• Nomoddiy aktivlarlar qiymati
  • Tajriba-konstruktorlik ishlari
  • Foydali xizmat muddati – bu
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!
  • Shaxslar va guruhlarning motivatsiyasi ta'lim va rivojlanish sertifikatlash




    Download 1.12 Mb.
    Sana24.03.2024
    Hajmi1.12 Mb.
    #175728
    Bog'liq
    Uzоq muddаtli nоmоddiy аktivlаr hisоbi (MXA)
    MatLab, Документ Microsoft Word, boshQARUV HISOBI, AYLANMA KORPUSLI TUPROQQA ISHLOV BERISH MASHINALARI, Adobe photoshop dasturida tasvirlar hozir qilish va ular ni tahrirlash, Янги ГП (2), IQTISODDDD111, Zebra 2, INSTRUKCION TEXNOLOGIYALÍQ KARTA, DI vedmost, ochiq kon ishlari texnalogiyasi va kompleks mexanizatsiyalsh, 11-variant foydali qazilma sifati, Tabiatshunoslikni o\'qitish maxsus metodikasi. Pulatova X.M., Virtual muzeylar o\'zbekcha

    Uzоq muddаtli nomоddiy аktivlаr hisоbi

    REJA


    Uzоq muddаtli nomоddiy аktivlаr tarkibi
    Uzоq muddаtli nomоddiy аktivlаr hisоbini tashkil etish
    Uzоq muddаtli nomоddiy аktivlаrning hisobotlarda aks ettirilishi
    Ushbu umumiy kategoriyalarga kiradigan moddalarning keng tarqalgan misollari kompyuter dasturiy ta’minoti, patentlar, mualliflik huquqi, kinofilmlar, xaridorlar ro‘yxati, ipotekaga xizmat ko‘rsatish huquqi, baliq ovlashga litsenziya, import kvotalari, franshiza, xaridorlar yoki yetkazib beruvchilar bilan munosabatlar, xaridorlar loyalligi, bozor ulushi va sotish huquqlarini o‘z ichiga oladi.
    Tashkilotlar tez-tez ilmiy yoki texnik bilim, yangi jarayonlar yoki tizimlarni loyihalash va joriy etish, litsenziyalar, intellektual mulk, bozor to‘g‘risidagi bilimlar va savdo markalari (jumladan, firma nomlari va chop etish huquqlari) kabi nomoddiy resurlarni xarid qilish, ishlab chiqish, saqlab turish yoki takomillashtirish bo‘yicha resurslarni sarflashadi yoki majburiyatlar olishadi
    Nomoddiy aktivlar
    Amortizatsiya- nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini foydali xizmat muddati davomida tizimli taqsimlashdir.
    Aktiv – bu shunday resurski:
    (a) u oldingi hodisalar natijasida tashkilot tomonidan nazorat qilinadi; va
    (b)tashkilot undan kelgusi iqtisodiy naf olishni kutadi.
    Nomoddiy aktivlarlar tasnifi
    Balans qiymati
    aktivning moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobotda undan jamg‘arilgan amortizatsiya va bunday aktivning qadrsizlanishidan jamg‘arilgan zararlar chegirib tashlangandan so‘ng aniqlanadigan summasidir.

    Nomoddiy aktivlarlar qiymati


    Boshlang‘ich qiymat
    aktivni xarid qilish yoki yaratish paytida uni harid qilish uchun to‘langan pul mablag‘lari yoki pul mablag‘larining ekvivalentlari yoki boshqa tovonning haqqoniy qiymati,
    Amortizatsiyalanadigan qiymat
    aktivning boshlang‘ich qiymatidan yoki boshlang‘ich qiymat o‘rnini bosadigan boshqa qiymatdan tugatish qiymatini chegirish natijasida olingan qiymat.

    Tajriba-konstruktorlik ishlari


    Tajriba-konstruktorlik ishlari
    yangi yoki yanada takomillashtirilgan materiallar, qurilmalar, mahsulotlar, jarayonlar, tizimlar yoki xizmatlarni rejalashtirish yoxud loyihalashtirish uchun, ularni tijorat maqsadlarida ishlab chiqarishdan yoki foydalanishdan oldin, tadqiqot natijalarini yoki boshqa bilimlarni qo‘llash.
    Tashkilotga xos qiymat – tashkilotning aktivdan davomiy foydalanishdan va foydali xizmat muddati oxirida hisobdan chiqarishdan olinishi yoki majburiyat so‘ndirilishida to‘lanishi kutiladigan pul oqimlarining diskontlangan qiymati.
    Haqqoniy qiymat
    bu baholash sanasida bozor ishtirokchilari o‘rtasidagi odatdagi operatsiyada aktivni sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan yoki majburiyatni o‘tkazish uchun to‘lanishi mumkin bo‘lgan narxdir.
    Qadirsizlanishdan zarar – aktiv balans qiymatining uning qoplanadigan qiymatidan oshgan summasidir.
    Nomodiy aktiv – moddiy–ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan identifikatsiyalanadigan nomonetar aktiv.
    Monetar aktivlar – mavjud pul mablag‘lari va qat’iy yoki aniqlanadigan pul mablag‘lari miqdorida olinadigan aktivlar.
    Tadqiqot- yangi ilmiy yoki texnik bilimlar va g‘oyalarni olish maqsadida o‘tkaziladigan asl va rejali izlanishlardir.
    Nomoddiy aktivning tugatish qiymati – aktiv foydali xizmat muddati oxirida kutiladigan yoshda va holatda bo‘lishini nazarda tutiladigan bo‘lsa, aktivning hisobdan chiqarishda taxminiy hisobdan chiqarish sarflarini chegirgandan so‘ng tashkilot tomonidan joriy paytda olinishi mumkin bo‘lgan hisoblangan summadir.

    Foydali xizmat muddati – bu:


    (a) aktivning tashkilot tomonidan foydalanishda davom etishi kutilayotgan davr; yoki
    b) tashkilot tomonidan ushbu aktivdan foydalanishdan olinishi kutilayotgan mahsulot yoki shunga o‘xshash birliklar soni.

    Identifikatsiyalanish

    • Nomoddiy aktivning ta’rifi nomoddiy aktivni gudvildan farqlanishi uchun uni identifikatsiyalanadigan bo‘lishini talab etadi. Biznes birlashuvi natijasida tan olingan gudvil biznes birlashuvi natijasida harid qilingan boshqa aktivlardan olinadigan kelgusi iqtisodiy naflarni ifoda etuvchi, individual tarzda identifikatsiyalanmaydigan va alohida tan olinmaydigan aktivdir. Kelgusi iqtisodiy naflar xarid qilingan identifikatsiyalanadigan aktivlarning o‘zaro birlashuvidan yoki alohida olganda moliyaviy hisobotlarda tan olish mezonlariga javob bermaydigan aktivlardan yuzaga kelishi mumkin.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

    • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

    Download 1.12 Mb.




    Download 1.12 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shaxslar va guruhlarning motivatsiyasi ta'lim va rivojlanish sertifikatlash

    Download 1.12 Mb.