• Diagnoz Diagnosis Diagnoz
  • Anamnez Anamnesis Anamnez
  • Tibbiy tashxisiy moslama Tibbiy tashxisiy moslama
  • Funktsional tashxislash Funktsional tashxislash
  • TERAPEVTIK DAVO USULLARI Alfa davolash Alfa davolash
  • Baroterapiya Baroterapiya
  • Gemoterapiya Gemoterapiya
  • Dezintoksikatsion davo
  • Infuzion davo Infuzion davo
  • Lazeroterapiya Lazeroterapiya
  • Umumiy amaliyot shifokori General practitioner (GP) Umumiy amaliyot shifokori




    Download 20.1 Kb.
    Sana14.12.2020
    Hajmi20.1 Kb.

    Umumiy amaliyot shifokori

    General practitioner (GP)

    Umumiy amaliyot shifokori - shu fan tamoyillari asosida ta’lim olgan mutaxassisdir. U birlamchi tibbiy-sanitariya tizimida faoliyat ko’rsatib, shu erda yoshi, jinsi va qaysi kasalligidan qat’iy nazar murojaat qilgan har bir shaxsga uzluksiz tibbiy yordam ko’rsatishga javobgar mutahassis hisoblanadi. U shu erda yashayotgan bemorga, individual shaxs sifatida hamda uning oilasi, jamiyat va madaniyatiga qaratilgan asoslarda tibbiy yordam ko’rsatadi.

    Diagnoz

    Diagnosis

    Diagnoz– bemorni xar tomonlama tekshiruvlariga asoslanib kasallik borligini va uning o’ziga xosliklarini aniqlash.

    Aggravatsiya

    Aggravation

    Aggravatsiya – mavjud kasallikning simptomlarini bilib turib yoki bilmasdan bo’rttirish.

    Aggravatsiya anamnezda qo’yilib, kasallik tarixi va boshqa tibbiy xujjatlarga kiritiladi.



    Anamnez

    Anamnesis

    Anamnez – tashxis qo’yish, bashoratlash, davolash va profilaktika maqsadida yig’ilgan kasallik rivojlanishi, turmush sharoiti, o’tkazilgan kasalliklar xaqidagi ma’lumotlardir.

    Gemotologik tekshiruvlar

    Gemotologik tekshiruvlar – qon yaratish va buzish, qon kasalliklarini aniqlashda o’tkaziladigan usullardir. Gemotologik tekshiruvlar o’z ichiga qon taxlili, suyak komigi, rentgenologik, ultra tovush va boshqa tekshiruvlarni oladi.

    Tibbiy tashxisiy moslama

    Tibbiy tashxisiy moslama – inson salomatligining ma’lum ko’rsatkichlarini o’lchovchi moslama.

    Tibbiy tashxisiy moslama biologik organizmdagi fiziologik xolatlar xaqida ma’lumot olishga imkon beradi.



    Rentgenografiya

    Rentgenografiya – rentgen tashxislash usuli bo’lib, maxsus fotomaterialga rentgen tasvirini fiksatsiya qilinishiga asoslanadi.

    Tomograf

    Tomograf – texnik kompleks bo’lib :

    • ichki a’zolarni skanerlash va yupqa qavatlarini o’lchash;

    • yirik tasvir xosil qiluvchi kompyuter qisimlaridan tashkil topgan.

    Tomografiya grekchadan Tomos – qavat + Grapho yozaman ma’nosini bildiradi.

    Tomografiya inson ichki a’zolarining xajmli suratini o’rganuvchi tibbiy tashxisiy usul xisoblanadi.



    Funktsional tashxislash

    Funktsional tashxislash – tashxislash bo’limining asbobiy va laborator tekshiruv usullariga asoslanib, bemor tana a’zolari va to’qimalarining fiziologik xolatini tinch va yuklama bilan tekshiruvchi bo’limidir.

    Sitodiagnostika

    Sitodiagnostika – tananing yuza qismi yoki suyuqliklaridan olinib mikroskopik tekshiruvlar asosida kasalliklarni aniqlovchi tashxisiy yo’nalishdir.
    TERAPEVTIK DAVO USULLARI
    Alfa davolash

    Alfa davolash – nur terapiya turi; alfa – zarralarning davo sifatida qo’llanilishi: rodon vannalari, radioaktiv bog’lamlar va boshqalar.

    Autogemoterapiya

    Autogemoterapiya –organizm ximoya tizimini va moddalar almashinuvini kuchaytirish maqsadida bemorning o’z tomiridan olingan qonini mushak orasiga yoki teri ostiga kiritishdir.

    Autogemoterapiya – sust kechuvchi infektsion va boshqa kasalliklarni davolash usulidir.



    Baroterapiya

    Baroterapiya –xavoning yuqori yoki past bosimidan davolash maqsadida foydalanish. Bu usul tomirlar xolati, nafas funktsiyasiga va gazlar almashinuviga ta’sir etadi. Umumiy baroterapiya barokamerada o’tkaziladi.

    Gen davolash (Genoterapiya)

    Gen davolash – gen muxandisligi va tibbiy usullarning imkoniyatlarida foydalanib, kasalliklarni davolash maqsadida inson somatik hujayrasi gen apparatiga o’zgartirishlar kiritish.

    Gemoterapiya

    Gemoterapiya – o’rin bosuvchi sifatida qon yoki qonning shakilli elementlarini tomir ichiga quyishdir. Gemoterapiya qon yo’qotilganda, og’ir shakilli anemiyalarda va boshqa xolatlarda o’tkaziladi.

    Giperbarik oksigenatsiya

    Giperbarik oksigenatsiya – barokamerada yuqori bosim ostida kislorod bilan davolashdir.

    Dezintoksikatsion davo

    Dezintoksikatsion davo – darhol organizmdan zaharli maxsulotni chiqarish yoki uni parchalashga qaratilgan davo choralari yig’indisidir.

    O’rin bosuvchi davo

    O’rin bosuvchi davo – biron bir a’zo faoliyatining qisman yoki to’liq buzilishida, shu a’zo tomonidan ishlab chiqariluvchi moddaning o’rnini bosuvchi dori vositalari yoki aynan shu moddani kiritishdir.

    Infuzion davo

    Infuzion davo –

    • normal faoliyat yuritish uchun zarur bo’lgan suyuqlik va kimyoviy elementlarni tiklash;

    • zaharli maxsulotlarni yo’qotish;

    • a’zo faoliyatini kuchaytirish yoki aksincha susaytirish maqsadida

    tomir ichiga katta miqdorda suyuqlik yuborish.

    Lazeroterapiya

    Lazeroterapiya – lazer nurlantirish yordamida davolash.

    Oksigenoterapiya

    Oksigenoterapiya – davolash maqsadida nafas yo’llariga, oshqozon ichak tizimiga yoki bo’g’im bo’shliqlariga xavo yuborish.

    Download 20.1 Kb.




    Download 20.1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumiy amaliyot shifokori General practitioner (GP) Umumiy amaliyot shifokori

    Download 20.1 Kb.