• Toshboyeva Husniya Oybekovna Tohirova Zarina Tohirovna E-mail toshboyevahusniya@gmail.com . Annotatsiya
  • Kaʼlit soʼzlar
  • Volume-2, issue-4




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/4
    Sana22.04.2024
    Hajmi0.53 Mb.
    #204808
      1   2   3   4
    Bog'liq
    197-200 Toshboyeva H ICMS MULTI.CONF
    MINORLAR VA ALGEBRAIK TO\'LDIRUVCHILAR XOSSALARNI HISOBLASH LAPLAS TEOREMASI ISBOTLASH, 1-Andijon 2020 dekabr removed, 1528098406 67385, BIRINCHI TARTIBLI DIFFERENSIAL TENGLAMANING MAXSUS YECHIMI. KLERO TENGLAMASI, Chastota va aktiv quvvatni boshqarish., Aqliy hujum” metodidan samarali foydalanish qoidalari, EXTIMOLLIGI MAVJUD BO\'LGAN IQTISODIY ZARARNI BAHOLASH111, 2 5280799166744768132.docx111, Gravimetriya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temi, Masalar yechishga o’rgatish, Iroda borasidagi nazariyalar, 1.Ўзбеки энг, 14e91a70-a80e-4543-9905-35362f3f8678, 1022 7-mavzu ped mahorat, dilrabo


     
     
     
    VOLUME-2, ISSUE-4 
    197 
    OʼQITUVCHI PSIXOLOGIYASINING O’ZIGA XOS JIHATLARI 
    Termiz davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo taʼlim yoʼnalishi 1-bosqich 
    talabalari. 
    Toshboyeva Husniya Oybekovna 
    Tohirova Zarina Tohirovna 
    E-mail 
    toshboyevahusniya@gmail.com

    Annotatsiya:Pedagog faoliyatda psixologiyaning oʻrni beqiyosdir. Chunki har bir 
    pedagog dars oʼtish jarayonida oʼquvchilarning individual psixologik xususiyatlarini bilishi
    yangi mavzuni tushuntirayotganda ham umumpsixologik qonuniyatlarni hisobga olgan holatda 
    darsni tashkil etishi taʼlimning sifatiga ijobiy taʼsir etadi.
    Kaʼlit 
    soʼzlar:oʼqituvchi,pedagogik 
    faoliyat,pedagogik 
    qobiliyat, 
    kasbiy 
    hislatlar,shaxsiy hislatlar,gnostik malakalar,pedagogik jamoa psixologiyasi, akademik 
    qobilyatlar.
    Psixologik nuqtayi nazardan o‘qituvchi doimiy ravishda o‘z bilimlarini oshirish bilan 
    shug‘ullanishi zarurdir. Chunki o'qituvchilik mehnatining asosiy xususiyati ham shudir. 
    Pedagog har doim odamlar orasida bolarkan, u birinchidan, odamlarni ko‘pdan beri qiziqtirib 
    kelayotgan haqiqatni o‘z qarashlari bo‘yicha to‘g‘ri tushuntirib berishi lozim. Albatta, 
    o‘qituvchidagi bu tariqa qarashlar ko‘p yillar davomidagi mehnat va hayot faoliyati jarayonida 
    shakllanadi; ikkinchidan, o‘qituvchining o‘zi axborotlar olish uchun o‘quvchilarga nisbatan 
    cheklangan vaqt imkoniyatiga ega; uchinchidan, u o‘ta tor doiradagi tengqurlari bilangina 
    muloqotda bo‘lish imkoniyatiga ega bolib, ko‘pincha o‘z kasbiga xos qiziqishlar bilangina 
    cheklanib qoladi.Ta’limning barcha ko‘rsatkichlari, Z.I.Kalmikovaning ta’kidlashicha, anglash 
    tezligi, yangi vazifalar hal qilinishiga erishish mumkin bolgan aniq ma’lumotlar hajmi, uni 
    bevosita hal qilishdagi bosqichlar soni, natijaga erishishga yordam beruvchi ma’lumotlar 
    miqdori, shuningdek, masalani hal qilish uchun sarflangan vaqt miqdori, o‘z-o‘zining bilimini 
    oshirish qobiliyati, ishchanlik va chiniqqanlik darajasiga bogʼliq.Pedagogik faoliyatning 
    vositalari sifatida ilmiy (nazariy va empirik) bilimlarni ko‘rish mumkin.
    Yordamchi vositalarga esa texnik, kompyuter, 
    grafik vositalarni kiritish 
    mumkin.0‘qituvchiga nisbatan o'smirlarning talab va umidlari chet el psixologlari tomonidan 
    tadqiq qilingan bo‘lib, A.Djersildning izlanishlariga binoan bolalar quyidagi xarakterga ega 
    bo‘lgan o‘qituvchilarni afzal hisoblar ekanlar:
    1)Mehribon, quvnoq, javobgarlikni his qiluvchi, barqaror insoniy sifatli;
    2)Haqiqatgo‘y, batartib, halol, boshqalarni hurmatlovchi, tashkilotchilik sifatidagi;
    3)Boshqalar manfaatini o‘ylaydigan, xalqparvar, sinf ishlarida o‘quvchilarga erkinlik 
    huquqini beruvchi, qiziquvchan, ishtiyoqli va ishchan;
    4) yoqimli ovozli, umumiy yoqimtoylik qiyofasidagi o‘qituvchi.
    V.S.Abramova, S.M.Iuyusizova, V.A.Kan-Kalik va boshqalar «o‘qituvchio‘quvchi» 
    munosabati bo'yicha izlanishlar olib borganlar. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘qituvchining 
    muloqotda do‘st sifatida o‘z o‘rnini o‘quvchilarning tengdoshlari va ularning ota-onalariga 
    berganligi ko‘rindi.
    «…o‘qituvchi, — deydi A1 Forobiy, — aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo‘lishi va 
    o'quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarinito‘la va aniq ifodalay olishni bilmog‘i zarur». U o‘z 



    Download 0.53 Mb.
      1   2   3   4




    Download 0.53 Mb.
    Pdf ko'rish