Universiteti samarqand filiali




Download 1.06 Mb.
bet1/2
Sana16.01.2024
Hajmi1.06 Mb.
#138601
  1   2
Bog'liq
1 Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish
Mustaqil ish, Mustaqil ish1, 2-11 Tarmoq texnologiyalari-2018, Murod fizika 5, 3D texnologiyalar sillabus 3 kurs 22-23, Amaliyot-2, ing1, umumta-lim-maktablarida-uyadosh-so-zlarni-o-qitish, Abdullayeva Ambarjon Artikbayevna , Reja Akustika Nutq organlari va ularning vazifalari Fonеtika va-azkurs.org, 1-ma’ruza. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi va ahamiyati reja-fayllar.org, Tеmpеramеntning psixologik tavsifi Temperament turlari Temperame-fayllar.org, 00000000858c3fb50185edf3c8360039, Amaliyot hisoboti




MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

"Telekommunikatsiya texnologiyalari" fakulteti


" Ma‘lumotlarni uzatish asoslari ” fanidan



Mavzu: Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish.






Tekshirdi : Sultanov. T.I
Bajardi: Baxriddinov Bunyod
Samarkand 2023

REJA.



Telekommunikasiyalarda servislarni ta’minlash va tarmoqni tashkil etish.

Bunday ishlash zaruriyati yuqori bo'lmagan xabarlar etkazilishida qo'llaniladi. (misol uchun, elektron xat, matnli xujjat, fayl) va oraliq "saqlash bilan uzatish" (store— and-forward) usuli nomini olgan. Hozirgi kunda xabarlar kommutasiyasi, asosan, paketli kommutasiya tarmoqlarida qo'llanish pog'onasi xizmati sifatida faqat ba'zi tezkor bo'lmagan xizmatlar tashkil etishda qo'llaniladi.


Deytagrammali tartib. Deytagrammali tartibda axborotlar deytagrammalarga bo'linadi. Deytagramma-kommutasiya paketlari bilan hisoblash tarmoqlaridagi bir xil axborotning boshqa qismlariga bog'liq bo'lmagan holda uzatiladigan ma'lumot qismidir. Ma'lumotlarni deytagrammali tartibda uzatish tezroq amalga oshiriladi, chunki virtual ulanishni o'rnatish jarayoniga vaqt sarflanmaydi.
Ma'lumotlar bilan ishlashda tarmoqdagi har bir foydalanuvchi kompyuterida ma'lumotlar bazasining lokal nusxasi ishlatiladi. Ushbu MB nusxasi doimiy ravishda ma'lumotlar bazasi serveridagi ma'lumotlar bilan yangilanib turadi.
"Fayl-server" arxitekturasi odatda foydalanuvchilar soni ko'p bo'lmagan tarmoqlarda qo'llaniladi. Uni tatbiq qilish uchun Paradox yoki dBase kabi Mbbtlaridan foydalanish mumkin. Ushbu arxitekturaning afzalligi shundan iboratki, uni joriy qilish juda oson hamda dastur bitta foydalanuvchiga mo'ljallab yaratiladi ya'ni tarmoqdagi boshqa kompyuterlarga bog'liq emas. "Fayl-server" arxitektura kamchiliklari: Foydalanuvchi biror bir jadvalda so'rov natijasida ma'lumotlari yangilanib turadigan o'z MB lokal nusxasi bilan ishlaydi. Bunda biror ma'lumotlan foydalanish uchun serverdan ushbu ma'lumot joylashgan butun jadvalning yangi nusxasi jo'natiladi. Agar foydalanuvchiga bir nechta jadvaldagi ma'lumotlar kerak bo'lsa, u holda serverdan tarmoq orqali jadvallarning barchasi jo'natiladi. Buning oqibatida tarmoqda ma'lumotlar oqimi va hajmi oshib ketadi va axborot tizimi ishlash quvvatining pasayishiga olib keladi.
Har bir kompyuterda MB ning o'z lokal nusxasi bo'lganligi uchun, biror foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan o'zgartirishlar ma'lum vaqt mobaynida boshqa foydalanuvchilar ma'lum bo'lmaydi. Buning uchun MB ni doimiy ravishda yangilanib turishi talab etiladi.
Kompyuter tarmog’i deb kommunikatsiya vositalari orqali o’zaro birlashtirilgan kompyuter va periferiya qurilmalarining (printerlar, skanerlar, diskovodlar va boshqa qurilmalar), hamda foydalanuvchilarga tarmoqning barcha (texnik, dasturiy, axborot) vositalaridan jamoa ko’rinishida foydalanish imkoniyatlarini yaratib beruvchi tizimiga aytiladi.
Tarmoqlarning asosiy vazifasi — foydalanuvchining tarmoqdagi imkoniyatlardan sodda, qulay va ishonchli ravishda foydalana olishini, beruxsat kiruvchi chaqirilmagan mehmonlardan himoyalanish, tarmoq abonentlari orasida qulay, unumli va ishonchli axborot almashinishni ta’minlashdir. Tarmoq tarkibiga kiradigan asosiy komponentlarni sanab o’tamiz:

  • Serverlar — Foydalanuvchilarga taklif etiladigan kuchaytirilgan kompyuter imkoniyatlarining manbasi, tarmoqdagi kompyuterlarni boshqarib turuvchi bosh kompyuter;

  • Foydalanuvchilarning mahalliy kompyuterlari (ish stantsiyalari) — Tarmoqqa ulangan abonent kompyuteri;

  • Ma’lumotlarni uzatish kanallari — kompyuterlarni o’zaro bog’lab turuvchi kommunikatsiya vositalari.

Kichik EHM, mikro EHMlar va nihoyat shaxsny kompyuterlar, serverlarning dunyoga kelishi, hamda tarmoq texnologiyalarining rivojlanishi axborotlarni yig’ish va qayta ishlashning yangi - "Tarmoqlangan qayta ishlash" texnologiyasini yaratishga asos bo’ldi.
Axborotlarni qayta ishlash tarmoqlangan tizimi axborot tizimining shunday bir turiki, unda axborotlarni qayta ishlash mustaqil ravishda alohida-alohida, lekin o’zaro axborot kanallari bilan bog’liq bo’lgan kompyuterlarda amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni tarmoqlangan usulda qayta ishlashni amalga oshirish uchun ko’p mashinali birlashmalar tashkil etilib, ular ko’p mashinali hisoblash majmualari yoki kompyuter (hisoblash) tarmoqlari ko’rinishlarida amalga oshirilishi mumkin.
Kompyuter tarmog’i- aloqa kanallari yordamida ma’lumotlarni tarmoqlangan qayta ishlashning yagona tizimiga ulangan kompyuterlar to’plami bo’lib, u ko’p mashinali birlashmaning eng yuqori shaklidir.
Kompyuter tarmog’i "Tarmoq abonenti", "stantsiya" va "fizik uzatish muhiti" kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan.

Download 1.06 Mb.
  1   2




Download 1.06 Mb.