Xalova Zamira Sobirova Mehribon




Download 2.98 Mb.
bet1/12
Sana28.03.2024
Hajmi2.98 Mb.
#180202
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Muhayyokitob
Doc1, Narzullayeva P.A. Xalqaro baholash dasturi, 3af48d9f-e8ed-41cb-b01d-f9626b64d1e0, Elektron hukumat.Lazizbek...., KOCHALAR, Confectionery, Ko\'makchi fe\'llarning ma\'no turlari, Sirtqi buyruq namuna, Document 23, PET 3 Book, Hujjatga Header va Footer maydonlarini qoʻshish, 9-seminar 4d1ef68efbe37a0af8012d54820ca808, Maktabgacha ta\'lim bo\'yicha metodikishlarnitashkil qilish vazifa, 5с-2-dasr


Xalova Zamira


Sobirova Mehribon

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA KOMPETENSIYAVIY TA’LIM


(Uslubiy-metodik qo`llanma)
Toshkent-2019
ANNOTATSIYA

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarda kompetensiyaviy munosabatlarni rivojlanirishni o`rganish hozirgi ta’lim tizimida mavjud bo‘lgan bir qancha muammoli masalalarga oydinliklar kiritish imkonini beradi. Ushbu kitobda maktabgacha pеdagogikaning mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari, ta'limiy-tarbiyaviy jihatlari hamda bolalarni tarbiyalashda turli xil pedagogik texnologiyalardan foydalanish uslublari ifodalangan.

Taqrizchilar:
Xajiyeva Maqsuda-falsafa fanlari doktori, professor
Allaberganova Muhabbat- “A’lochi tarbiyachi” unvoni sohibasi

KIRISH
Maktabgacha ta’lim muassasi tarbiyachisi bolalarning o‘zaro munosabatida va o'quv muhitida juda muhimdir, chunki guruhda bo‘ladigan barcha narsalar uchun aynan tarbiyachi mas’ul bo'ladi.


Ma’lum bir kompetensiyani rivojlanirishga asoslangan guruhda o'qituvchilar bolalar o'rtasidagi o’zaro munosabatlarning yo’lga qo’yilishida yordam beradi, ularga o’z maqsadlarini aniqlash va ularni amalga oshirishda ko’maklashadi yoki bir vaqtning o'zida bir nechta bolalar bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot bilan shug'ullanishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyachi sifatida, biz shuni aytishimiz mumkinki, bolalarning har tomonlama rivojlanishi ularning motivatsiyasi, qiziqishlari, talabchanligi va o’z ishini rejalashtira olish qobiliyati, shuningdek, o’z his-tuyg’ularini ifodalay olish kompetensiyalariga bog’liqdir.
Ushbu qo’llanmada maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar erishishi kerak bo’lgan tub kompetensiyalar, ularning rivojlanish bosqichlari, bu kompetensiyaviy rivojlanishning boshqa tamoyillar bilan o’zaro aloqasi haqida so’z yuritiliadi.
Shuningdek, kompetensiyaviy rivojlanishning ahamiyati, bolalarning bosqichma-bosqich o’z kompetensiyalarini egallash darajalari hamda bolalarda ijodiy fikrlashni o’stirish va qo’llab-quvvatlashning bir qator usullari haqida ham so’z boradi. Muallif sifatida shuni ta’kidlab o`tishimiz joizki, bolalarda reja tuzish, muammoni hal qilish, tashabbuskorlik va ijodkorlik kabi kompetensiyalarni yanada yuksaltirish bugungi rivojlanayotgan davrning dolzarb muammolaridan biridir. Shu asnoda, ushbu qo’llanma bu jabhadagi yana bir qadam sifatida xizmat qiladi degan umiddamiz.
Muallif

Download 2.98 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 2.98 Mb.