• - Kurs ishining titul varag‘i; - Topshiriq; - Mundarija; - Kirish; - I. Nazariy qism
  • Vi. Kurs ishini tashkil etish




    Download 16.12 Kb.
    Sana23.05.2023
    Hajmi16.12 Kb.
    #63672
    Bog'liq
    Kurs ishi
    TITUL KI-01 Abdusamatov A7 доконца (1) (3), УМК Ўзб.энг янги тарихи 2022

    VI. Kurs ishini tashkil etish.
    Kurs ishining maqsadi - talabani “Dasturlash” fani bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurligini va sifatini belgilash hisoblanadi.
    Kurs ishining asosiy vazifasi – dasturlash texnologiyalari sohasi bo‘yicha talabalarning bilimlarini tizimlashtirish, ularning ijodiy faolligini oshirish, qo‘yilgan masalaning algoritmini va dasturini ishlab chiqishda ijodkorlik darajasini oshirish hamda egallagan bilimlarini mutaxassislik sohasiga tadbiq qilishlaridan iboratdir.
    Kurs ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

    • mustaqil ravishda tanlangan kurs ishi mavzusi bo‘yicha mavjud muammolar mohiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi;

    • dasturlash texnologiyalarini mutaxassislik sohasiga qo‘llashni amaliy ko‘nikmalarini hosil qilish;

    • Internet, darslik va o‘quv qullanmalardagi ma‘lumotlarni va hujjatlarni tahlil qilish;

    • dasturlash texnologiyalarini mutaxassislik sohasiga qo‘llashga qaratilgan yo‘l – yo‘riq, xulosalar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish.

    • dastur ta‘minotining keng imkoniyatlarini o‘rganish, nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash va kengaytirish.

    • zamonaviy dasturlash tillari asosida texnik vositalarining imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanish.

    • amaliy dasturlar paketi imkoniyatlarini bilish, ularni maqsadli qo‘llay olish.

    • masalalar yechishning barcha bosqichlarini mustaqil bajarish.

    • qo‘yilgan masalani yechish uchun ularni kompyuterga kiritish, ularni sozlash va natijalarni tahlil qilish.

    • aniq masalalarni mustaqil hal etishda talabaning olgan bilimlaridan foydalana olish darajasini aniqlash.

    Kurs ishini bajarishda talaba o‘z ustida mustaqil ishlashi bilan bir qatorda ko‘tarilgan muammo yuzasidan to‘g‘ri nazariy xulosalar chiqarishi uchun mavzuga aloqador barcha ilmiy manbalarni chuqur o‘rganishi, ularni qiyosiy tahlil qilishi lozim. Shundan so‘ng u umumlashma xulosalar chiqarishi va to‘plagan daliliy misollari asosida rejadagi masalalarni yoritib berishi lozim bo‘ladi.
    Reja asosida yozilgan kurs ishlarining umumiy tuzilishi o‘zaro mantiqan bog‘liq quyidagi qismlardan tarkib topishi lozim:
    - Kurs ishining titul varag‘i;
    - Topshiriq;
    - Mundarija;
    - Kirish;
    - I. Nazariy qism; (berilgan mavzu nomi yoziladi)
    - mavzu bo‘yicha nazariy ma‘lumotlar;
    - II.Amaliy qism;
    - amaliy masala bo‘limlari;
    - Xulosa;
    - Adabiyotlar;
    - Ilova;
    Bu qismlar uzviylikka ega bo‘lishi, uning mazmunini qisqa va ravshan ifodalashi, shuningdek uning yechimini aniq ifodalashi kerak va zarur hisoblanadi.
    Download 16.12 Kb.




    Download 16.12 Kb.