Bloklar, barabanlar, yulduzchalar




Download 3.83 Mb.
bet4/6
Sana01.08.2021
Hajmi3.83 Mb.
#16556
1   2   3   4   5   6
Bloklar, barabanlar, yulduzchalar.

Bloklar. Blok yuk ko`tarish uchun zarur bo`lgan kuchni kamaytirishga yoki bu kuchning yo`nalishini o`zgartirishga imkon beradi. 4.8-rasm a da blokning arqon ostidagi profili ko`rsatilgan. Payvand zanjirlar uchun blok o`lchamlaridagi bog`lanish 4.8-rasm, b da ko`rsatilgan.

4.8-rasm. Bloklarning sxemalari

Konussimon gardish yuzali bortsiz qilib tayyorlangan bloklar (4.8-rasm, v) zvenoda ko`ndalang egilishdan hosil bo`ladigan kuchlanishni kamaytiradi. Ular kulrang cho`yandan yoki modifikatsiyalangan cho`yandan, shuningdek, po`latdan quyib tayyorlanadi.

Bloklarning yuzasida ariqchalar qilinadi. Ariqcha arqonning qisilib qolishi va ortiqcha yeyilishiga yo`l qo`ymaydi. Ular bronza, cho`yan vtulkalarda yoki dumalash podshipniklarida o`rnatiladi.

Vtulka yoki podshipniklarni moylab turish uchun blok o`qlarida ariqchalar parmalab teshiladi, o`qlarga yon tomondan maxsus idish o`rnatilib, unga quyuq moy quyiladi.

O`rnatilishiga ko`ra qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas o`qli bloklar bo`ladi. Ishlayotgan o`qi qo`zg`almaydigan bloklar qo`zg`almas o`qli bloklar deyiladi (4.9-rasm, b). Q massali yukni ko`tarishda arqonning bo`sh uchiga son jihatdan Q massasining yarmiga teng bo`lgan kuch S qo`yish lozim. SHunday qilib, qo`zg`aluvchan blok arqonning bo`sh uchiga kuch S qo`yib, yukni ko`tarishga imkon beradi. Bu kuch yuk Q ni qo`zg`almas blok bilan ko`tarishdagi kuchga qaraganda ikki baravar kichik bo`ladi. O`qi yuk bilan birga tushadigan yoki ko`tariladigan blok qo`zg`aluvchan blok deyiladi(4.9-rasm, v).



4.9-rasm. Blok yuklanishning hisobiy sxemasi

Blokdagi kuchlarning muaozanat tenglamasi quyidagicha aniqlanadi:

(4.10)

bundan


Keluvchi va ketuvchi arqon uchun qo`shimcha kuch:



(4.11)

bunda - arqonning bikrlik koeffitsienti.

Blok aylangan paytda tayanchidan arqon bikrligidan yuqori qarshilik hosil bo`ladi.

Qo`zg`almas o`qli aylanuvchi blokdagi qarshilik quyidagicha aniqlanadi:



(4.12)

bunda S- arqon ketuvchi tarmog`ining tarangligi; d-blok o`qining diametri; f-blok tayanchidagi ishqalanish koeffitsienti.

Arqon bikrligini hisobga olmagan holdagi qo`zg`almas o`qli blokning ish koeffitsienti quyidagi ifoda orqali topiladi:

(4.13)

Harakat qilmay turgan yukli qo`zg`aluvchan o`qli blok uchun kuchlarning muvozanat sharti quyidagicha aniqlanadi:



bunda


(4.14)

Blok to`g`inidagi yetakchi arqon tarmog`i yuk ko`targanda, uning tarangligi blok aylanganda hosil bo`ladigan qarshilik kuchining qiymati W ga ortadi.



(4.15)

bunda


Qo`zg`aluvchi o`qli blokning foydali ish koeffitsienti:



(4.16)

Agar arqon po`latdan tayyorlangan va blok dumalash podshipniklarida o`rnatilgan bo`lsa, blokning FIK 0,97….0,98 ga, sirpanuvchi podshipniklarga o`rnatilgan bo`lsa, 0,94……0,96 ga teng bo`ladi.





Download 3.83 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 3.83 Mb.