• Samarqand chorus galereyasi
  • BADIIY QISM Chorsu galereyasi




    Download 6.04 Mb.
    bet5/28
    Sana22.06.2021
    Hajmi6.04 Mb.
    #15158
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    BADIIY QISM




    Chorsu galereyasi interyerlarining dizayn yechimini topishda avvalambor uning har tomonlama o‘lchamlari, binoning balandligi hamda asosiy zali va foyesining intererlarini badiiy jihatdan loyihalash nazarda tutiladi.

    Bitiruv malakaviy ish 2400x1600mm o‘lchamdagi bannerda komponovka qilingan bo‘lib, u o‘z ichiga – logotip, piktogrammalar, axborot qurilmalari variantlari, asosiy interyerlar loyihasi, emblema va tashrif qog‘ozlaridan tashkil topadi.



    Samarqand chorus galereyasi interyerlarining dizayn yechimini topishda ranglar va qurilish materiallari asosiy o‘rin egallaydi.

    Ranglarni qabul qilishda intellekt katta rol o‘ynaydi. Intellekt qancha yuqori bo‘lsa, nozik, nyuans ranglari birikmalarini xush ko‘radi.






    Bitiruv malakaviy ishning badiiy qismini loyihalash davrida asosan uning interer yechimlariga, uning ranglariga ko‘proq e'tibor qaratildi. Bundan tashqari, Logotip, emblema, axborot qurilma loyihalari, piktogrammalar, tashrif qog‘ozi va shunga o‘xshash dizayn elementlariga ham alohida urg‘u berilgan.

    Demak, “Chorsu”ning interyerlari badiiy-me'moriy yechimini topishda eng avval xonalarni funksional zonalarga ajratishga qaratilib, unga e'tibor berilgan. Devorlarning ranglari, bo‘yoqlar kombinatsiyasi, yorug‘likning bezak materiallari bilan muvofiqligi badiiy kompozitsiya shaklining uyg‘unligiga olib kelgan. Bino qismlari va ayrim o‘ziga xos bezalgan joylar zamonaviy dizaynga mos keladi.

    Jamoat bino va inshootlarini loyihalashda shaharsozlikning arxitekturaviy – badiiy xususiyatlari, ularni joylashtirish, kompozisiyasi, shahar va qishloq markazlarida qanday rejalashtirish kabi masalalar qarab chiqiladi. Shu bilan shaharsozlikda quriladigan barcha inshoot yoki binolarning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, turli badiiy ko‘rsatgich vositalari, ularning mutanosibligiga ye'tibor beriladi.





    Download 6.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 6.04 Mb.