• Yulduzchalar.
  • Reja: Yuk osish organlari




    Download 3.83 Mb.
    bet5/6
    Sana01.08.2021
    Hajmi3.83 Mb.
    #16556
    1   2   3   4   5   6
    Barabanlar. Mexanizmlarda (chig`irda) arqon o`rash uchun mo`ljallangan tsilindr shaklidagi detalg’ baraban deyiladi. Barabanlar mexanizm yuritmasidan olayotgan aylanma harakatni ilgarilanma harakatga (ko`tarish, tushirish yoki yukni tortish) o`zgartirib beradi.

    Barabanning yuzi silliq (4.10-rasm) yoki novsimon vintli ariqchali bo`ladi. Yuzi silliq barabanlar asosan ko`p qatlamli arqonni o`rash uchun (agar baraban o`lchamlarini kamaytirish kerak bo`lsa) novsimon esa bir qatlam o`rash uchun ishlatiladi.



    4.10-rasm.Silliq yuzali baraban

    Barabanning eng kichik ruxsat etilgan diametri quyidagi formuladan aniqlanadi.

    Db ≥ dar ∙ ye, mm (4.17)

    bu yerda Db-ariqchaning tubi bo`yicha barabanning diametri, mm;



    dar-arqon diametri, mm;

    ye- yuk ko`taruvchi kran turiga uning tuzilishiga va

    rejimiga bog`liq koeffitsient

    Yulduzchalar. Yuk ko`taruvchi mashinalarda zanjirlarni yo`naltirish va siljitish uchun ishlatiladigan tishli tsilindirik shakldagi detallar yulduzchalar deyiladi.

    Kalibrli payvand zanjirlar uchun quyma ariqchali va zvenolar uchun uyachali (4.11-rasm, a) yulduzchalar ishlatiladi.




    4.11-rasm. Kalibrlangan payvand va plastinkali zanjirlar uchun yulduzchalar

    Yulduzchalarning diametri quyidagi formuladan aniqlanadi:

    (4.18)

    bu yerda t-zanjir qadami; d-po`lat sim diametri; z-tishlar soni

    Plastinkali zanjirlar uchun yulduzchalar po`latdan quyib tayyorlanadi yoki tishlari valdan tashqari ishlangan (4.11-rasm, b) yoki kichik diametrli yulduzchalar esa birgalikda (4.11-rasm, v) St. 4, St. 5 po`lat, 20 markali po`latdan prokatlab tayyorlanadi.



    Download 3.83 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 3.83 Mb.