Reja: Yuk osish organlari




Download 3.83 Mb.
bet3/6
Sana01.08.2021
Hajmi3.83 Mb.
#16556
1   2   3   4   5   6
Polispastlar.

Yukdan arqon tarmog`iga tushadigan kuchni kamaytirish yoki yukning ko`tarilishi tezligini oshirish uchun xizmat qiladigan, egiluvchan organ orqali biriktirilayotgan qo`zg`aluvchan va qo`zg`almas bloklar sistemasi polispast deyiladi. Kuchni kamaytirish uchun ishlatiladigan polispastlar kuch polispastlari va tezlikni oshirish uchun ishlatiladigan polispastlar esa tezlik polispastlari deyiladi. Bunda mexanikaning kuchdan qanchalik yutilsa, yo`ldan shunchalik yutqiziladi degan qonunidan foydalaniladi.



Polispastning asosiy xarakteristikasiga uning karraligi kiradi. Yukni ko`tarish uchun talab etiladigan kuch yukning berilgan massasidan necha marta kichikligini ko`rsatadi. Ko`tariladigan yuk massasi taqsimlanadigan polispast tarmoqlarining miqdori son jihatdan polispastning karraligiga teng bo`lgani uchun, uni aniqlashning oddiy usulini o`rganib chiqamiz. Polispast karraligi bloklarni aylanib o`tadigan arqonning barcha tarmoqlari sonining barabanga kelayotgan arqon tarmog`i soniga nisbatiga teng bo`ladi. Polispastning karraligi ap qancha kata bo`lsa, berilgan Q yukni ko`tarish uchun chig`ir hosil qilish zarur bo`lgan taranglik kuchi S shuncha kichik va barabanga o`ralayotgan arqonning yukni berilgan tezlik vyuk - da ko`tarishni ta`minlaydigan tezlik varq - shuncha yuqori bo`ladi, boshqacha aytganda varq=ap∙vyuk va


(4.6)

bo`ladi, bu yerda -polispastning FIK.



4.7-rasmda yakka polispastning yoyma sxemasi ko`rsatilgan bo`lib, u ikkita qo`zg`almas 1, 4 va ikkita qo`zg`aluvchan 2, 3 bloklardan tashkil topgan.

4.7-Rasm. Polispast sxemasi

Parallel joylashgan ikkita polispastlar bir-biri bilan tenglovchi (muvozanatlovchi) blok S (4.7-rasm, b) orqali bog`langan sistemaga qo`shimcha polispast deyiladi. Bu polispastlar arqon tarmoqlarini ikki baravar oshirish va kesimini kichraytirish imkonini beradi. Bu polispastda baraban uzunligi ikki baravar katta bo`lishi sababli yakka polispastlardan farq qiladi.

Barabandagi aylanma kuch, arqonning ikki tarmog`idagi kuchning qo`shilganidan hosil bo`ladi.



Payl=2∙Smax, n (4.7)

bu yerda Smax - arqon tarmog`iga qo`yilgan eng katta kuch, yakka polispastlar uchun



(4.8)

qo`shma polispastlar uchun



(4.9)

bu yerda -yakka polispast FIK.





  1. Download 3.83 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 3.83 Mb.