T/r ni mavzusi




Download 448.5 Kb.
bet1/2
Sana31.12.2019
Hajmi448.5 Kb.
#7077
  1   2

O‘QISH
I-chorak


T/R

NI mavzusi

Soat

Bilim

Ko’nikma

Malaka

Kompetensiya

1-NI 9-dars

“Biz vatanning ertasi” she’rini yoddan aytish

1













2-NI 21-dars

“Ajoyib bahs” matnini qayta hikoyalash

1













3-NI 28-dars

Notanish matnni o’qitish (o’qish texnikasi aniqlash)

1













4-NI 35-dars

Umumlashtiruvchi dars. Test-sinovi

1














1-NI

Mavzu: “Biz vatanning ertasi”

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: She’rni yoddan aytish

.

2- NI



Mavzu: “Ajoyib bahs” matni

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: Qayta hikoyalash
3-NI

Mavzu: Notanish matnni o’qitish

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: O’qish texnikasi aniqlash
4-NI

Mavzu: O’tilganlarni takrorlash.

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash..

Nazorat shakli: Test-sinov.

II chorak



5-NI

Mavzu: “ Barglar nеga sarg`ayadi” hikoyasini qayta hikoyalash.

Maqsad: O`quvchilarning og`zaki nutq malakalarini qayta hikoyalash.

Nazorat shakli: hikoya mazmunini qayta hikoyalash.



6-NI

Mavzu: Notanish matnni O`qish.

Maqsad: O`quvchilarning O`qish ko`nikmalarini nazorat qilish.

Nazorat shakli: O`qish tеxnikasi


7- NI

Mavzu: “ Laylak qor “ shе'ri

Maqsad: : O`quvchilarning ifodali O`qish ko`nikmalarini nazorat qilish.

Nazorat shakli: Shе'rni yoddan aytish



8-NI
Mavzu: “Vatan mеhr qo`rg`oni” Iskandar Rahmon she’ri

Maqsad: O`quvchilarning she’rni ifodali yoddan ayta olish malaka va ko`nikmalarini va kompetensiyalarini tekshirish.

Nazorat shakli: She’ni yoddan aytish

Nazorat qilinishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:

1. She’rni to’liq yoddan bilish

2.Urg’uni to’g’ri qo’ya bilish

3. Sherning ritmiga rioya qilish.

4.His-hayajon va ohangni to’g’ri qo’llash



9-NI
Mavzu: “Ta’zir” hikoyasini qayta hikoyalash

Maqsad: O`quvchilarning hikoyani qayta hikoya qila olish malaka va ko`nikmalarini va kompetensiyalarini tekshirish.

Nazorat shakli: Qayta hikoyalash

Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:

1. Matn mazmunini to’g’ri so’zlash.

2. Og’zaki nutqning ravonligi

3. Ifodali so’zlab berish

4. Adabiy tilda so’zlash



10-NI
Mavzu: Bahor keldi she’rini ifodali o`qish
Maqsad: O`quvchilarning she’rni ifodali o`qiy olish malaka va ko`nikmalarini va kompetensiyalarini tekshirish.

Nazorat shakli: She’ni ifodali o`qish

Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni :


  1. 2-sinfda o’qish texnikasining miqdoriy ko’rsatkichiga amal qilish

  2. Xatosiz, tushunib o’qish

  3. Ifodali, aniq va ravon o’qish

  4. Tinish belgilari, she’r mazmuni, o’brazlariga e’tibor qilib o’qish



11-NI
Mavzu: “Karim chumolining tilini bilarkan” hikoyasi asosida bayon yozish

Maqsad: O`quvchilarning fikrlarini yozma bayon qila olish malakalarini va kompetensiyalarini tekshirish.

Nazorat shakli: Bayon yozish

Reja:


1. Bolalar dalaga dalaga chiqdilar.

2. Karim gul tagidagi chumolilarni ko`rib qoldi.

3. Karim Nodiraga yomg`ir yog`adi dedi
12-NI

Mavzu: Tansihatlik tuman boylik

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: Matn mazmunini qayta hikoyalash

.
13- NI



Mavzu: Ertaklar - yaxshilikka yetaklar

O`quv materiali: Notanish matn

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: O’qish texnikasi
14-NI

Mavzu: Yershunos bo`laman she’ri

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: Yod aytish
15-NI

Mavzu: O’tilganlarni umumiy takrorlash.

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash..

Nazorat shakli: Test-sinov.

1. ”Tansihatlik tuman boylik” ertagidagi yigit nimadan noliydi?

J:___________________________________________________

2. ”Kenja o`g`il” ertagidagidagi chol o`g`illariga qanday topshiriq berdi?

J:____________________________________________________

3.”Eng yaxshi sovg`a” ertagida kenja qiz dadasiga nima sovg`a olib kelishini aytdi?

J:____________________________________________________

4. Amir Temurning hikmatli so`zlaridan yozing.

J:____________________________________________________

5. ”Minora va laylak” ertagida Minora Laylakka nima olib kelishini aytadi?

J:____________________________________________________

6. Masal nima?

J:____________________________________________________

7. Yoz keldi she’rining muallifini toping.

A) Qambar ota

B) Abdulla Oripov

C) Muhammad Yusuf

D) Zafar Diyor


8. “Mehmon... ulug’” jumlasini to’ldiring.

A) Ustozday

B) Otangday

C)Yurtingday

D)Hammasi tog’ri
9.. “Nodon do’stdan.... dushman yaxshi”. Nuqtalar o’rniga mos so’ztanlang.

A ) odobli

B) ziyrak

S)aqlli

D)kuchli
10. “Ajoyib bahs” matnida o‘rmon daraxtlari nimadan yordam so‘raydi?

A) quyoshda

B) tuproqdan

S) tog`dan

D) daryodan

ONA TILI
I –chorak


T/r

NI mavzusi

Soat

Bilim

Ko’nikma

Malaka

Kompetensiya

1-NI


Unli tovushlar va harflar


1

– Tovush va harfning belgilarini;

– Unli tovushlar va harflarning miqdori, xususiyatini;

– Unli tovushlarning so`z tarkibidagi talaffuzini.


– Tovushdan harfni farqlash;

– Unli tovushlarni undosh tovushlardan farqlash;

– So`z tarkibida unli tovushlarning aytilishi va yozilishini farqlash;

–Unli tovushlarni yozuvda imloviy to`g`ri yozish.




– Harflarni so`z tarkibida grafik to`g`ri shakllantirish;

– Gapning birinchi so`zini bosh harf bilan yozish;

– Gapning oxiriga tinish belgisini to’g’ri qo’yish;

– So’zlarni satrdan satrga bo’g’inlab to’g’ri ko’chirish.



Olingan nazariy bilimlar qo’llana di.O’zaro o’rtoqlik,ahillik shakllantiriladi.Ukaga g’amxo’r lik singdiriladi.

2-NI


Harf birikmasi


1

– Harf birikmasini va uning miqdorini bilish.

– Harfdan harf birikmasini farqlash;

-Harf birikmali so`zlarni to`g`ri yozish;

- Harf birikmali so`zlarni satrdan satrga bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish;




– Tovushdan harfni farqlash;

unli tovushlarni undosh tovushlardan farqlash;

– So`z tarkibida unli tovushlarning aytilishi va yozilishini farqlash;

– Unli tovushlarni yozuvda imloviy to`g`ri yozish.




– Gapning 1-so`zini va atab qo`yilgan nomlarni bosh harf bilan yozish.

– Harf birikmalarini to’g’ri yozish.

– So`zlarni imloviy to’g’ri yozish;

– Tinish belgilarini to’g’ri qo’yish;

– Matnni husnixat bilan yozish.


Olgan nazariy bilimlarni amalda qo’llagan holda diktant matni mazmunidan hamjihatlik, bilimlarga intilish tuyg’ulari singdiriladi.

3-NI


Tutuq belgisi

1

– Tutuq belgisining vazifalarini;

– Tutuq belgili so`zlar talaffuzini va imlosini.




– Tutuq belgisini harf va harf birikmasidan farqlash;

– Tutuq belgili so`zlarni to`g`ri talaffuz qilish;

– Tutuq belgili so`zlarni imloviy to`g`ri yozish.


– Tutuq belgili so`zlarni grafik to`g`ri shakllaytirish;

– Lug`at diktantda birinchi so`zni bosh harf bilan yozish va so`zlar orasiga vergul, oxiriga nuqta qo`yish.




Olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llaydi. Tutuq belgisini husnixat qoidalari asosida qo’ygan holda, matn mazmunidan hayvonlarga muhabbat tarbiyalanadi.

4-NI

Tovushlar va harflar

1

Tovushlarning yozuvda harflar bilan belgilanishini ;

O’zbek tilida 23 ta undosh harf borligini;

O’zbek tilida 6ta unli harf borligini ;

Harf birikmalarini;

Harflarning alifbodagi tartibini;

Tutuq belgili so’zlarning talaffuzi va imlosini.



Tovush va harfni farqlash;

harfdan harf birikmalarini farqlash;

Nuqta o`rniga zarur harfni qo`yish;

So`zlarni bo`g`inlab to`g`ri ko`chirish;

Tutuq belgili so’zni topish;

So`zlarni ma`nosiga ko`ra farqlash.




Gaplarning birinchi so’zini bosh harf bilan yozish.


Olingan nazariy bilimlarni amalda qo’llash.


1-NI

Mavzu: Unli tovushlar va harflar.

Maqsad: O’quvchilarning unli tovushlar va harflar yuzasidan bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash.

Nazorat shakli : Diktant

Bog’chada

Anvar hali yosh.Opasi Yulduz uni bog’chaga olib boradi. Bog’chada uning o’rtoqlari ko’p. Ular bir-birlari bilan juda ahil. (20 so’z)


2-NI

Mavzu: Harf birikmalari, ularni satrdan satrga ko’chirish.

Maqsad:Harf birikmasi bilan yozilgan so’zlarni to’g’ri yozish va bo’g’inlarga bo’lish yuzasidan bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash.

Nazorat shakli: Diktant
Dugonalar

Dilbarning dugonalari ko’p. Ular maktabda o’qiydilar. Darsdan so’ng birga o’ynaydilar. Dugonalar tasviriy san’at to’garagiga yozilishdi. Chiroyli rasmlar chizadilar. Hamma ularga havas qiladi. (23 so’z)



Topshiriq: Harf birikmali so’zlar tagiga chizing.

3-NI

Mavzu: Tutuq belgisi

Maqsad: Tovushlar va harflar, harf birikmasi bilan yoziladigan so’zlar, gapning yozilishi haqidagi bilim , ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli : Diktant

Qashqa

Tal’atning dadasi qirda yilqi boqadi. Tal’at qirga borib turadi. Unga qashqasi bor toycha juda yoqadi. Tal’at toychaga Qashqa deb nom qo’ygan. (22 so’z)



Topshiriq: Tutuq belgisi va harf birikmasi bilan yozilgan so’zlarni bo’g’inlarga bo’lib, chiziqcha bilan yozing.

4-NI

Mavzu: Tovushlar va harflar

Maqsad: Chorak davomida “Tovushlar va harflar “ bo’limi yuzasidan o’quvchilar olgan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash.

Nazorat shakli: Test-sinovi

1. Unli harflar qatorini belgilang

A) t, b, s

B) i, a, e

D) f, o, p

E) d, g, h

2.”Archa” so’zida nechta tovush bor?

A) 4ta


B) 5ta

D) 3ta


E) 6ta

3. “Bodring” so’zida nechta tovush bor?

A) 6ta


B) 7ta

D) 5ta


E) 4ta

4. “Pashsha” so’zida nechta tovush bor?

A) 6ta


B) 5ta

D) 7ta


E) 4ta

5. Qaysi tovushlarni aytganimizda, havo og’izda to’siqqa uchraydi?

A) Unli tovushlarda

B) Undosh tovushlarda

D) Ikkalasida ham

E) To’g’ri javob yo’q

6. Qaysi so’zda nuqtalar o’rniga u unlisi qo’yiladi?

A) Uz..m

B) Bil..m

D) Tin..m

E) Tin..q

7. Unli tovushlarga xos xususiyatni belgilang.

A) Talaffuzda shovqin eshitiladi

B) Talaffuzda faqat ovoz eshitiladi.

D) Talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi.

E) To’g’ri javob yo’q

8. Qaysi so’zda nuqtalar o’rniga h undoshi qo’yiladi?

A)…at


B)…ayot

D) dara..t

E) …o’roz

9. Tutuq belgisi to’g’ri qo’yilgan qatorni belgilang

A) sho’na

B) yan’oq

D) e’lon

E) tov’ush

10. Matnda qaysi fasl tasvirlangan: “Kunlar soviy boshladi. Ariqlarda suvlar tiniq oqa boshladi. Daraxt barglari sarg’aydi.” A) Qish

B) Bahor

D) Kuz

E) Yoz


5-Ni

Mavzu: Nutq.Matn.Gap.

Nazorat shakli: Diktant.
Sog‘ tanda, sog‘lom aql

Ertalab badantarbiya qilish zarur. Badantarbiya mushaklarni yaxshi rivojlantiradi. Sovuq suv bilan yuvinish juda foydali. Kishi o‘zini tetik his etadi. Kun bo‘yi charchamaydi. (26 so‘z)


6-Ni

Mavzu: Harf birikmali so‘zlar

Nazorat shakli: Diktant

Yovvoyi hayvonlar

Yovvoyi hayvonlar o‘rmon, tog‘ va cho‘llarda yashaydi. Bu hayvonlar ichida yirtqichlari ham bor. Bo‘ri chorva mollariga hujum qiladi. U ba’zan odamlarga ham tashlanadi. U yerlarda qurolsiz yoki yolg‘iz yurish xavfli. (30 so‘z)


7-Nazorat ishi

Mavzu: Jarangli va jarangsiz undosh tovushlar.

Nazorat shakli: Test sinovi.

I variant

1. Bo‘g‘inga ko‘chirib bo‘lmaydigan so‘zlar qatorini belgilang.

a) do‘st, fasl, kuz

b) jahon, juft, pilla

d) g‘isht, kitob, etik

2. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga amal qilingan qatorni belgilang.

a) ki-tob, o-bod, sha-mol

b) ki-tob, ob-od, sha-mol

d) ki-tob, obod, sha-mol

3. “Qalpoqni top, qopqoqni yop” tez aytishida nechta bir bo‘g‘inli so‘z bor?

a) 3 ta

b) 2 ta


d) 1 ta

4. Jarangsiz undoshlarga xos xususiyatni belgilang.

a) talaffuzda faqat ovoz eshitiladi

b) talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi

d) talaffuzda faqat shovqin eshitiladi

5. Qaysi so‘z oxirida “t” undoshi qo‘yiladi?

a) ozo..

b) tax…


c) bahraman…

6. Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar. Topishmoqning javobini toping.

a) shamol

b) mushuk

d) sehrgar

7. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun to‘g‘ri bo‘lingan so‘zni toping.

a) muy-as-sar

b) mu-yas-sar

d) mu-yassar

8. Matn nimalardan tuziladi?

a) gaplardan

b) so‘zlardan

d) bo‘g‘inlardan

9. ”Ishbilarmon” so‘zida nechta bo‘g‘in bor?

a) 4 ta

b) 6 ta


d) 11 ta

10. Maqolni davom ettiring. Bir yigitga…

a) 7 hunar oz

b) 70 hunar oz

d) ko‘p hunar oz

II variant

1. So‘zda nechta bo‘g‘in borligi qanday aniqlanadi?

a) so‘zdagi unli harflar soniga qarab

b) so‘zdagi undosh harflar soniga qarab

d) barcha harflar sanaladi

2. Bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linmaydigan so‘zlar qatorini belgilang.

a) behi, ota, o‘rik

b) yashil, tilla, ona

d) aka, uka, duo

3. ”Davlatmurod” so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri bo‘g‘inga bo‘lingan?

a) dav-lat-mur-od

b) dav-lat-mu-rod

d) davl-at-mu-rod

4. Tushib qolgan harfni toping. Darax…, Toshken…

a) tushib qolmagan

b) t harfi

d) d harfi

5. Jarangli undoshlarga xos xususiyatni belgilang?

a) talaffuzda faqat ovoz eshitiladi

b) talaffuzda shovqin va ovoz eshitiladi

d) talaffuzda faqat shovqin eshitiladi

6. Ikki aka-uka yashaydi, bir-birini ko‘rmaydi. Topishmoqning javobini toping.

a) ko‘zlar

b) lablar

d) quloqlar

7. Bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga ko‘ra to‘g‘ri bo‘lingan so‘zni belgilang.

a) say-yo-ra

b) sa-yyo-ra

d) say-yora

8. Gap nimalardan tuziladi?

a) harflardan

b) so‘zlardan

d) bo‘g‘inlardan

9. ”Gultojixo‘roz” so‘zi necha bo‘g‘indan iborat?

a) 12 ta

b) 4 ta


d) 5 ta

10. Maqolni davom ettiring. Birni kessang ...

a) birni ek

b) o‘nni ek



d) yuzni ek
III-chorak


T/R

NI mavzusi

Bilim

Ko`nikma

Malaka

Kompetensiya

8-NI

Shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar

Shaxs va narsani bir-biridan farqlay olish, ularga berilgan so`roqlarni farqlash va o`rnida qo`llay bilish

Kim? Nima? so`roqlariga va qaysi shaxs nomi bo`lgan so`z o`rtasidagi bog`lanishni aniqlash ko`nikmasini o`stirish

Shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlarga og`zaki va yozma nutqda o`rinli, mantiqli qo`llay bilish

Olingan nazariy bilimlarni qo`llanadi. Diktant matni mazmunidan inson o`z salomatligini tiklash tushunchalari singdiriladi.

9-NI

Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf

Kishilarning ism va familiyalari bosh harf bilan yozilishini bilish

Ism familiyalar imlosi haqida ko`nikma hosil qilish

Ism familiyalarda bosh harflarni qo`llashda xatoga yo`l qo`ymaslik; u haqda mukammal bilimga ega bo`lish

Olingan nazariy bilimlarni amalda qo`llay olish, diktant matni mazmunidan darslarda faol qatnashish tushunchasini singdirish

10-NI

Shahar, qishloq, ko`cha, daryolarga qo`yilgan nomlarda bosh harf

Shahar, qishloq, ko`cha, daryolarga qo`yilgan nomlarda bosh harflar bilan yozilishini bilish

Atab qo`yilgan nomlar imlosida xato qilmaslik ko`nikmasini o`stirish

Mavzu yuzasidan olingan bilimlarni mukammallashtirish, yangi eshitilgan nomlarni ham bosh harfda yoza bilishga erishish

Olingan nazariy bilimlarni amalda qo`llay olish, diktant matni bo`yicha bilimlarni chuqurlashtirish

11-NI

3-chorakda o`rganilgan mavzular asosida test-sinovi

Shaxs va narsa nomlarini, ularning so`roqlarini, kishilarning ism familiyasini, shahar, qishloq, ko`cha, daryolarga qo`yilgan nomlarda bosh harflar bilan yozilishini bilish; harakat bildirgan so`zlarni, ularning so`roqlarini bilish

O`rganilgan mavzular yuzasidan olingan bilimlar asosida savodli yoza bilish, imlo xatolariga yo`l qo`ymaslik

Oligan bilimlarni mukammallashtirish, malakaviy bilimga ega bo`lish

Oligan nazariy bilimlarni amalda qo`llay olish



III-chorak
8-NI

Mavzu: Shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar

Maqsad: O`quvchilarning shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar yuzasidan olingan bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash

Nazorat shakli: Diktant


Meva sharbatlari

O`lkamizda turli shifobaxsh mevalar ko`p. Ularni yeyish foydali. Lekin sharbatni ichish kishini yanada sog`lom qiladi.

Uy sharoitida sharbat tayyorlash juda oson. Bu haqda kitoblar bor. Ulardan o`rganib sharbat tayyorlash mumkin. (31 so`z)

9-NI

Mavzu: Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf

Maqsad: O`quvchilarning kishilarning ismi va familiyasida bosh harf mavzusi yuzasidan olingan bilim, ko`nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash

Nazorat shakli: Diktant




Darsda

Dars boshlandi. Bahrom va Malika matnni o`qidilar. Doniyor tushunganini gapirib berdi. Sanobar xattaxtaga yozilgan savollarga javob berdi. Akbar hikoyaga sarlavha topdi. Biz hikoya rejasini tuzdik.darsda hamma yaxshi ishladi. O`qituvchimiz Sharifa Shodiyeva xursand bo`ldilar.(35 so`z)


10-NI
Mavzu: Shahar, qishloq, daryolarga qo`yilgan nomlarda bosh harf

Maqsad: O`quvchilarning shahar, qishloq, daryolarga qo`yilgan nomlar yuzasidan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash.

Nazorat shakli: Diktant

Ravon yo`l
Namangan Andijonga yaqin joylashgan. Namangandan Andijonga boradigan avtobus Do`stlik ko`chasi bo`ylab qatnaydi.

Avtobus Norin daryosi va Qoradaryo ko`priklaridan o`tadi. Daryo ko`priklari keng va mustahkam. U temir betondan ishlangan.

Avtobuslar ravon yo`ldan tez yuradi.
11-NI

Mavzu: Chorak davomida o`tilgan mavzular

Maqsad: O`quvchilarning chorak davomida o`tilgan mavzular yuzasidan olgan bilim, ko`nikma va malakalarini va kompetensiyasini aniqlash.
Nazorat shakli: Test sinovi

1. Narsa nomini bildirgan so`zni belgilang.

A) Chumchuq B) Duradgor D) O`quvchi


  1. Shaxs nomini bildirgan so`zni belgilang.

A) Buvi B) Terak D) Yomg`ir


  1. Kimlar? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.

A) Lolalar B) Dehqonlar D) Tog`lar


  1. Nimalar? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.

A) Onalar B) Turnalar D) Gulchilar


  1. Kim? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.

A) Kaptar B) O`tloq D) Ota
6. Nima? so`rog`iga javob bo`lgan so`zni belgilang.

A) Qizcha B) Daraxt D) Bobo




  1. “O`zbekistonda Buxoro, Samarqand, Xiva kabi qadimiy shaharlar bor.” Gapida nechta shahar nomi berilgan? (lingvistik kompetensiyani aniqlash)

J:

  1. “Chaqiradi” so`zining so`rog`ini belgilang.

A) Nima qildi? B) Nima qiladi? D) Nima qilayapti?



  1. Harakatni bildirgan so`zni aniqlang.

A) Dala B) Salqin D) Keldi


  1. “Bir burchakda so`zlaydi,

Ham chaladi, kuylaydi” topishmog`ida nechta harakatni bildirgan so`z bor?

A) 3 ta B) 2 ta D) 4 ta




  1. “Xo`roz tongda (nima qiladi?)” to`g`ri javobni belgilang.

A) Donlaydi B) Yuguradi D) Qichqiradi
12.”Bolg`a…” nima qiladi? Nuqtalar o`rniga mos so`zni yozing. (nutqiy kompetensiyani aniqlash)

A) Qoqadi B) Arralaydi D) Chopadi




  1. Harakatni bildirgan so`zlar qatorini belgilang.

A) Baliq, aytdi, binafsha B)Cho`mildi, yozdi, aytdilar D) Daftarlar, ko`k, chaqnadi


  1. “Bola baliq tutayapti” Harakatni bildirgan so`zning tagiga chizing. (lingvistik kompetensiyani aniqlash)

15. Shahnoza qiziqarli kitob sotib oldi. Berilgan gapda kim so`rog`iga javob sozni yozing. (nutqiy kompetensiyani aniqlash)



IV chorak
I2-NI

Mavzu: 255-mashq asosida

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli:Bayon.

Dala hovli.

  1. Yozni dala- hovlimizda o’tkazamiz.

  2. Bog’ mevalari,poliz,sabzavot ekinlari.

  3. Hosilni qishga g`amlash ishlari.

Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari nomi va soni:S

1Gaplarni reja asosida o’ringa qo’yib yozish .

2.Bosh harf bilan yozish.

3.Gaplarni to’g’ri tuzib yozish.

4 Harf birikmali so’zlarni to’g’ri yozish.

5.Chiziqchali so’zlarni to’g’ri yozish.

6. Tinish belgilarini to’g’ri qo’yish

7.Chiroyli yozish.



I3-NI

Mavzu: Shaxs va narsalarning belgisi va sanog’ini bildirgan so’zlar.

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli:Diktant.

O’rik.

O’rik ko’p yillik daraxtdir. Uning tanasi yo`g`on. Novdalari jigar rang, qizil. Oldin gullaydi, keyin barg yozadi. Gullari oq, pushti rang. Bargi yumaloq, to’q yashil rangda.Mevasi sariq, xushbo’y, sersuv. Mevasining shakli yumaloq, cho’ziqroq.

Respublikamizda o’rikning sakkiz turi o’sadi.

Tekshirilishi lozim bo’lganBKM elementlari nomi va soni:

1.Bosh harf bilan yozish.

2.Harf birikmali so’zlarni to’g’ri yozish.

3.Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarni to’g’ri yozish.

4.Tinish belgilarini to’g’ri qo’yish.

5.Sanoq va belgini bildirgan so’zlarni aniqlab, belgilash.

6.Chiroyli yozish.

14-NI
Mavzu:O`quv yili davomida o`tilganlarni takrorlash.

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli:Diktant.
Kutubxonada

Maktabimizda katta kutubxona bor. U chiroyli va ozoda kutubxonada ko’plab kitoblar saqlanadi. Devorlarga shoir va yozuvchilarning, olimlarning rasmlari ilingan.

O’ng tomondagi javonga shoir va yozuvchilarning kitoblari taxlangan. Chap tomondagi javonga darsliklar qo`yilgan. Alohida ajiratib qo’yilgan stolda oynoma va ro’znomalar turadi.

Sinfimizdagi hamma o`quvchilar kutubxonaga a’zo. Biz xohlagan kitobimizni olib o’qiymiz. (50 soz)



Tekshirilishi lozim bo’lganBKM elementlari nomi va soni:

1.Bosh harf bilan yozish.

2.Harf birikmali so’zlarni to’g’ri yozish.

3.Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so’zlarni to’g’ri yozish.

4.Tinish belgilarini to’g’ri qo’yish.

5.Chiroyli yozish.


15–NI

Mavzu:Umumiy takrorlash.

Maqsad: Kompetensiyalarning shakllanganligini aniqlash.

Nazorat shakli: Test-sinov.

1.Tikdi so’zi qanday so’roqqa javob bo’ladi?

a) nima qildi? b)nima qiladi? d) nima qilyapti?

2.Bog’bon so’zi qanday so’roqqa javob bo’ladi?

a) kimlar? b) nima qildi? d) kim?

3. Nima? so’rog’iga javob bo’lgan sozlarni toping?

a) bola b) olma d) ona

4 Narsa va shaxsning belgisini bildirgan so’zni toping.

a) kirib keldi. b) yashil d) olti.

5.Narsa vashaxsning sanog’ini bildirgan so’z satnashgan gap tuzing.


a) lola b) 7ta d) chiroyli

6. Ketma-ket kelgan bir xil undoshli so`zlarga misollar yozing.

J:_______________________________________________

7. Sen hayvonat bog`iga bordingmi? Bu gap qanday gap?

J:________________________________________________

8.O’zbek tilida undosh tovushlar nechta?

J:________________________________________________

9. O’zbek tilida nechta undosh bor?

J:________________________________________________

10. Gap nimani bildiradi?

J: ________________________________________________

Tekshirilishi lozim bo’lgan BKM elementlari soni va nomi

1. Harakatni bildirgan so’zlarga so’roq bera bilish.

2. Narsa va shaxslarni nomini bildirgan so’zlarga so’roq bera bilish

3. So’roq yordamida narsa va shaxs nomini bildirgan so’zni aniqlash

4. Narsa –shaxs belgisini bildirgan so’zlarni aniqlash.

5. Narsa-shaxs sanog’ini bildirgan so’zlarni aniqlash.

6. Ketma- ket ketgan undoshlarni bilish.

7. So’roq gaplarni bilish .

8. O’zbek tilida nechta undosh tovush borligini bilish

9.O’zbek tilida nechta undosh harf borligini bilish.



10. Gap tugallangan ma’zmum bildirilishini bilish .

MATEMATIKA
1-nazorat ishi


Garajda ertalab bor edi

Garajda ertalab chiqib ketdi

Garajda ertalab qoldi

35 ta mashina

? ta mashina



1.Rasm asosida masala tuzing va uni yeching.

2.Misollarni yeching



45+53 89 –57 59 – 6 100 –8

71+24 65 –44 38 +28 90+6

3. Qodirboyning 24 ta rangli qalami bor edi. Maktabdan qaytishda ularning yarmini yo‘qotib qo‘ydi. Qodirboyda nechta rangli qalam qoldi?

4. Hisoblang.

45 sm + 25 sm = 36 sm 25 sm =

48 sm 26 sm = 56 sm+ 35 sm =
2 nazorat ishi.

1.Rasm asosida masala tuzing va uni yeching.

Magazinda ertalab qo‘g‘rchoq bor edi

Sotildi

Qoldi

15 ta





?



2. Quyidagi shakllardan to‘g‘ri to‘rtburchakni toping.

3. Traktorning bakida ish boshlanganda 18 litr yonilg'i bor edi, ish oxiriga kelib 3 litr yonilg'i qoldi. Necha litr yonilg'i ishlatilgan?

  1. Namuna bo'yicha bajaring: 13 = 10+3.

16 = 10+П 24=20+П 39=30+D 46 = 40+П 28 = 20+П 57=50+П

Download 448.5 Kb.
  1   2




Download 448.5 Kb.