• Tayanch so‘z va iboralar
  • 1 . Transportda servisni tashkil qilishning zamonaviy usullari
  • Transportda logistik servisini tashkil qilishning zamonaviy usullari va xorij tajribasi




    Download 69.84 Kb.
    bet1/3
    Sana30.03.2024
    Hajmi69.84 Kb.
    #182437
      1   2   3
    Bog'liq
    7-маъруза
    Оптималлаштириш назарияси, 1-laboratiriya, 3.4. шакл Dildora, Dildora, Materialshunoslik-fayllar.org, Introduction-to-Software (1), Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish Tabiiy resurslardan barqaror, Matlab, ~ (1), Foydalanilgan adabiyotlar, 13- variant Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat sohasidagi tarkibiy siljishlar va ularning samaradorligi., ishlab chiqarishni tashkil qilish va iqtisodiyot, Ekologiya fanidan test savollari Ekologiya atamasi qachon va kim tomonidan taklif qilindi? Ekologiya javoblar, РЕЗЮМЕ-Буронбоев Хушнудбек Турсунали угли, таржимаи ҳол

    7-MA’RUZA


    TRANSPORTDA LOGISTIK SERVISINI TASHKIL QILISHNING ZAMONAVIY USULLARI VA XORIJ TAJRIBASI
    Reja:

    1. Transportda servisni tashkil qilishning zamonaviy usullari


    2. Transport servisini tashkil qilishning xorij tajribasi


    Tayanch so‘z va iboralar
    axborot servisi, elektron xujjat aylanishi, axborot tizimi, elektron raqamli imzo, axborot vositachisi, elektron savdo maydoni, logistik tizim, logistik yondashuv, transport-logistik zanjir, axborot logistik markaz, tarif siyosati, yuk jo’natuvchilar, ommaviy tashish, aralash tashish, roudreyler, kontreyler, konteyner, avtopritsep, yuk partiyasi, “o’zgaruvchan talab”, yuk tashish markazlari, taqsimot markazlari, Transevropa yuk ekspresslari, saralash stantsiyasi, firmaviy transport xizmat ko’rsatish Tizimi, Yo’l markazlari, agentlik tarmoqlari.


    1. Transportda servisni tashkil qilishning zamonaviy usullari

    Temir yo’l transportida axborot servisining turli shakllaridan foydalanilmoqda. Bunda asosan Respublika Prezidenti tomonidan 2004 yilning 29 aprelida imzolangan 611-P-sonli O’zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to’g’risida”gi Qonuni asos bo’lgan.


    Bunda temir yo’l transporti xizmatidan foydalanuvchilar o’zlarini qiziqtirgan mahlumotlarni elektron ko’rinishda olishlari, kerakli xujjatlarni ham rasmiylashtirishlari mumkin.
    Elektron hujjat aylanishi elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo’natish va qabul qilib olish jarayonlari yig’indisidan iborat bo’ladi. Elektron hujjat aylanishidan bitimlar tuzish (shu jumladan shartnomalar tuzish), hisob-kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotni uzatishda foydalanish mumkin.
    Elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo’lgan axborot elektron hujjatdir.
    Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi.
    Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.
    Elektron hujjatning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:

    • elektron raqamli imzo;

    • elektron hujjatni jo’natuvchi yuridik shaxsning nomi yoki elektron hujjatni jo’natuvchi jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi;

    • elektron hujjatni jo’natuvchining pochta va elektron manzili;

    • hujjat yaratilgan sana.

    Qonun hujjatlarida yoki elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining kelishuvi bilan elektron hujjatning boshqa rekvizitlari ham belgilanishi mumkin.
    Elektron hujjat qog’oz hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega bo’ladi.
    Elektron hujjatning bir xil har qaysi aynan nusxasi, basharti u belgilangan tartibda haqiqiy deb tasdiqlangan bo’lsa, asl nusxadir.
    Elektron hujjatning qog’oz nusxasi bo’lishi mumkin. Elektron hujjatning qog’oz nusxasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va saqlanadi.
    Elektron hujjatni jo’natuvchi va elektron hujjatni qabul qilib oluvchi elektron hujjat aylanishining ishtirokchilaridir. Elektron hujjat aylanishida axborot vositachilari ham ishtirok etishlari mumkin. Elektron hujjat aylanishi bilan bog’liq xizmatlarni shartnoma asosida ko’rsatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs axborot vositachisidir.
    Axborot vositachisi, agar elektron hujjat aylanishining ishtirokchilari bilan tuzilgan shartnomada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatlar mazmunini yoki ulardan foydalanish tartibini o’zgartirishga haqli emas.
    Elektron hujjat, agar u bevosita elektron hujjatni jo’natuvchi yoki uning axborot vositachisi tomonidan jo’natilgan bo’lsa, jo’natilgan deb hisoblanadi.
    Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, elektron hujjatni jo’natuvchi tomonidan uning bekor qilinishi mumkin bo’lmagan jo’natilish vaqti elektron hujjatni jo’natish vaqti deb hisoblanadi.
    Agar qonun hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa:

    • elektron hujjatni qabul qilib oluvchi tomonidan ko’rsatilgan axborot tizimi orqali elektron manzil bo’yicha elektron hujjat kelib tushgan vaqt elektron hujjat qabul qilib olingan vaqt deb hisoblanadi;

    • elektron hujjat, agar elektron hujjatning qabul qilib olinishini tahminlagan axborot tizimi hatto boshqa yerda joylashgan bo’lsa ham, elektron hujjatni qabul qilib oluvchi turgan joyda qabul qilib olingan deb hisoblanadi.

    Elektron hujjatlar elektron hujjat aylanishi ishtirokchilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda saqlanadi. Elektron hujjatlarni saqlash chog’ida ulardan erkin foydalanish va ularning qog’oz nusxalarini taqdim etish imkoniyati tahminlanishi lozim. Elektron hujjatni saqlash muddati, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, shunga o’xshash maqsadga mo’ljallangan qog’oz hujjat uchun belgilangan muddatdan kam bo’lmasligi kerak.
    Elektron hujjat aylanishida elektron hujjatlarni muhofaza qilish elektron hujjat aylanishining ishtirokchilariga yoki boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    Hozirgi kunda transport servisini tashkil etishning ilg’or usullaridan biri bu elektron savdo maydonlaridan foydalanish.
    Elektron savdo maydoni (ESM) – bu ixtisoslashtirilgan axborot tizimi bo’lib, unda mijozlarga yoki transport xizmati istehmolchilariga ularni qiziqtirgan ko’rinishda axborotlarni berish imkoniyati paydo bo’ladi. ESM “Internet” tarmog’ida faoliyat yuritadi. ESM o’zining boshlang’ich rivojlanish bosqichida tipi bo’yicha transport xizmatlarni sotuvchining savdo maydoni hisoblanadi.
    O’zining rivojlanish jarayonida ko’p funktsiyali elektron savdo maydoniga aylanadi va boshqa temir yo’llarni, boshqa turdagi transport korxonalari va boshqa o’zaro aloqadagi korxonalarni jalb qiladi.
    Elektron savdo maydonining ochiqligi va unga jahon “Internet” tarmog’idan foydalanib kirish milliy va xalqaro miqiyosda savdo va transport jarayonlari bo’yicha xamkorlik qilishga qulay imkoniyat yaratadi.
    Transport xizmatlarini sotish uchun ESMini yaratish yuksalish vostalaridan biri hisoblanadi va asosiy maqsadi:

    • mijozlar va biznes xamkorlar uchun transport xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yaratish;

    • kamchiliklarni yo’qotish hisobiga mijozlar bilan ishlash sifatini oshirish, transport xizmatlariga buyurtma berish jarayonlarini soddalashtirish va moliyaviy hisob-kitoblarni tezlashtirish;

    • mijozlar, xamkorlar va tuzilmaviy bo’linmalar orasida axborot almashinuv tezligini oshirish;

    • elektron ko’rinishda buyurtmalarni qabul qilish hisobiga kompaniya xodimlarining qo’l mehnatini kamaytirish;

    • transport xizmatlarini majmuaviy taqdim qilish;

    • hamkorlar va mijozlar o’rtasida xujjat aylanishining elektron ulushi oshishini maksimallashtirish;

    • transport xizmatlari bozorida temir yo’l tashuvlari ulushini va xizmatlarni sotish xajmini oshirish.

    Yuqorida keltirilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun ESM quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:

    • xizmat ko’rsatish shartlari v tariflar, ko’rsatilayotgan xizmatlar xaqida mahlumotlarni taqdim qilish;

    • tashish to’lovlarini oldindan hisoblash;

    • transport xizmatlariga buyurtmani kelishish va taqdim qilishni soddalashtirish;

    • xizmatlarga buyurtmaning bajarilishini nazorat qilish imkoniyatini taqdim qilish;

    • xamkorlar va mijozlarning talab hamkorligini tahminlash;

    • kompaniyaning axborot tizimlari orqali axborot almashishni tashkil etish;

    • elektron raqamli imzoni qo’llash bilan xizmat ko’rsatishga kelishuv va shartnomalar tuzishni tashkil etish.

    Transport-ombor texnologiyalarini boshqarish va elektron xujjat almashish vositalaridan foydalanish orqali transport-logistik jarayon qatnashchilarining o’zaro aloqasi o’rnatish axborot logistikasining afzalliklarini namoyon etish imkonini yaratadi. Integratsiyalangan logistika shundan kelib chiqadiki, xar bir logistik zanjir bo’g’inidagi jarayon qatnashchisi javobgarligi ostida, shuningdek xalqaro standart transport xujjatlari asosida yuk tashishni boshqarish direktiv aborot mahlumotlari asosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda yuklarni transportirovkalash sharoitlari sanoat, savdo, transport, transport ekspeditorlik kompaniyalari va logistik infrtuzilmaga xizmat ko’rsatuvchilarni integrallashgan logistik tarmoqqa birlashishni talab qiladi.
    Iqtisodiy va transport jarayonlarining rivojlanishi, resurslarning cheklanganligi transport zanjirida ko’pgina vositachilarning qisqarishiga olib keladi. Axborot tizimlarni ayrim korxonalarning resurs salohiyatini boshqa qatnashchilarning resurslarini va raqobatbardoshlik imkoniyatlari jalb qilish hisobiga oshiradi.
    Logistik tizim asosida axborot-texnik bazasining tashkil etilishi, boshqarishda zarur bo’lgan strategik va taktik vazifalarni hal qilishda axborotlarni yig’ish va ularni ajratib olish asosiy rolg’ o’ynaydi. Axborotlarning xarakteri va sifatli ajratilishi qabul qilinadigan qarorlarning natijasiga katta tahsir ko’rsatadi.
    Temir yo’l transporti faoliyatiga logistik yondashuv yuk va yo’lovchilarni tashish jarayonini rivojlantirishda axborot almashinuvini optimallashtirishni talab etadi.
    Transportda integrallashgan logistik yondoshuv jarayon qatnashchilarining barchasiga mo’ljallangan va u beshta samaradorlik sohasidan iborat.



    А




    • В
      etkazib beruvchilar bilan aloqa

    • istehmolchilar bilan aloqa


    • С
      korxona ichidagi texnologik jarayonlar

      Е

      Д

    • korxonaning tuzilmaviy bo’linmalari orasidagi logistik jarayonlar

    • transport-logistik zanjirdagi korxonalar o’rtasidagi integrallashgan logistik aloqalar.

    Quyida samaradorlik elementlarining axborot tahminoti va transport logistikasi elementlari chizmasi berilgan.
    Quyida samaradorlik elementlarining axborot tahminoti va transport logistikasi elementlari chizmasi berilgan.
    7.1-rasm. Samaradorlik elementlarining axborot tahminoti va transport logistikasi elementlari

    Integrallashgan transport-logistik zanjirga kiruvchi korxonalar resurslarning tez aylanishi, buyurtmani bajarish vaqtining qisqarishi, yetkazib beruvchilar tarmog’i bilan transport ishlarini muvofiqlashtirish hisobiga xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishni maqsad qiladi.
    Integrallashgan logistikaning omilkorligida zahiralarni boshqarish (ZB), transportirovkalash (T), logistik infrtuzilma (LI), ombor xo’jaligi (OX), yuklarni qayta ishlash va upakovkalash (QU), logistik axborot (LA)larni alohida ko’rsatiladi.
    Axborot tizimlaridan foydalanish axborot oqimlarini boshqarish, ularning tezligini oshirish va muvofiqlashtirish hisobiga transport xarajatlarini pasaytirishga imkon beradi. “Axborot resurs” tushunchasi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. SHuning uchun logistik axborot transport korxonalarining faoliyati tahminlovchi resurs deb qaraladi. Axborot resurslarini boshqarish bu birinchi navbatda xujjatlarni o’rganish va ratsionallashtirish, elektron xujjat almashinuvini samarali tashkil etish, mahlumotlar nusxalarini joylashtira olmaslik muammolarini hal qilish va ularni boshqarishdir.
    Axborot texnologiyalar va axborot resurslarning o’zaro yondoshuvi natijasida yangi logistik axborot yaratiladi va u transport-tashish faoliyatining mustaqil omili sifatida qaraladi.
    Transport logistik tizimi samarali xizmat ko’rsatishi uchun logistik-axborot tizimi quyidagi mezonlarga javob berishi lozim:

    • oddiylik – logistik axborotlarga yengil va oddiy yondoshish;

    • aniqlik – transport terminallarida joriy operatsiyalarni, buyurtmalarni bajarishdagi jarayonning o’zgarishi yuk konsolidatsiyasi xaqidagi axborotlarni aniq aks ettirish;

    • egiluvchanlik – transport-logistik zanjirdan foydalanuvchilar va mijozlarning mahlumotlarga bo’lgan talabni boshqara olish qobiliyati;

    • hisobot mahlumotlarini samarali rasmiylashtirish – mahlumotlar kompg’yuter monitorlari va hisobotda qulay shaklda bo’lishi lozim.

    Texnologik jarayonlarni boshqarish bilan birgalikda yuk xarakatini ham boshqarish printsipi mavjud. Bunda axborot logistik markaz operatori yuk jo’natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar va transport logistik zanjirning boshqa bo’g’inlari bilan o’zaro axborot aloqa yondoshuvida bo’ladi.
    Axborot logistik markazning ishlash tartibi quyidagicha.

    7.2-rasm. Yuklarni yetkazishda axborot-logistik markazning o’zaro aloqasi (TTX-tovar transport xujjatlari)

    Axborot-logistik markazida ko’rsatiladigan xizmatlarga narxlar kompaniyada axborot xizmatlariga qo’llaniladigan tarif siyosatiga muvofiq ishlab chiqiladi.


    .


    Download 69.84 Kb.
      1   2   3




    Download 69.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transportda logistik servisini tashkil qilishning zamonaviy usullari va xorij tajribasi

    Download 69.84 Kb.