Umumiy psixologiya. Mavzu : Vegetativ nerv tuzulishi. Slayd yaratuvchi : Bekchanova Indira




Download 2.15 Mb.
Sana19.10.2023
Hajmi2.15 Mb.
#88740
Bog'liq
Indira umumiy psixologiya
Dasturlash tillari, 3-amaliy ish kiber A.Xolmurodov, ad, MAXAMMADJONOV YUSUFBEK ZADACHNIK, титульный лист на регистрационные бланки 3 03 2021 2, aqliy xujum metodining turlari va ulardan samarali foydalanish, Style-guide entry rubric updated, Farg’ona viloyati Politexnika instituti.pdf, A. Navoiy va Z.M.Bobur

Umumiy psixologiya.

Mavzu : Vegetativ nerv tuzulishi.

Slayd yaratuvchi : Bekchanova Indira .

Guruh :23-6 Psixologiya

Vegetativ nerv sistemasi.

Simpatik tizim yurak faoliyatini tezlashtirsa, parasimpatik tizim esa bu faoliyatni susaytiradi. Organizmning me'yordagi faoliyati simpatik va parasimpatik vegetativ nerv tizimining ma'lum bir "muvozanatida" saqlanadi. Vegetativ nerv tizimi emosional kechinmalarda katta rol o’ynaydi. Odamning ko’pincha psixik jarayonlarini, xususiyatlarini va holatlarini idora etishda retikulyar formasiya alohida rol o’ynaydi. Retikulyar formasiya orqali miyada uzunchoq va keyingi miyada joylashgan nerv tolalari tarmoqi bilan o’zaro birikkan to’rsimon tuzilmadir. U bosh miyaning elektrik faoliyatiga, bosh miya qobig’ining funksional holatiga, qobiqosti markazlariga, miyachaga va orqa miyaga ta'sir qiladi.

Vegetativ nerv sistemasi (lotinchavegetatio — oʻsish, rivojlanish, qoʻzgʻalish) — odam va umurtqali hayvonlar nerv sistemasining bir qismi; V.n.s.ning tolalari barcha ichki aʼzolarning silliq muskullariga tarqalib, ular faoliyatini kishi ixtiyorisiz (avtonom holda) boshqarib turadi.

Ammo V.n.s. animal (skelet muskullarigacha tarqaluvchi) nervlar singari bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi boshqaruvida faoliyat koʻrsatadi. Bu terminni fanga birinchi marta fransuz vrachi M. Bisha kiritgan (1801) va uning somatik nerv sistemasi faoliyatidan farqini ilmiy jihatdan asoslab bergan. 

 Ingliz fiziologi J. Lengli (1903) V.n.s.ni "avtonom nerv sistemasi" deb atadi, chunki V.n.s.ning faoliyati ong bilan boshqarilmaydi, shu sababli "avtonom" yoki ixtiyorsiz nerv sistemasi ded ham yuritiladi.

V.n.s. moddalar almashinuvi jarayonida qatnashadigan barcha aʼzolarning (yurak-qon tomir, nafas, hazm qilish, ajratish, koʻpayish) toʻqima va muskullar trofikasini (trophe — ovqat) bevosita yoki gumoral (suyuqlik muhit vositasida) yoʻl bilan idora etadi.

 Animal nerv sistemasi faqat koʻndalang-targʻil (skelet) muskullarni idora qilsa, V.n.s. hujayralar, toʻqimalar va silliq muskullarni nerv bilan taʼminlaydi.

 Animal nervlar miya stvoli (ustuni) va orqa miyaning barcha segmentlaridan bir tekisda chiqadi, vegetativ nervlar esa markaziy nerv sistemasining maʼlum qismlaridan (oʻrta va uzunchoq miyadan, orqa miyaning barcha koʻkrak va uchta bel segmentlarida oʻziga tegishli umurtqalar oraligʻidan, shuningdek dumgʻaza sohasidan, ikkinchi — toʻrtinchi dumgʻaza umurtqalari oraligʻidan) tarqaladi. Animal nervlar orqa miyadan chiqib uzilmasdan ishchi aʼzolarga boradi. Vegetativ nervlar miya sohasidan chiqqandan soʻng yoʻl-yoʻlakay vegetativ tugunlarda toʻxtab, keyin ishchi aʼzolarga tarqaladi.

Bundan tashqari, tugundan oldingi tolalarning har biri tugundan keyingi bir qancha tolalarga oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Animal nervlar miyelin (yogʻ) pardaga oʻralgan va yoʻgʻonroq, vegetativ nervlar esa miyelinsiz va ingichka boʻladi.

Vegetativ nervlar asosan animal nervlar tarkibida, qon tomirlar devorida chigallar hosil qilib tarqaladi. Vegetativ nervlarning har biri ham sezuvchi, ham harakatlanuvchi tolalar vazifasini bajaradi. Ularda impuls (taʼsir)lar sekundiga 10 m tezlikka yetadi. Somatik nervlar tarkibidagi tolalar (sezuvchi va harakatlanuvchi) esa alohida, miyelin pardali boʻlgani uchun ularda impuls sekundiga 100 m tezlikka yetadi.

V.n.s. faoliyatiga koʻra simpatik va parasimpatik nerv sistemasiga ajratiladi. Simpatik nerv sistemasi adrenalinga oʻxshaydigan simpatii, parasimpatik nerv sistemasi esa atsetilxolin vositasi taʼsirida qoʻzgʻaladi. Bu moddalar qonga va limfa suyukligiga shimilib, ular orkali nervlar qoʻzgʻaladi. Markaziy nerv sistemasi tashqi va ichki muhit taʼsirlariga bog’liq.


 V.n.s. orqali javob beradi va organizmni doim oʻzgarib turadigan muhitga moslashtiradi. Odatda simpatik nervlar funksiyasi jihatidan parasimpatik nervlarga qarama-qarshi taʼsir koʻrsatadi. Simpatik nervlar koʻz qorachigʻini kengaytiradi, soʻlak va b. ajralishini kamaytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, meʼda va ichak harakati (peristaltika)ni susaytirib, ularning shira chiqarish faoliyatini pasaytiradi, oʻpka, bronxlarni kengaytiradi. 
 Parasimpatik nervlar esa aksincha koʻz qorachigʻini siqib toraytiradi, sulak bezlari ishini kuchaytiradi, yurak faoliyatini pasaytiradi, ichak harakatini tezlashtiradi, oʻpka, bronxlarni toraytiradi. V.n.s. somatik nerv sistemasi bilan bir butun hamjihat boʻlib ishlaydi, uni markaziy nerv sistemasining oliy boʻlimlari, asosan bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi nazorat qilib turadi. Mas., organizmga sovuq taʼsir qilganda simpatik nervlar qoʻzgʻalib, qon tomirlar torayadi.
Gipofiz, buyrak usti bezi, qalqonsimon bez faoliyati kuchayadi, natijada bir talay adrenalin ajralib, organizmda issiqlik saqlanishini taʼminlaydi. Aksincha, organizmda issiqlik koʻpayishi tufayli parasimpatik nervlar qoʻzgʻaladi. V.n.s.ning faoliyati turli kasalliklar davrida, obhavoning oʻzgarishi, tashqi va ichki taʼsirlar orqali oʻzgaradi.

Ilmiy psixologiyada miya psixikaning organi sifatidagi o’rganish tarixi ikkita yo’nalishda borgan organizm va muhit munosabatlarini idrok etish asoslarini o’rganish va miyaning alohida tuzilmalarini morfologiyasi va funksiyasini ochishdan iborat. R.Dekart tomonidan XVII asrda refleks tushunchasini fanga kiritilishi organizm va muhit ta'siri asoslari ochilishi borasidagi muhim nazariyalardan biri sifatida rol o’ynaydi. Refleks - organizmning tashqi va ichki ta'sirotlarga markaziy nerv tizimi orqali bergan javob reaksiyasidir. I.M.Sechenov (1829-1905) tomonidan amalga oshirilgan bu tushunchaning rivojlantirilishi va bu mexanizimning barcha psixik jarayonlarga tegishli ekanligi shunga olib keladi-ki, ilmiy psixologiyada determenizm tamoyili uzil-kesil o’z tasdig’ini topdi.


Download 2.15 Mb.




Download 2.15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Umumiy psixologiya. Mavzu : Vegetativ nerv tuzulishi. Slayd yaratuvchi : Bekchanova Indira

Download 2.15 Mb.