• Mavzu: Lyuminetsent titrlash metodi. Bajardi: _______________ Qabul qildi: _______________
  • Xamroyeva feruzaning analitik kimyo fanidan




    Download 190.23 Kb.
    bet1/4
    Sana13.06.2023
    Hajmi190.23 Kb.
    #72548
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Lyuminetsent titrlash
    Половое воспитание детей

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    FARGO’NA DAVLAT UNIVERSITETI
    TABIIY FANLAR FAKULTETI
    20.65“a”-KIMYO YO'NALISHI TALABASI
    XAMROYEVA FERUZANING
    ANALITIK KIMYO FANIDAN
    TAYYORLAGAN
    KURS ISHI


    Mavzu: Lyuminetsent titrlash metodi.
    Bajardi: _______________
    Qabul qildi: _______________
    Mundarija
    Kirish……………………………………………………………………4
    I. Asosiy qism
    I.1. Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot………….…...6
    I.2. Lyuminetsent tahlilining tasnifi……………………………….……11
    II. Tajriba qismi
    II.1. Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash…………………….14
    II.2. Lyuminetsent analizda hisoblashlar…………………………….…18
    III. Olingan natijalar va ularningn tahlili
    III.1. Lyuminetsent tahlilning mohiyati…….………………………..…20
    Xulosa………………………………...………..….……………………32
    Foydalangan adabiyotlar………………………..………………………33

    Reja
    I.1. Lyuminetsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot


    I.2. Lyuminetsent tahlilining tasnifi
    II. Tajriba qismi
    II.1. Lyuminetsent titrlashda eritmasini tayyorlash
    II.2. Lyuminetsent analizda hisoblashlar
    III. Olingan natijalar va ularningn tahlili
    III.1. Lyuminetsent tahlilning mohiyati
    Xulosa
    Foydalangan adabiyotlar

    Kirish
    Respublika Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev aytganidek ta’limni rivojlantirish ,yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim,iqtidor va ko’nikmalar berish,ularni ona vatanga ,milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi.U mustaqillikka erishib taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruxini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda .Eng asosiysi mamlakatimizda ta’lim tizimini hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror modeli yaratildi. Shavkat Mirziyoyev yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbus bo‘yicha. Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019−2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish bo‘yicha hududiy «yo‘l xarita"larini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilangan.Yangidan quriladigan, rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli ro‘yxati ham shakllantirilgan.


    Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin 2 yilda har bir tumanda yengil konstruksiyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan.Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi. Uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019−2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda.
    Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.
    Beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019−2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutilmoqda.Umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga kimyodan zamon talabi darajasida chuqur va puxta bilim berish uchun o’qituvchining o’zini shu fandan tayyorlash, uni bilim darajasini oshirish juda katta ahamiyatga ega bo’lib, har bir mavzuni yangi pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’tish shu kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
    Kurs ishining dolzarbligi. Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va usullarini ishlab chiqadigan fandir. Analitik kimyo fani biologiya, meditsina, geologiya, minerologiya, atrof muxitning muxofazasi kabi turdosh tabiiy fanlarini o‘rganishda katta axamiyat kasb etadi. Sanoatda ishlab chiqariladigan barcha maxsulotlar, qishloq xo‘jalik maxsulotlari, qazilma boyliklar va xususan dori xom ashyosi, xamda dori preparatlar sifatlarini nazorat etishni analitik kimyo fanisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
    Kurs ishining maqsadi. Analitik kimyo kimyoviy tahlilning nazariy asoslari va uslublarini o‘rgatadi. Mazkur fanning maqsadi va vazifasi talabalarga hozirgi zamon analitik kimyosining nazariy asoslari, uning turli aralashmadagi ionlarni ochish murakkab aralashmaning tarkibiy qismlarini bir-biridan ajratish usullarini o‘ziga xos tomonlari, imkoniyatlarini ko‘rsatishdan iborat.
    Kurs ishining vazifasi: Titrimetriyada tiirli- tuman reaksiyalar ishlatiladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrimetrik analizning quyidagi metodlari farqlanadi. Titrlashda reaktivning ortiqcha miqdori emas, balki aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent miqdori ishlatiladi. Fotolyuminessensiya - spektming UB va ko'rinadigan soxa, nurlari ta'sirida moddani shu'lalanishi.
    Kurs ishining obyekti.Analitik kimyo usullarni asosan uch gruppaga ajratish mumkin. Ular optik, elektrokimyoviy va xromotografik analiz usullaridir. Qishloq xo’jaligiga taaluqli izlanishlarda optik analizlardan biri kalorimetrik analiz keng qo’llaniladi. Turli ob‘ektlar tarkibidagi mikroelementlar miqdori ana shu usul yordamida aniqlanadi.

    I.Asosiy qism


    I,1. Lyuminitsensiya hodisasi haqida umumiy ma’lumot
    Agar biror moddaga tashqaridan energiya berilsa, yutilgan energiya ta’sirida moddani tashkil qilgan atomlar yoki molekulalar qo‘zg‘olgan holat ya’ni ortiqcha energiyaga ega bo‘lgan holatga keladi. Bu vaqtda elektronlar, ortiqcha energiya hisobiga atomlarning yuqori pog‘onalariga o‘tib qo‘zg‘algan holatda bo‘ladi.Lekin ular qo‘zg‘olgan holda uzoq saqlanmay, qisqa vaqt ichida ortiqcha energiyasini chiqarib, o‘zining avvalgi turg‘un holatiga kelishga harakat qiladi. Molekulalar va atomlar yutgan energiyasining bir qismini issiqlik emas nurlanish holida chiqarsa bu hodisa lyuminessensiya deyiladi. Lyuminessent nurlanish intensivligi Il analiz qilinayotgan moddaning konsentratsiyalarinyng ma’lum intervalida shu modda konsentratsiyasiga (C) proporsional bo‘ladi.
    Il = K*C
    Bu bog‘liqlikdan foydalanib ko‘pchilik moddalar miqdoriy analiz qilinadi. Lyuminessensiyani vujudga keltirish uchun odatda ul’trabinafsha nurlaridan foydalaniladi. Lyuminessent usuli juda sezgir metodlar qatoriga kiradi va uning yordamida moddalarning kam miqdorlarini (10-6 - 10-8 g/ml) aniqlash mumkin.
    Bundan tashqari kimyoviy analizda ba’zi lyuminessent hossaga ega bo‘lgan organik birikmalar titrlash jarayonida indikatorlar tariqasida ishlatilishi bilan muhim ahamiyatga ega. Organik moddalarning molekulasi kislotali yoki asosli hossalarga ega bo‘lsa, eritmada vodorod ionlari konsentratsiyasi o‘zgarishi bilan ularning lyuminessensiyasi ham o‘zgaradi. Kimyoviy analizning titrimetrik metodlarida bunday birikmalar lyuminesssent indikatorlar deb ataladi va ular moddalarning miqdorini aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Lyuminessent analiz
    usuli sanoatda, qishloq xo‘jaligida keng qo‘llaniladi.
    Titrimetriyada turli- tuman reaksiyalar ishlatiladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrimetrik analizning quyidagi metodlari farqlanadi.
    1.Neytralizatsiya metodlari. Asosida neytralizatsiya reaksiyasi yotadi:
    H+ OH- = H2O
    Neytralizatsiya metodi bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba’zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
    2. Oksidlanish- qaytarilish metodlari (oksidimetriya). Bu metodlar oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksidlovchi eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha.
    3. Ionlarni qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirishga va kam dissotsilangan kompleksga bog’lashga asoslangan cho’ktirish va kompleks hosil qilish metodlari.
    Titrlashning quyidagi usullari farqlanadi:
    1) To’g’ri titrlash- reaksiya titrlanayotgan modda bilan ishchi eritma o’rtasida ketgan vaqtda;
    2) Teskari titrlash - aniqlanayotgan eritmaga muayan ortiqcha (ammo aniq o’lchangan) miqdordagi ma’lum konsentrasiyali eritma qo’shilgan va bu reaktuvning ortiqchasi ishchi eritma bilan titrlangan vaqtda;
    3) O’rinbosarni titrlash- ishchi eritma bilan aniqlanayotgan moddaning biror reaktiv o’rtasidagi reaksiya mahsuloti titrlangan vaqtda;
    Hajmlarni o’lchash. Titrimetrik aniqlashlarning muhim tomonlaridan biri reaksiyaga kirishayotgan moddalar hajmini aniq o’lchashdir. Titrlash bajariladigan ishchi eritma hajmi byuretka bilan o’lchanadi. Mikro o’lchashlarda ko’pincha 25, kamroq 50 ml hajmli byuretkalardan foydalaniladi. Titrlangan eritma hajmi Mor pipetkasida o’lchanadi. Titrlangan eritma hajmini aniq olish kerak. Titrlash jarayonida o’zaro ta’sir qiluvchi eritmalar hajmi noto’g’ri olinsa, analiz natijalari aniqligi kamroq bo’ladi [1].
    Agar titrlashga juda kam yoki juda ko’p eritma sarflansa, titrlanadigan eritmaning boshqa hajmini olish kerak, toki titrlashga ketgan eritmaning hajmi byuretka umumiy hajmining 1/3 dan 2 /3 gacha qismini tashkil qilsin.
    Ishchi eritmalar. Ishchi eritma –deb odatda titrimetrik aniqlash o’tkaziladigan eritmaga aytiladi, ya’ni u bilan titrlanadi.
    Ishchi eritma yordamida aniqlash o’tkazish uchun uning aniq konsentrasiyasini bilish kerak. Titrlangan eritmalar (aniq konsentrasiyali eritmalar) tayyorlashning ikkita metodi bor.
    1. Analitik tarozida olingan aniq naveska o’lchov kolbasida eritiladi, ya’ni erigan moddaning miqdori va eritmaning hajmi aniq ma’lum bo’lgan eritma tayyorlanadi. Bu holda eritmalar tayyorlangan titrli eritmalar deyiladi.
    2. Taxminan kerakli konsentrasiyali eritma tayyorlanadi, aniq konsentrasiyasini esa tayyorlangan titrli boshqa eritma bilan titrlab aniqlanadi. Titrlash natijasida aniq konsentrasiyasi aniqlanadigan titrlangan eritmalar titri aniqlangan eritmalar deyiladi [2].
    Ishchi eritmalar, odatda, taxminan kerakli konsentrasiyada tayyorlanadi, ularning aniq konsentrasiyasi esa aniqlanadi.
    Titrimetrik analizning asosiy qoidalaridan biri quyidagichadir; analiz qaysi sharoitda bajarilsa, ishchi eritmalarning titri ham shu sharoitda aniqlanishi lozim. Ishchi eritmaning konsentrasiyasini normal konsentrasiya (1l eritmadagi ekvivalent miqdor) yoki titr orqali ifoda qilinadi.
    Titrlangan eritmalar olish uchun ko’pincha fiksanallar deb ataluvchi aniq miqdordagi reaktivli kavsharlangan shisha ampulalardan foydalaniladi. Har bir ampulada unda qanday modda va qanday miqdorda borligini ko’rsatuvchi yozuv bo’ladi. Masalan, HCI 0,1g-ekv.
    Reaksiyaning tugashini aniqlash. Ravshanki, ishchi eritma bilan titrlanayotgan modda orasidagi reaksiyaning tugash momentini, ya’ni ekvivalentlik nuqtasini aniq belgilash zaruriy shartdir [3]. Reaksiyaning tugashi qanchalik aniq belgilansa, analiz natijasi shunchalik aniq bo’ladi.
    Reaksiya tugashini aniqlash uchun indikatorlar deb ataluvchi alohida reaktivlar qo’llaniladi. Ko’pincha indikatorlarning ta’siri shunga olib keladiki, ular titrlanayotgan modda va ishchi eritma o’rtasidagi reaksiya oxirida ishchi eritmaning ozgina ortiqcha miqdori ishtirokida o’zgarishga uchraydi va eritma yoki cho’kmaning rangini o’zgartiradi. Byuretkadan – ishchi eritmadan ma’lum miqdorda quyilganda titrlanayotgan eritma rangi sezilarli o’zgarsa, bunda titrlashning so’ngi nuqtasiga erishildi deyiladi.
    Ko’pchilik hollarda indikator aniqlanayotgan modda eritmasiga qo’shiladi va titrlash indikator ishtirokida yuzaga chiqadi. Bu ichki indikatorlardir. Ayrim hollarda boshqacha yo’l tutiladi: titrlash mobaynida titrlanayotgan eritmadan kapillyar bilan bitta tomchidan olinib unga chinni plastinkada bir tomchi indikator qo’shiladi. Shunday qilib, indikator bilan bo’ladigan reaksiya titrlanayotgan eritmadan tashqariga ketadi. Bu holda ishlatiladigan indikatorlar tashqi indikatorlar deyiladi. Har bir titrimetrik analizga alohida indikatorlar bo’ladi. 
    Aniqlanuvchi modda kislotali yoki asosli bo’yoqlar bilan ekstraksiyalanib katta o’lchamli kation yoki anion tutgan rangli maxsulotga aylantiriladi. Masalan: surma (V)ni avval xlorid kislotali yirik o’lchamli kompleks [SbCl6]ga bog’lanadi. Kristallik binafsha rangli organik reagent ta’sirida, bu yirik kompleks ionlar birlashib, yiriqroq yorqin rangli ion assotsiatini xosil qiladi.
    [SbCl6]-+R+=R+[SbCl6]-
    Xosil bo’lgan ion assotsiat toluol bilan ekstraksiyalanadi va yutilish spektrida ion assotsiatiga tegishli bo’lgan 600 nm (ε= 10– 10dm· mol-1 · sm-1) intensiv maksimum bo’lib, ayni shu to’lqin uzunlikda ekstraktni optik zichligi o’lchanadi.
    2. Moddaning turli energiyalar manbai ta’sirida shu’lalanishi lyuminessensiya deyiladi. Usul bilan konsentratsiyaning kichik chegarasida (10-4-10-7) moddalar miqdorini tahlil qilish mumkin [4].
    Tasnifi: 1) Qo‘zg‘atuvchi manbaning turiga ko‘ra:
    Fotolyuminessensiya – spektrning UB va ko’rinadigan soxa, nurlari ta’sirida moddani shu’lalanishi.
    Xemolyuminessensiya – kimyoviy reaksiyaning energiyasi xisobiga, moddani shu’lalanishi.
    Rentgenolyuminessensiya – rentgen nurlari ta’sirida moddani shu’lalanishi.
    Katodolyuminessensiya – gaz xolatida katod lampasidan chiqayotgan elektronlar oqimi ta’sirida moddani shu’lalanishi. Termolyuminessensiya – qizdirib cho’g’latilgan moddani shu’lalanishi.
    2) SHu’lalanish davomiyligiga ko‘ra:
    Fluoressensiya – qo’zg’atuvchi manba ta’siri to’xtatilgach darxol so’nuvchi sho’’la (10-6-10-9 sek ). Fosforessensiya – qo’zg’atuvchi manba ta’siri to’xtatilgach, ma’lum vaqt davom etuvchi shu’lalanish (10-2-10-3 sek) [5].


    Download 190.23 Kb.
      1   2   3   4




    Download 190.23 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xamroyeva feruzaning analitik kimyo fanidan

    Download 190.23 Kb.