• Darsning maqsadi
  • Xorazm viloyati shovot tumani maktabining 7 – “ ” sinf o`quvchisi




    Download 2,47 Mb.
    bet1/21
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,47 Mb.
    #146064
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    7-Sinf KIMYO NAZORAT ISHI daftar 2022
    ApplicationFile (1), 364-Article Text-746-1-10-20230130, Planner Pages, 3-Laboratoriya ishi , Ekonometrika fanidan amaliy mashg\'ulot, 123543, 23512478, 788778, Мажмуа Биоэкология 1 қсим Охирги Чиқаришга, asliddin, Физика 7сынып 2 ширек, insho yangi, 7-синф 4-БЖ, Kimyo IQTIDORLI O\'QUVCHILAR BILAN ISHLASH


    XORAZM VILOYATI SHOVOT TUMANI
    ____________ MAKTABINING
    7 – “ ” SINF O`QUVCHISI
    ________________________________NING
    KIMYO FANIDAN
    NAZORAT SAVOLLARI
    VA AMALIY ISH DAFTARI



    2022-2023
    1 – Amaliy mashg`ulot.


    Mavzu: Kimyo xonasidagi jihozlar hamda moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalari bilan tanishish.


    Darsning maqsadi: Kimyo honasida jihozlar va reaktivlar bilan ishlashdagi xavsizlik qoidalari bilan tanishish.
    Jihozlardan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarga ega bo`lish. Ko`ngilsiz hodisalarni oldini olish uchun xafvsizlik qoidalariga rioya qilish
    .
    Jihozlar va reaktivlar: stakanlar, probirka, qisqichlar, plastik taglik, quruq yonilg`i, plita, bug`latish kosachasi, pipetka, gurgut, etil spirit, distirlangan suv.

    1. Ish bajarish tartibini puxta o‘zlashtirmasdan va tajriba o‘tkazish uchun


    asboblarning to‘g‘ri yig‘ilganligiga ishonch hosil qilmasdan tajribani
    boshlamaslik kerak.
    2. Moddalarni bevosita hidlash, ushlash, ta’mini totish mutlaqo mumkin emas.
    3. Тajribalarni iloji boricha mo‘rili shkafda o‘tkazish kerak.
    4. Тajriba davomida termometr sinib qolsa undagi simobni maxsus usullar bilan
    tezda yig‘ishtirib olish va simob to‘kilgan joyga oltingugurt sepish kerak.
    5. Natriy metalini kerosin ostida saqlash va ortib qolgan bo‘lakchalarini spirtda eritib bartaraf etish lozim.
    6. Yonuvchan va uchuvchan moddalarni tajriba stolida ortiqcha miqdorda
    saqlamaslik, ularni elektr plita va ochiq alanga manbasidan uzoqda saqlashkerak.
    7. Qizdirish maqsadida imkon boricha usti berk isitgich asboblaridan foydalanish lozim.
    8. Yong‘in chiqqan taqdirda avvalo o‘t chiqishiga sabab bo‘lgan manba
    o‘chiriladi, so‘ngra qum sepiladi yoki yopqich yopiladi. Alangani yoyilish
    xavfi bo‘lsa o‘t o‘chirgichdan foydalanish kerak.
    9. Probirka va boshqa shisha idishlarni ehtiyotlik bilan qizdirish va bunda
    ularning og‘zi odam ishlamayotgan tomonga qaratilgan bo‘lishi kerak.
    10. Kislota va ishqorlar eritmalarini qizdirishda himoya vositalarini kiyib olish, maxsus ko‘zoynak taqib olish zarur.
    11. Reaksiya olib borilayotgan va qizdirilayotgan idishlarga engashib qarash
    mumkin emas.
    12. Kislotalarni suyultirishda kislotani oz-ozdan idish devori bo‘ylab suvga quyish kerak.
    13. Konsentrlangan kislota va ishqorlarni kimyoviy pipetka bilan o‘lchash man etiladi. Ularni faqat tomizgich yordamida o‘lchab olish lozim.
    14. Kislotalar saqlanadigan idishlarni to‘kilmaydigan va sachramaydigan qilib ushlash kerak.
    15. Portlovchi aralashma hosil qilish xavfi bor moddalar bilan ishlashda alohida ehtiyot choralarini ko‘rish lozim.
    16. Ehtiyotsizlik kiyim-kechaklarga, ko‘zga, teriga zarar va jarohat yetkazishi mumkin. Shuning uchun nojo‘ya harakatlar qilmaslik, moddalar bilan hazillashmaslik lozim.
    17. Тajribalar tugagach, gaz, elektr va suv tarmoqlarini berkitish kerak. Asboblarni o‘chirish kerak.
    18. Ish joyi doimo toza va ozoda saqlanishini ta’minlash lozim.


    Xulosa.___________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________________


    Sana Ball Imzo
    Yodda tuting:


    Download 2,47 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 2,47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorazm viloyati shovot tumani maktabining 7 – “ ” sinf o`quvchisi

    Download 2,47 Mb.