• 17.1. Temirbetonning afzalliklari, kamchiliklari va turlari
  • Reja: Temirbetonning afzalliklari




    Download 39.99 Kb.
    bet1/2
    Sana14.03.2024
    Hajmi39.99 Kb.
    #171369
      1   2
    Bog'liq
    5-маъруза
    Ismoilova Mohina davomi, HMTT(BOBUR), Alisherov Aminjon diskret, 2023-yil Yo\'l xaritasi 11-DMTT, kreativ fikir, Komila Kurs ishi TO\'MA 222, 3 kriptografiya xaqida, Tashkiliy tuzilma, portal.guldu.uz-Shaxsiy sug‘urtaning mazmuni va turlari, Python dasturlash tili, 1701370462, bernulli tenglamasi, KUNLIK CHEKLIST, Rostlagichlarni tanlash, Jarayonlarni loyihalash uchun asosiy meyoriy hujjatlar

    5. Temir–beton konstruksiyalar turlari. Oldindan zo’riqtirilgan temerbeton konstruksiyalar Oldindan zo’riqtirish usullari. Afzalligi va kamchiligi. Foydalanish sohalari
    Reja:
    1. Temirbetonning afzalliklari, kamchiliklari va turlari
    2. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalari
    Tayanch tushunchalar: siqiladigan zona, monolit temirbeton, yig‘ma temirbeton, yig‘mag‘monolit temirbeton, oldindan zo‘riqtirish, armotsement, bikr armaturali temirbeton, armaturani taranglash

    17.1. Temirbetonning afzalliklari, kamchiliklari va turlari
    Temirbetonning afzalliklari quyidagilardan iborat: statik va dinamik yuklarga yuqori darajada qarshilik ko‘rsata olishi; zilzila va yongin ta’siriga bardoshliligi; ko‘pga chidamliligi; atmosfera ta’sirlariga yaxshi qarshilik ko‘rsatishi; mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati; konstruksiyaga istalgan shakl berishning osonligi; ekspluatatsiya xarajatlarining nisbatan kamligi.
    Quyidagilar temirbetonning asosiy nuqsonlariga kiradi: vaznining og‘irligi; issiqlik va tovushni oson o‘tqazishi; tayyorlash va foydalanish jarayonida yorilishi mumkinligi; beton yotqizilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va shunga o‘xshashlar.
    Bajarilish usuli bo‘yicha yig‘ma (zavod yoki boshqa maxsus joylarda oldindan tayyorlanib, qurilish maydonchasida montaj qilinadigan), monolit (qurilish joyida qoliplar yordamida bevosita quyiladigan) va yig‘ma-monolit temirbeton konstruksiyalarini bir-biridan farqlaydilar.
    Yig‘ma konstruksiyalar bugungi kunda amaliyotda keng ko‘llanilmokda. Chunki ulardan foydalanish sarf xarajatlarni kamaytirish, konstruksiya sifatini yaxshilash, qurilish ishlarini sanoatlashtirish (mexanizatsiyalashtirish), ishlarni ob-havoning har qanday sharoitlarida jadal olib borish, qurilish muddatini qisqartirish, konstruksiyalarni tayyorlashda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash va boshqa imkoniyatlarni beradi.
    Qismlarga bo‘linishi va tuzilishini birxillashtirish (unifikatsiyalashtirish) qiyin bo‘lgan obektlarda, masalan individual loyihalar asosida quriladigan gidrotexnika inshootlarida ko‘proq monolit temirbeton qo‘llaniladi.
    Yig‘ma-monolit konstruksiyalar yig‘ma elementlar va qurilish joyida yotqiziladigan quyma temirbetonning birikmasidan iboratdir. Odatda yig‘ma elementlar monolit temirbeton uchun qolip vazifasini ham bajaradi, bu esa qoliplar uchun sarflanadigan materiallarni tejash imkonini beradi. Yig‘ma-monolit temirbeton binolarning yopmalarini hosil qilishda, gidrotexnika va transport qurilishida keng qo‘llaniladi.
    Armaturaning turi bo‘yicha egiluvchan armaturali (diametri 40 mm gacha bo‘lgan sterjenlar ishlatiladigan) va yuk ko‘taruvchi armaturali temirbeton bir-biridan farqlanadi. Yuk ko‘taruvchi armatura sifatida yoyma po‘lat mahsulotlari (shveller, qo‘shtavr, burchaklilar) yoki yirik diametrli sterjenlardan tayyorlangan sinchlar (karkaslar) ishlatiladi. Bunda armatura osma qolipdan va yangi yotqizilgan beton qorishmasidan tushadigan yukni o‘ziga qabul qiladi. Yuk ko‘taruvchi armaturali temirbeton asosan yirik va massiv inshootlarda ko‘llaniladi.
    Temirbetonning maxsus turlaridan biri armotsement bo‘lib, uni tayyorlashda mayda zarrachali to‘ldirg‘ichli beton va diametri 0,5...2 mm li simlardan tayyorlangan to‘rlar ishlatiladi va bu to‘rlar armotsementning butun qalinligi bo‘yicha tekis joylashtiriladi. Armotsementli konstruksiyalar cho‘zilish va egilishga yaxshi qarshilik ko‘rsatishi, yoriqbardoshliligi va elastikligi yuqoriligi bilan odatdagi temirbetondan farq qiladi. Armotsement yupqa devorli konstruksiyalarni tayyorlashda ishlatiladi.
    Keyingi paytlarda temirbetonning “fibrobeton” deb ataladigan turini ishlatish ham yo‘lga qo‘yila boshlandi. Fibrobeton diametri 0,2...1,0 mm li po‘lat simlarning kalta (10...30 mm) tolalari, asbest, polipropilen, neylon va boshqa materiallar bilan beton qorishmasini aralashtirib hosil qilinadi. Tarkibi nisbatan birjinsli bo‘lganligi uchun fibrobeton yuqori mustahkamlik va darzbardoshlilikka ega.
    Metallni tejash maqsadida po‘lat armatura o‘rniga diametri 3...20 mkm oralig‘ida bo‘lgan juda ingichka shisha tolalarni qo‘llash bo‘yicha ham tadqiqotlar olib borilmoqda. Umuman olganda, po‘lat armatura o‘rniga sirti g‘adir-budirlashtirilgan va mexanik xossalari talablarga javob beradigan sintetik materiallarni, masalan, plastmassalarni qo‘llash temirbeton tuzilishini takomillashtirishning kelajakdagi istiqbolli yo‘nalishlaridan biridir. Hozircha qurilishda, egiluvchan po‘lat armaturali odatdagi temirbeton ko‘proq ishlatilmoqda.

    Download 39.99 Kb.
      1   2




    Download 39.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Reja: Temirbetonning afzalliklari

    Download 39.99 Kb.