• 1. Kontakt payvandlashda boshqarish apparatlarining vazifasi
  • Unit 9 Kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparatura va jihozlari. Reja




    Download 374.37 Kb.
    bet1/7
    Sana23.02.2024
    Hajmi374.37 Kb.
    #161217
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Unit-9 (1)
    diagramma (1), ehtimol mustaqil ish Raxmonov B, Stanoklar kinematikasi va yuritmalari, Jihozlar va loyihalash asoslari (T.Otaqo\'ziyev, M.Iskandarova), Лаборатория ЭТМ, Kimyoviy va dori moddalar bilan zaharlanish, Eshitishida nuqsoni bo, barbotazhli-absorbtsiya-urilmasida-gaz-yosti-ini-tad-i-ilish-usuli (2)

    Unit 9
    Kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparatura va jihozlari.
     
    Reja:
    1. Kontakt payvandlashda boshqarish apparatlarining vazifasi
    2. Kontaktli payvandlash jarayonlarini nazorat qilish va avtomatik boshqarish tizimlarida EXM ning qo‘llanilishi
    3. Kontakt payvandlashda yig‘ish va payvandlash moslamalari
    1. Kontakt payvandlashda boshqarish apparatlarining vazifasi
    Kontaktli payvandlashda boshkarish apparatlarining asosiy vazifasi berilgan dasturni mashinaning tegishli yuritmalarini boshqaruvchi apparatlarning funksional uzellariga boshqaruvchi signallarni analog yoki diskret shaklda uzatish yo‘li bilan muayan vaqt ichida amalga oshirishdan iborat.
    Dasturga, payvandlash siklorammalaridan tashqari, yordamchi operatsiyalar (detallarni surish, shtamplash, joylashtirish, elektrollarni tozalash va x.) qismlari kiritilishi mumkin. Ular bitta yoki bir necha mashinani kompleks mexanizatsiyalashtirishni, payvandlash jarayonining eng muhim parametrlarini passiv va aktiv nazorat qilishni, payvandlash jaryoni hamda payvandlash uskunalarining sifat holatini tahlil qilish va tashxis qo‘yishni ta’minlaydi.
    Boshqarish apparatlarining yukorida aytilgan vazifalariga muvofiq, qattiq dastur asosida ishlaydigan kontaktli payvandlash uskunalarini boshqarishning tuzilish sxemasida ushbu bloklarni ajratib ko‘rsatish mumkin: payvandlash rejimi sikli va parametrlarini boshkarish bloki (1). U mashina M ning yuritmalariga ta’sir qilib payvandlash sikli operatsiyalarining hammasi yoki bir qisminining berilgan izchilligi hamda davmliligini, payvandlash rejimining asosiy mexanik va elektr parametrlarini qattiq dasturga binoan boshqarish hamda rostlashni ta’minlaydi; payvandlash uzeli tayyorlash texnologik jarayonining yordamchi va birlashtirilgan operatsiyalarini mexaniazatsiya-lashtirish hamda avtomatlashtirish vositalari (MAV) yuritmalarini boshqarish bloki (2); mashinaga o‘rnatilgan datchiklardan kelayotgan payvandlash jarayoni haqidagi axborotni nazorat qilish bloki (3); uskunalarning ahvoli, payvandlash sifati va miqdoriga tashxis qo‘yish bloki (4) datchiklardan kelayotgan axborotni ishlaydi va uni ishlangan holatda payvandlash bo‘limi ishini taxlil qilish hamda boshqarish umumiy tizimiga chiqarib beradi.

    Download 374.37 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 374.37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Unit 9 Kontaktli payvandlash uchun robotlarning apparatura va jihozlari. Reja

    Download 374.37 Kb.