• Foydalanilgan adabiyotlar Vazirlik haqida
  • O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi
  • Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi
  • Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 362.29 Kb.
    bet1/4
    Sana06.02.2024
    Hajmi362.29 Kb.
    #152346
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Transport vazirligi
    Mustaqil ta’lim olish texnologiyalar, ANBAR OTIN Farmonqul qizi, Amerika fojiasi 2-qism, AVTOMOBILNI ESP TIZIMI, KUZOVLAR VA ULARNI SHAMOLLATISH, BANKLAR REVOLYUTSIYASI, Totemizm – ilk din tasavvuridan biri, Yunon-rum kurashi, vatan haqida sherlar, 5.O‘zbekistonda milliy valyutaning muomalaga kiritilishi, Akkreditlashtirish va akkreditlash tizimlari, Turon House 65-66, 46546, hsdfgj

    O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi

    REJA:


    KIRISH


    1. Transport vazirligining tarixi.

    2. Transport vazirligining boshqaruv strukturasi.

    3. Transport vazirligining ishchilar bilan ta`minlanganligi.

    4. Xulosa

    5. Foydalanilgan adabiyotlar



    Vazirlik haqida

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoni bilan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi.
    Vazirlik avtomobil, temir yo‘l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo‘l xo‘jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi;
    Vazirlikning vakolatlari va vazifalari yuqoridagi qayd etilgan Farmon, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi PQ-4143 sonli qarori bilan belgilab berilgan.
    Vazirlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita hamda uning tuzilmasiga kiruvchi hududiy bo‘linmalar va idoraviy mansub tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
    Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    1) transportning barcha turlarini O‘zbekiston Respublikasi yagona transport tarmog‘iga integratsiyalashtirish va yangi samarali transport-logistika tizimlaridan foydalanish asosida birgalikda rivojlantirishga yo‘naltirilgan yagona davlat transport siyosatini ishlab chiqish;
    2) transport va logistika xizmatlari bozorini rivojlantirishni rag‘batlantirish, ularning barcha toifadagi iste’molchilar uchun ommabopligini ta’minlash, shuningdek, sohaga investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan transport sohasidagi yagona tarif siyosatini amalga oshirish;
    3) xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish, logistika tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat transport salohiyatidan samarali foydalanish, tadbirkorlik sub’ektlarining transport-logistika xizmatlaridan foydalanishdagi sarf-xarajatlarini kamaytirish;
    4) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
    5) butun transport tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish, O‘zbekiston Respublikasi transport tizimining bir-biriga bog‘langan yagona tizimini istiqbolli rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
    6) avtomobil yo‘llari sohasida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, foydalanuvchilar manfaatini hisobga olgan holda, avtomobil yo‘llari, aerodromlar va aeroportlar, vokzallar, temir yo‘llar va transport infratuzilmasining boshqa ob’ektlarini moliyalashtirish, loyihalash, qurish, ta’mirlash va foydalanish masalalarining kompleks yechimini ta’minlash;
    7) transport sohasida nazoratni amalga oshirish, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental havo kemalaridagi halokatlar va baxtsiz hodisalarni, shuningdek, temir yo‘l va daryo transportidagi avariya va halokatlar bo‘yicha tekshiruvlarni tashkil etish va amalga oshirish;
    8) transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi xalqaro va hududiy hamkorlikni rivojlantirish hisobidan jahon transport xizmatlari bozorida O‘zbekiston Respublikasi milliy manfaatlarini ta’minlash;
    9) transport sohasidagi joriy va istiqbolli ehtiyojlarni inobatga olgan holda, ta’lim, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or usullarini tizimli ravishda joriy etish.

    Download 362.29 Kb.
      1   2   3   4




    Download 362.29 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar

    Download 362.29 Kb.