojlanayotgan mamlakatlarda past malakali ishchilar va indrustrial mamlakatlarda yuqori malakali xodimlar mavjud. Yuqori darajadagi ishsizlikka ega qabul qiluvchi mamlakatda xalqaro kompaniyaning xorijiy filiali shtatini butlash odatda osonroq.
    2) Ishchi kuchi ko’chishining muammolari - huquqiy, iqtisodiy, jismoniy va madaniy to’siqlar.
    3) Boshqaruv usuli va amaliyoti – ishchilar va ma’muriyat o’rtasida o’zaro munosabatlarning ijtimoiy me’yorlari. Irqi, jinsi, dini, kelib chiqishiga qarab kamsitilishiga yo’l qo’yib bo’lmaslik. Shu bilan bir vaqtda qabul qiluvchi mamlakatda joriy qilingan bajarilgan ish sifati va miqdoriga ko’ra haq to’lash va rag’batlantirish prinsiplarini hisobga olish maqsadga muvofiq.
    4) Baynalmilal yo’nalganlik, ya’ni tor milliy yo’nalishli personal tafakkurini global ko’lamda kompaniya faoliyati yuqori samaradorligiga erishishga qaratgan holda shakllantirish.
    5) Nazorat - qabul qiluvchi mamlakat hududiy yiroqligi va sharoitlar xususiyatlari bosh kompaniyaning xorijiy filial personalini nazorat qilishni qiyinlashtiradi.
    6) Kasaba soyuzlar bilan munosabatlar - barcha davlatlarda standartlarni unifikatsiyalash tendentsiyasi tobora yaqqol namoyon bo’lib borayotganligiga qaramay turli mamlakatlarda mehnat havfsizligi me’yorlari bir-biridan farq qiladi. TMK xorijiy filiallari bilan jamoaviy shartnomalar muhokamasida kasaba soyuzlar o’rni zaiflashgan, negaki TMK bo’ysunish mexanizmlarining murakkab tizimini, ishlab chiqarishning xalqaro diversifikatsiyasi va korxonalarni ish joylari bilan birga chet elga olib chiqish havfini qo’llaydi. Shu bilan bir vaqtda TMK korxonalarida mehnat sharoitlari mahalliy kasaba soyuzlar qoidalari nazarda tutgan darajadan ko’pincha yuqori bo’ladi. Turli mamlakatlarda inson resurslarini boshqarishning barcha tafovutlarida asosiy prinsipga - ishchi va xizmatchilar ongida kompaniyaning samarali faoliyatidan manfaatdorlikni tarbiyalashga rioya qilish zarur.


    Download 125.93 Kb.
      1   2   3   4




    Download 125.93 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti menejment fakulteti

    Download 125.93 Kb.