Mashinasozlik k o r X o n a si tarkibi




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana04.02.2023
Hajmi3.01 Mb.
#40983
  1   2
Bog'liq
2-дарс
organik bo\'yoqlar, amaliy mashg\'ulot № 13, 2-курс. Курилиш механикаси, tabiiy-gazni-nordon-komponentlardan-tozalashda-absorbentning-yo-qotilishi, Chastota o`zgartkichlar, намуна аттистация саволлари учун, 1 презентация, ТАУ ТЕМА2 ОБЩИЕ ПРИНЦИПЫ УПРАВЛЕНИЯ, oriental renaissance 2022, Amaliy ustaxona 2- kurs ishchi, 1807c61ce5675f5ad20377f91ac8a4e0, Теоретико методолгические основы глобалистики, 4-AMALIY, 6-mavzu. Guruxlab tandalash, uning xisobi va moxiyati, ariza soni


II bob. MASHINASOZLIK K O R X O N A SI TARKIBI
2.1. Korxona tarkibi
Barcha sexlar va qurilmalarni o ‘z ichiga oluvchi zamonaviy 
mashinasozlik korxonalaming vazifasi va tavsifi bo‘yicha ularni 
bir necha guruhga bo'lish m um kin. Korxona tarkibi uning ishlab 
chiqarayotgan mahsuloti hajmi, texnologik jarayon tavsifi, mah- 
sulot sifatiga qo yilgan talab va boshqa ishlab chiqarish omil- 
lariga asosan aniqlanadi.
Loyihalanayotgan korxona kooperatsiya tartibida quymalarni 
chetdan, ya’ni boshqa korxonadan olsa, u holda uning tarkibida 
quyish sexi boim aydi. Masalan, ayrim dastgohsozlik korxonalari 
quymalami maxsusíashgan korxonalardan oladi.
Agar loyihalanayotgan korxonada yirik bolg'alangan zago- 
tovkalar tayyorlash ko‘zda tutilgan bo'lib, yirik bolg'alangan 
zagotovkalarni boshqa korxonadan olib kelinsa, u holda temir- 
chilik sexi faqat mayda detallar uchun, ya’ni ta’mirlash ishlari 
uchun loyihalanadi.
Ko'pchilik hollarda korxonalar tarkibida quyish, temirchilik, 
shtamplash sexlari va mahkamlash mahsulotlari tayyorlovchi 
(bolt, gayka, shpilka, shayba, zirx) sexlar bo'lmaydi. Ushbu mah- 
sulotlar kooperatsiya tartibida yetkazib beriladi. Undan tashqari 
ommaviy ishlab chiqarish korxonalari ko'pchilik uzel va agregat- 
larni ham tayyor holda kooperatsiya tartibida oladi. Masalan, 
traktor ishlab chiqarish korxonalari tayyor dvigatellar va agregat- 
larni boshqa korxonadan oladi.
Tarkibi va ishlab chiqarish sikli bosqichiga qarab m ashina­
sozlik korxonalari quyidagi 3 turg a bo'linadi.
Birinchi turga - to'liq ishlab chiqarish sikliga ega b oig an , ma- 
shinani tayyorlashning barcha bosqichlarini o ‘z ichiga oigan korxo­
nalar kiradi. Bunday korxonalarda barcha asosiy gumhdagi sexlar, 
ya’m tayyorlov, ishlov beruvchi va yig’uv sexlari mavjud bo'ladi.
Ikkinchi turga - mashinalarni ishlab chiqarish uchun faqat 
zagotovkalar tayyorlaydigan korxonalar kiradi, ya’ni quyma, bol- 
g'alangan zagotovka, shtampovkalar bilan boshqa korxonalarni 
ta’minlaydi. Bunday korxonalaming yirik quyish va temirchilik 
sexlari korxonaning asosiy sexlari bo'lib hisoblanadi. Bu korxo­
nalarda tayyorlangan zagotovkalarga qisman mexanik ishlov ham 
beriladi, ya'ni nuqsonni aniqlash uchun sirtlar tozalanadi.


U chinchi turga - boshqa korxonalardan olingan zagotovka- 
larga mexanik ishlov berish va mahsulotni yig‘ish hamda boshqa 
korxonalarda olingan tayyor detal va uzellarni yig'ish korxonalari 
kiradi. Birinchi holatda korxona tarkibi asosiy ishlov beruvchi va 
y ig 'u v sexlan, ikkinchi holatda esa faqat yig'uv sexlari mavjud 
xolos.
Umuman olganda korxona tarkibida quyidagi sex guruhlari: 
tayyorlov sexlari, ishlov beruvchi va yig'uv sexlari, yordamchi 
sexlar, ombor, energetika, transport, sanitar-texnik va umumkor- 
xona qurilmalari guruhi m avjud bo'ladi.
2.1-rasmda misol tariqasida mashinasozlik korxonasining 
bosh rejasi keltirilgan.
2.2. Tayyorlov sexlari guruhi
Tayyorlov sexlari g u ru hig a - cho'yan quyish, po ‘lat quyish, 
rangli 
metallar 
quyish, 
temirchilik-presslash, 
temirchilik, 
temirchilik-shtamplash va tayyorlov sexlari kiradi.
Cho*yan quyish sexi — quyidagi bo‘limlardan iborat: qum 
tayyorlash {shakllash qum i) bo'limi; sterjen shakl tayyorlash, 
quritish, vagranka, quyish, termik boiimlar; quymalarni tozalash, 
kesish, purkash xonasi; 
quyma shakllash, material va yoqilg'i 
omborlari; bundan tashqari sex tarkibiga sex idorasi va maishiy 
xonalar (garderob, yuvinish, dush va hokazo) kiradi. Ushbu 
bo'lim lar barcha sexlarda mavjuddir. Bundan tashqari, cho‘yan 
quyish sexlari ikkiga, y a’ni kulrang cho'yan quyish sexi va 
bo g ianuvchi cho‘yan quyish sexlariga bo'linadi.
P o ‘Iat quyish sexi - quyidagi bolim lardan iborat: shakllash, 
quyish, sterjen, qum tayyorlash; quritish, elektrosimlar yoki kon- 
vektor va vagranka, kuydirish pechi, quymani tozalash bo‘limi, 
quym a va opoka ombori.
K o ‘pgina o ‘rta sinfli korxonalarda po'lat quyish sexini 
cho'yan quyish sexi bilan bir binoda joylashtiriladi. Bunda yor­
damchi binolar um um iy foydalanishda bo'ladi.
R a n g li m etall q u y ish sexi - shakllash, sterjen, kesish va 
eritish bo'limlari, quym a va opoka omborlaridan iborat. Agar 
rangli metall quyish uncha katta hajmda bo‘lmasa, u holda sex 
cho'yan quyish sexining bo'lim i bo'lib hisoblanadi.
Temirchilik, temirchilik-pressiash va temirchilik-shtamp- 
lash sexi - o'z tarkibida shaxsiy temirchilik (presslash) bo‘limiga 
ega bo'lib, bu yerda, bolg'alash va presslash (bolg'a, press, pech- 
lar va h.k) jihozlari o'm atilgan bo'lib, ushbu sexda temirchilik 
ishlari bajariladi hamda termik va tayyorlov bo'limlari, metallar 
omboriga ega bo'ladi.


Tayyorlov sexi - sortli metallardan zagotovkalar tayyorlash 
uchun xizmat qiladi. Bu sexning vazifasiga korxonaning barcha 
mexanika sexlari uchun sortli metallarga dastlabki ishlov berish 
operatsiyalarini bajarish kiradi. Bu operatsiyalar zagotovkalarni 
kesish, to ’g'rilash, markazlash va dag'al yo'nish ishlaridan iborat 
b o ia d i. Agar mexanika sexining bunday zagotovkalarga ehtiyoji 
k o ‘p bo'lsa u holda, ushbu mexanika sexi tarkibida tayyorlov 
uchastkasi tashkil etilib, bu uchastka mexanika sexining metallar 
va zagotovkalar ombori bilan birgalikda joylashtiriladi.
2.3. Ishlov beruvchi sexlar guruhi
Ishlov beruvchi sexlar guruhiga korxonaning ishlab chiqa- 
rish dasturida ko‘rsatilgan asosiy mahsulotni ishlab chiqarishda 
ishtirok etadigan sexlar guruhi: mexanika, yig'uv, metall kon- 
struksiyalari, termik ishlov berish, sovuq shtamplash, metall 
qoplam alar va yog'ochlarga ishlov berish sexlari kiradi.
M e x an ika sexi tarkibiga dastgohlar bo'limi, materiallar va 
zagotovkalar ombori, nazorat bo'limi, oraliq ombori, asboblai 
tarqatish ombori, kesuvchi asboblarni charxlash bo'limi, qirindi- 
larni qayta ishlash bo'lim i va boshqa yordamchi bo'limlar kiradi.
Y ig'uv sexi tarkibiga detallarga chilangarlik ishlovi berish 
(yakka va mayda ishlab chiqarish sharoitida), uzellarni va umu- 
miy yig'ish, sozlash uchastkalari kiradi. Ko‘pchilik holatda chi- 
lanqarlik ishlovi berish uchun verstaklar umumiy y ig ‘ish joylarida 
ham joylashtiriladi.
M etaU konstruksiyalar sexi turli xil metall konstruksiya- 
larni tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu sexlar mashinasozlik 
korxonasi tarkibida, agar ishlab chiqarilayotgan mahsulot tavsifi 
talab etsa, 
masalan: k o ‘prikli kranlar, kimyoviy va sovitish ji- 
hozlari tayyorlashda yoki konserva mahsulotlari tayyorlaydigan 
mashinalar tayyorlashda tashkil etiladi. Bu sexlar tarkibiga ji- 
hozlari bilan (parchinlovchi, parmalash, kesish) yig'uv boiim i, 
payvandlash bo'limi, metall kesish uchun tayyorlov bo'limi, met- 
allarni bo'lish, teshik ochish va metallar ombori kiradi.
Termik ishlov berish sexi metallarga termik ishlov berish 
uchun xizmat qiladi.


Sovuq shtampíash sexi listli materiallardan detallar tayyor­
lash uchun xizmat qiladi.
B o‘yash scxi tayyor detallarni va mahsulotlarni bo'yash 
hamda quritish kameralarida ularni quritish uchun xizmat qiladi. 
Bu sexlami, ko'pchilik holda y ig ‘uv sexi bilan birgalikda, bitta 
binoda joylashtiriladi. Om m aviy ishlab chiqarish sharoitida bun- 
day sexlar alohidd joylashtirilmaydi, balki yig‘uv sexining bo'limi 
sifatida joylashtiriladi. Bo'yash jihozlari texnologik liniya oxirida 
ham joylashtirilishi mumkin.
M e tal! qoplam alar sexi detallar sirtlarim korroziyadan saq- 
lash va dekorativ ko'rmish berish hamda ba'zi sirtiarni semen- 
tatsiyalash va vaqtincha himoyalash uchun xizmat qiladi.

Download 3.01 Mb.
  1   2




Download 3.01 Mb.
Pdf ko'rish