• Reja: Yuk osish organlari. Maxsus yuk ocish qurilmalari Polispastlar.
  • Reja: Yuk osish organlari




    Download 3.83 Mb.
    bet1/6
    Sana01.08.2021
    Hajmi3.83 Mb.
    #16556
      1   2   3   4   5   6


    MA`RUZA № 4
    Mavzu: Yuk osish organlari. Polispastlar, barabanlar, bloklar, yulduzchalar.

    Tayanch soʻzlar: «Ilgaklar», «sirtmoqlar», «stroplar», «greyferlar», «maxsus», «qisqichlar», «elektromagnitlar», «vakuumlar».

    Reja:

    1. Yuk osish organlari.

    2. Maxsus yuk ocish qurilmalari

    3. Polispastlar.

    4. Bloklar, barabanlar, yulduzchalar.




    1. Ilgaklar, sirtmoqlar va stroplar.

    Ilgaklar va sirtmoqlar eng koʻp tarqalgan universal yuk osish jihozi hisoblanadi. Bu holda yuklar zanjirli yoki poʻlat arqonli stroplar yordamida ilgakka yoki sirtmoqqa osiladi.



    Ular asosan donali yuklarni koʻtarishga moʻljallangan. Konstruktsiyasiga koʻra ilgaklar bir yoki ikki «shoxli» boʻladi. (4.1-rasm).

    4.1-rasm. Ilgaklar. a – bir shoxli; b – ikki shoxli.


    Ularning oʻlchamlari standartlashtirilgan boʻlib, tegishli GOSTda koʻrsatilgan. Masalan, dastaki va mashina yuritmali mexanizmlarda bir yoki ikki shoxli ilgaklar GOST boʻyicha tanlanadi. Ilgaklar kam uglerodli 20 va 20G poʻlatlardan bolg`alab yoki shtamplab tayyorlanadi. Bir shoxli ilgakning eng xavfli kesimi V-V (4.1-rasm) boʻlib bu kesim uning markaziga qoʻyilgan Q yuk massasidan egilishga va choʻzilishga ishlaydi. Yuk koʻtaruvchanligi yuqori kranlar uchun GOST boʻyicha bir va ikki «shoxli» plastinkali ilgaklar (4.2-rasm) tanlanadi. Ular martenli VMST 3 SP markali poʻlat, poʻlat 30 yoki 16 MS poʻlatlardan parchinlab tayyorlanadi.

    4.2-rasm. Plastinkali ilgaklar. a – bir shoxli, b – ikki shoxli.


    Ilgakni mustahkamlikka hisoblash. Ilgakning rezbali V-V kesimi choʻzilishga tekshiriladi.
    , MPa (4.1)
    bu yerda - 20 markali poʻlat uchun ruxsat etilgan kuchlanish:
    , MPa (4.2)
    Sirtmoqlar. Yuk ortish-tushirish ishlarida universal yuk osish organlari sifatida ilgaklardan tashqari, yaxlit bolg`alangan va tarkibiy qismlardan tuzilgan sirtmoqlar ham ishlatiladi (3.3-rasm). Ularning shakli va oʻlchamlari standartlashtirilmagan va shuning uchun albatta mustahkamlikka hisoblanish kerak (4.3-rasm).

    4.3-rasm. Sirtmoqlar. a – yaxlit bolg`alangan; b – tarkibli.


    Stroplar. Yuk koʻtarish mashinalari mexanizmlarining yuk koʻtarish organida donali yukni mahkamlash uchun turli koʻp tarmoqli stroplar qoʻllaniladi. Stroplar poʻlat arqonlardan tayyorlanib, uchlariga ilgak yoki sirtmoq qilinadi. (4.4-rasm). Koʻp tarmoqli stroplar yukni bir necha nuqtasidan ilish uchun qoʻllaniladi. Bunday stroplarda ikkitadan sakkiztagacha tarmoq boʻlishi mumkin. Kran ilgak osmasiga osish uchun stroplar halqalar bilan, yuk bilan biriktirish uchun esa ilgaklar yoki barabanlar bilan ta`minlanadi.

    4.4-rasm. Poʻlat arqonli stroplar. a – ilgakli; b – sirtmoqli;

    v – yukni osish sxemasi.

    Stroplarni tanlashda ularning konstruktiv xususiyatlarini hisobga olishdan tashqari, yukni koʻtarish vaqtida tarmoqda hosil boʻladigan kuchni ham hisoblash kerak. Bunda har bir arqon tarmog`idagi hisobiy kuch quyidagi formuldan aniqlanadi.


    , N (4.3)

    bu yerda Q – yuk massasi; -  burchak qiymatiga bog`liq boʻlgan koeffitsiyent;  - vertikal bilan strop tarmog`i yoʻnalishi orasidagi burchak, grad; m – stropdagi tarmoqlar soni.


    4.1 – jadvalda ning qiymatlari keltirilgan.




    00

    300

    450

    600



    1,00

    1,15

    1,42

    2,00






    1. Download 3.83 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 3.83 Mb.